Inkubatsiya to‘g‘risida tushuncha



Yüklə 124,85 Kb.
səhifə1/6
tarix24.12.2023
ölçüsü124,85 Kb.
#158592
  1   2   3   4   5   6
Inkubatoriyani tashkil qilish va tayyorlash. tut ipak qurti urug‘ini jonlantirishga qo‘yish muddatini aniqlash va jonlantirish usullari


Inkubatoriyani tashkil qilish va tayyorlash. tut ipak qurti urug‘ini jonlantirishga qo‘yish muddatini aniqlash va jonlantirish usullari

Reja:



  • Inkubatsiya to‘g‘risida tushuncha

  • Inkubatoriyani tanlash va tashkil etish

  • Urug‘ni jonlantirishga qo‘yish muddatlari

  • Ipak qurti urug‘ini jonlantirish va tarqatish



Tayanch iboralar: inkubatsiya, inkubatoriya, ipak qurti tuxumi, harorat, namlik, yorug‘lik, kimyoviy moddalar, s’yomnik, quticha, termostat, pechka, etajerka, inventarlar, purkagichlar
Inkubatsiya to‘g‘risida tushuncha. Inkubatsiya so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, inkubo-jonlantirmoq yoki ochirmoq degan ma’noni anglatadi. Shuning uchun ipak qurti urug‘ini inkubatsiya qilish deganda sun’iy sharoitda – ma’lum harorat, namlik, havo, yorug‘lik ta’sirida urug‘dan (tuxumdan) qurt ochirish tushuniladi.
Tut ipak qurtini sun’iy sharoitda ochirish uchun maxsus jihozlangan binolardan foydalaniladi; bunday binolarni inkubatoriy deyiladi. Tajriba yoki ilmiy ishlar uchun ishlatiladigan oz miqdordagi urug‘ni termostat yoki shkafda jonlantirish mumkin; bularni inkubatorlar deb ataladi.
Ipak qurti urug‘ining rivojlanishi va undan qurt ochib chiqishda tashqi muhit sharoitining (issiqlik, namlik, havo, yorug‘lik) ta’siri katta ahamiyatga ega. Shulardan eng muhimi issiqlikdir. Issiqlik manbai tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin. Tabiiy issiqlik quyosh nuri ta’sirida, sun’iy issiqlik esa maxsus isitkichlar (pechka, termostat, batareya, elektr energiyasi va hokazolar) yordamida hosil qilinadi.
Urug‘ni tabiiy va sun’iy issiqlik ta’sirida jonlantirish mumkin. Urug‘ tabiiy sharoitda jonlantirilsa – tabiiy inkubatsiya, sun’iy sharoitda jonlantirilsa esa sun’iy inkubatsiya deb ataladi.
Tabiiy inkubatsiya qo‘llanilganda urug‘dan qurt ochib chiqishi bir necha kunga cho‘ziladi, urug‘ning jonlanish miqdori kamayib, qurtlarning hayotchanligi ancha pasayib ketadi. Chunki urug‘ning rivojlanishi tashqi muhitga bog‘liq bo‘ladi. Natijada qurtning urug‘dan chiqishi tut bargi rivojlanishidan, ya’ni barg yozilishidan orqada qoladi va barg tezda dag‘allashib, qotib qoladi. Bunday holda qurt boqish kechikib, pilla hosili kamayib ketadi. Shuning uchun tabiiy inkubatsiyani jumhuriyatning ayrim issiq nohiyalarida takroriy qurt boqish uchun urug‘ni jonlantirishda tashqi harorat mo‘tadil darajada bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.
Respublikamizning ipakchilik bilan shug‘ullanadigan barcha tumanlarida ko‘klamgi qurt boqish uchun urug‘lar asosan sun’iy inkubatsiya qilinadi.
Tut ipak qurti urug‘ini jonlantirishda sun’iy inkubatsiyani qo‘llash uchun masus jihozlangan binolar – inkubatoriyalar tayyorlanadi. Bunday inkubatoriyalarda urug‘ tekis rivojlanishi uchun qulay sharoit (harorat, namlik, toza havo yetarli bo‘lishi kerak va hokazo) yaratiladi. Natijada xohlagan vaqtda urug‘dan qurt chiqarish mumkin bo‘ladi. Bunday sharoitda urug‘dan qurtlar 10-12 kun ichida chiqib bo‘ladi. Sun’iy inkubatsiya usulida urug‘dan qurtlarning jonlanish miqdori va ularning yashovchanligi yuqori bo‘lib, pilla hosildorligi ortadi.
Urug‘ ochirish vaqtida haroratning yanada ko‘tarilib ketishi qurt urug‘ining rivojlanishiga yomon ta’sir ko‘rsatadi, tuxumdan qurt chiqishi foizini kamaytiradi va ularning hayot faoliyatini pasaytirib yuboradi. 29300S dan yuqori harorat qurt urug‘i uchun mutlaqo keraksiz hisoblanadi.
Tut ipak qurti urug‘ining bahorgi rivojlanishida havo namligi ham muhim ahamiyatga ega. Bu davrda havoning mo‘tadil nisbiy namligi 65-75% hisoblanadi. Havo namligining bundan ortib borishi garchi tuxumdan qurt chiqish foizini va qurtning o‘rtacha massasini oshirsa ham ularning hayot faoliyatini pasaytiradi. Havo namligining pasayishi natijasida embrionning rivojlanishi to‘xtab qoladi, tuxumdan chiqqan qurtlarning massasi kamayib ketadi (qurt tanasi qurib qoladi) va tuxumdan qurt chiqish miqdori juda kamayib ketadi.
Tuxumlar yuqori haroratda ochirilayotganda havo namligining pasayib ketishi, ayniqsa xavfli. Yuqori harorat uzoq vaqt ta’sir etsa, urug‘lar butunlay qurib qolishi mumkin. Urug‘lar bahorgi rivojlanish davrida ham doim toza havoni talab etadi.

Yüklə 124,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə