Inkubatsiya to‘g‘risida tushuncha



Yüklə 124,85 Kb.
səhifə3/6
tarix24.12.2023
ölçüsü124,85 Kb.
#158592
1   2   3   4   5   6
Inkubatoriyani tashkil qilish va tayyorlash. tut ipak qurti urug‘ini jonlantirishga qo‘yish muddatini aniqlash va jonlantirish usullari

Avgust yoki Assimon psixrometrlari bilan.

  • Sossyur gigrometri yordamida.

  • Gigrograf bilan.

    Gigrografning tuzilishi va ishlash prinsipi xuddi termografga o‘xshaydi.
    Ishlab chiqarishda inkubatoriya haroratini va namligini o‘lchash uchun asosan Avgust psixrometridan foydalaniladi, chunki bu psixrometrni xonaning xohlagan joyiga osib qo‘yish, harorat va namlikni tezda o‘lchab olishda pillakorlar qiynalmasdan foydalanishi mumkin.
    Bu psixrometrlarni ikkita simobli termometri bo‘lib, bittasi quruq termometr, ikkinchisi (simobli uchiga batis latta o‘ralgan) ho‘l termometr deb ataladi. Ikkinchi termometrning simobli uchiga o‘ralgan batis latta probirka ichidagi suvga tegib turishi kerak. Suv bilan simobli sharcha oralig‘idagi masofa 1,5 sm bo‘lishi lozim. Aks xolda namlikni noto‘g‘ri ko‘rsatadi Namlikni aniqlashda maxsus psixrometrik jadvaldan foydalaniladi. Jadvaldan foydalanish quyidagicha bajariladi. Dastlab psixrometrning quruq termometri ko‘rsatib turgan haroratni yozib olamiz (misol uchun 24 gradus), so‘ngra ho‘l termometrning ko‘rsatgan haroratni yozib olamiz (misol uchun 21 gradus). So‘ngra quruq termometr ko‘rsatkichidan ho‘l termometr ko‘rsatkichini olib tashlaymiz (misol uchun 24-21=3). Jadvalni chap tomonidan ho‘l termometr ko‘rsatgan haroratni topamiz.
    Qurt urug‘i solingan qog‘oz qutilar qo‘yiladigan so‘kchaklarning (etajerkalarning) tuzilishi har xil bo‘lishi mumkin, biroq ular yetarli kattalikda, havo bemalol tegib turadigan hamda ishlash uchun qulay bo‘lishi kerak. Ko‘pincha so‘kchaklar quyidagi o‘lchamlarda yasaladi: kengligi 1m, qavatlar orasidagi oraliq kamida 40 sm, pastki qavatning yerdan balandligi va eng yuqorigi qavatdan shipga bo‘lgan masofa kamida 70-75 sm. Inkubatoriyaning katta-kichikligiga qarab, so‘kchakning uzunligi har xil bo‘lishi mumkin, odatda u 2m qilinadi yoki kattaligi 2m x 1m bo‘lgan maxsus temir so‘kchaklardan foydalaniladi.

    13-Rasm. Harorat va namlikni o‘lchaydigan asboblar. Inkubatoriyada urug‘larni kontrol tortish va jonlangan qurtlarning miqdorini aniqlash uchun tarozi hamda toshlar kerak bo‘ladi. Tarozi stol ustiga qo‘yiladigan, sezgirlik darajasi 0,10-0,25 g ga teng bo‘lishi kerak. Sezgirligi bundan ham kamroq bo‘lgan tarozilar urug‘ yoki qurt tortishga yaramaydi, chunki bunday tarozining pallasi kichik bo‘lganligidan qurt urug‘i solingan quti (protveyn) joylashmaydi. Shuning uchun ham urug‘ni inkubatoriyaga keltirmasdan oldin, bir-ikkita taxta faner yoki qalin (qattiq) karton tayyorlab, taxt qilib qo‘yilishi lozim. Faner yoki karton urug‘ solingan qutidan kattaroq bo‘ladi va tarozida tortib barvaqt muvozanatga keltirib qo‘yiladi. Qurt urug‘i solingan qutini tarozida tortish vaqtida qutidagi (palla)ga haligi faner yoki kartonni qo‘yish kerak, shunda urug‘ni tortish ancha osonlashadi va ular qutida surilib bir joyga to‘planib qolmaydi.
    Tarozining toshlari ham o‘ziga to‘g‘ri keladigan, massasi esa 1g dan 100g gacha bo‘lib maxsus g‘ilofda saqlanishi lozim. Bundan tashqari, yengil va kichik narsalarni (100 g massagacha) tortishda ishlatiladigan (teng pallasi qo‘lda ko‘tarib tortadigan) tarozilarning maxsus mg li (5 mg dan 50 mg gacha bo‘ladi) toshlaridan ham foydalaniladi.
    Urug‘larni jonlantirish va jonlangan qurtlarni solish uchun maxsus kattalikka ega bo‘lgan qutilardan foydalaniladi. Bunday qutilar zichligi 100-120 g/m2 bo‘lgan o‘rov qog‘ozidan yasaladi. Qutining tubi bir qavat, devorchalari esa ikki qavat qilinadi. Devorchalarning balandligi 3 sm bo‘ladi. Quyidagi 2-jadvalda urug‘ni jonlantirish uchun ishlatiladigan qog‘oz qutichalarning o‘lchamlari berilgan.
    Urug‘ solinadigan qog‘oz qutilar o‘rniga yog‘och ramkalar yasash mumkin. Bunday ramkalar uzoq vaqtiga chidaydi va ishlatilishi qulay bo‘ladi. Ramka yupqa plankalardan yasaladi va bir tomoniga surp, chit va shu kabi siyrak to‘qilgan mato tortiladi. Qog‘ozdan yasalgan qutichaning ichki o‘lchami qanday bo‘lsa yog‘och ramkaning o‘lchami ham shunday bo‘ladi.
    Quticha va ramkalarning o‘lchamini belgilashda urug‘ni yupqa qatlam qilib yoyib solish zarurligi nazarda tutilishi lozim, bu esa me’yorida havo almashinishini ta’minlaydi. Yaxshisi inkubatorlarda urug‘ni bir qavat qilib, inkubatoriyalarda esa qog‘oz qutilarga ikki qavat qilib, yoyib solingani ma’qul, shunda urug‘larga havo yaxshi tegib turadi.
    Urug‘dan chiqqan qurtlar vaqtincha qo‘yilgan s’yomniklar yordamida ko‘tarib olinib, boshqa qutichalarga solinadi. Bu qutichalar ham urug‘ni jonlantirish uchun foydalangan qutichalar tartibida yasaladi, lekin bu qutichalarga qurtlar urug‘larga nisbatan 5-6 barobar kamroq miqdorda solinadi. Shunga qaramasdan 10g massada jonlangan qurtlarni soladigan qutichaning kattaligi va undagi umumiy maydon 10 g urug‘ turadigan qutichadan kattaroq bo‘ladi.
    2-jadval
    Urug‘ jonlantiriladigan qog‘oz qutichalarning o‘lchamlari

    Qutichada jonlantirila digan urug‘ni miqdori, g

    Quti yasaladigan qog‘ozning kattaligi, sm

    Quticha devorining
    balandligi, sm

    Qutichaning kattaligi, sm

    Urug‘ jonlanish i uchun zarur
    bo‘lgan
    maydon, sm2

    Quticha ichidag i
    umumiy
    maydon, sm2

    bo‘yi

    eni

    bo‘yi

    eni

    10 g

    32

    18

    3

    20

    12

    180

    240

    29 g (1 quti)

    41

    28

    3

    29

    22

    520

    638

    58 g (2 quti)

    58

    32

    3

    46

    26

    1044

    1196

    Urug‘ni inkubatsiya qilishda ma’lum vaqt o‘tgach (odatda 9-10 kunlari) qurt jonlana boshlaydi. Shu jonlanayotgan qurtlarni quticha ichidagi urug‘lardan ajratib olish uchun maxsus teshikchalari bo‘lgan qog‘oz yoki tyuldan-s’yomniklardan foydalaniladi.
    S’yomniklar 2 xil bo‘ladi.

    1. Tyuldan (to‘r matodan) yasalgan doimiy s’yomnik.

    2. Yupqa qog‘ozdan yasalgan vaqtinchalik s’yomnik.

    Tyuldan yasalgan s’yomniklarni doimiy deb atalishiga sabab, ular urug‘ jonlanishidan oldin quticha ichiga quyilgan bo‘lib, urug‘dan qurtlar chiqib bo‘lgunicha saqlanib turadi. Odatda, to‘r qog‘ozlar inkubatoriyaga katta o‘lchamdagi ilmateshik taxta qog‘ozlar holida keltiriladi.
    Yupqa qog‘ozdan yasalgan s’yomniklarni vaqtinchalik deyilishiga sabab, urug‘dan dastlab jonlangan xabarchi qurtlarni olib tashlash va boqish uchun mo‘ljallangan keyingi qurtlarni ko‘tarib olish maqsadida ishlatiladi. Qutichadagi urug‘lardan jonlangan qurtlar vaqtinchalik s’yomniklar yordamida ko‘tarib olingach, quticha ichiga yana boshqa vaqtinchalik s’yomnik qo‘yiladi.


    Yüklə 124,85 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə