Mavzu: Ish yuritish tili va uslubi. Hujjat – ish yuritishning asosi. Tashkiliy hujjatlarning leksik va stilistik xususiyatlari



Yüklə 5,61 Mb.
səhifə1/4
tarix25.06.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#118867
  1   2   3   4
DTIYu


O’zbekiston Respublikasi Toshkent viloyati
Angren universiteti
Mustaqil ish
Mavzu: Hujjat turlari va xususiyatlari  
Guruh: BT-107
Bajardi: _________________________________
Tekshirdi: _________________________________
Angren 2023

HUJJAT TURLARI VA XUSUSIYATLARI Mavzu rejasi:


1. Hujjat - ish yuritishning asosi.
2.Hujjat turlari va ularning xususiyatlarini o‘rganish.
1. HUJJAT - ISH YURITISHNING ASOSI
Hujjat – (arab. “guvohnoma, isbot, dalil”) axborot qayd etilgan, rasmiy uslubda yozilgan, imzolangan, muayyan nutqiy qolipga ega bo‘lgan, kelishuv va rozilik belgilari olingan, davlat standarti talablariga javob beruvchi ish qog‘ozi hamda uni vaqt va makonda uzatish imkonini beruvchi moddiy obyekt.

Hujjatchilik rasmiy uslubda amalga oshiriladi Rasmiy uslub davlat arboblari o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarda, idora, korxona, muassasalarning rasmiy ish yuritish jarayonlarida qo‘llangani holda shaxslar o‘rtasidagi, shaxslar bilan idora o‘rtasidagi ijtimoiy muno sabatlarni ifodalash uchun xizmat qiladi

  • Hujjat matni aniqlik, ixchamlik, lo‘ndalik, mazmuniy to‘liqlik kabi talablarga ham javob berishi kerak. Bu talablarga javob bera olmaydigan hujjat chinakam hujjat bo‘la olmaydi, bunday hujjat ish yuritish jarayoniga halaqit beradi, uning samaradorligini keskin pasaytiradi.
  • Hujjatlar matnining xolislik, aniqlik, ixchamlik, lo‘ndalik, mazmuniy to‘liqlikdan iborat zaruriy sifatlari hujjat tilining o‘ziga xos uslubi, undagi o‘ziga xos so‘z qo‘llash, morfologiya va sintaksis orqali ta’min etiladi.

Hujjatlar matniga qo‘yiladigan eng muhim talablardan biri xolislikdir. Hujjatlar rasmiy munosabatlarni ifodalovchi va qayd etuvchi rasmiy yozma vositalar sifatida axborotni holis aks ettirmog‘i lozim. Shuning uchun hujjatlar tilida so‘z va so‘z shakllarini qo‘llashda muayyan chegaralanishlar mavjud. Xususan, rasmiy ish uslubida kichraytirish, erkalash qo‘shimchalarini olgan so‘zlar, ko‘tarinki, tantanavor yoki bachkana so‘zlar, dag‘al so‘zlar, tor doiradagi kishilargina tushunadigan so‘zlar, o‘xshatish, jonlantirish, mubolag‘a, istiora, tashxis kabi


Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə