Inkubatsiya to‘g‘risida tushuncha


- rasm S’yomniklar qo‘yilishi va undan foydalanish tartibi



Yüklə 124,85 Kb.
səhifə4/6
tarix24.12.2023
ölçüsü124,85 Kb.
#158592
1   2   3   4   5   6
Inkubatoriyani tashkil qilish va tayyorlash. tut ipak qurti urug‘ini jonlantirishga qo‘yish muddatini aniqlash va jonlantirish usullari

14- rasm S’yomniklar qo‘yilishi va undan foydalanish tartibi
S’yomniklar teshikchalarining diametri 2-4 mm li qilib urug‘ zavodlarida tayyorlanadi. Inkubatoriyada urug‘ni jonlantirish uchun har bir qutichaga o‘rtacha 2-5 donadan to‘g‘ri keladigan qilib s’yomniklar keltirilib, quticha ichi kattaligiga to‘g‘ri keladigan qilib kesib tayyorlanadi.
Tut ipak qurti kasalliklarini davolash usullari deyarli bo‘lmaganligi uchun ularga qarshi kurashish choralari asosan profilaktika va sanitariya tadbirlarini o‘z ichiga oladi.
Ko‘klamda urug‘ni jonlantirish davrida o‘tkaziladigan profilaktika tadbirlariga inkubatoriya uchun ajratilgan binoni va inkubatsiya uchun zarur bo‘ladigan asbob-uskuna va jihozlar, inventarlar, anjom va materiallarni dezinfeksiya qilish ishlari kiradi. Bu tadbir urug‘lardan sog‘lom qurtlar chiqishini ta’minlaydi. Dezinfeksiya ishlari alohida ahamiyatga ega bo‘lib, sanitariya-profilaktika tadbirlarining asosi hisoblanadi.
Ma’lumki, dezinfeksiya turli kasalliklarni yo‘qotishga yoki ularning oldini olishga qaratilgan tadbirlar kompleksidan iborat. Shunga yarasha, dezinfeksiya ikki xil bo‘ladi:

  1. Kasallik o‘chog‘i (manbai) ni dezinfeksiya qilish.

  2. Kasallik tarqatilishi oldini olish maqsadida dezinfeksiya qilish.

Kasallik o‘chog‘ini dezinfeksiya qilishdan ko‘zlangan maqsad – yuqumli kasallikni va uni tarqatuvchi mikroorganizmlarni yo‘qotish; profilaktik dezinfeksiyadan maqsad – kasallikning oldini olish va uni jonlanayotgan sog‘lom qurtlarg tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik.
Dezinfeksiya yaxshi samara berishi, uni o‘tkazish muddati va usullariga, shuningdek, ishlatilgan kimyoviy moddalarning ta’sirchanligiga bog‘liq. Inkubatoriyalarni dezinfeksiya qilish uchun «Avtomaks» deb ataladigan purkagich yoki dehkonchilikda qo‘llaniladigan ODN tipidagi purkagichlardan foydalaniladi.
Inkubatoriyani dezinfeksiya qilish uchun zararsizlantiruvchi dorilar sifatida 35-40% li formalin, 2% li monoxloramin va gipoxlorid kalsiy ishlatiladi
Formalin bug‘i va monoxloramindan ajralib chiqqan kimyoviy moddalar ko‘z va nafas yo‘llarining shilliq pardasini yallig‘lantiradi. Shuning uchun dezinfeksiya qilish vaqtida va bu moddalar bilan ishlaganda maxsus gazniqob (protivogaz) hamda rezna qo‘lqop kiyish va tegishli havfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish zarur.
Formalin – formaldegid emulsiyasi suvdagi 36-40% li eritmasi. Formaldegid rangsiz gaz bo‘lib, bakteriyalarga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Dezinfeksiya qilish vaqtida formaldegid bug‘ holida ham ishlatiladi. Havoning nisbiy namligi 95%, harorati 25-300S gacha bo‘lganda formaldegidning kuchi yanada ortadi.
3-jadval
Jonlangan qurtlarni solishda ishlatiladigan qutichalarning kattaligi

Qurtning massasi,
g

Quti yasaladigan qog‘ozning kattaligi, sm

Quticha devorining
balandligi, sm

Qutichaning kattaligi, sm

Qurt turadigan foydali
maydon, sm2

Quticha ichidagi umumiy
maydon, sm2

bo‘yi

eni

Bo‘yi

eni

4-5

39

28

3

27

22

500

594

6-10

57

32

3

45

26

1032

1170

11-15

57

43

3

45

37

1505

1665

16-19

60

51

3

48

45

1978

2160

20-24

69

53

3

57

47

2475

2679

25-30

74

58

3

62

52

3000

3224

31-35

78

63

3

66

57

3525

3762

36-40

81

68

3

69

62

4020

4278

Inkubatoriyada dezinfeksiya ishlarini olib borishdan oldin, uning barcha xonalari eshik-derazalarini, so‘kchaklari hamda boshqa inventarlarini ishqoroli yoki sovunli isssiq suv bilan yaxshilab yuviladi. Shundan keyin xonaning eshik, deraza va boshqa teshik-tirqishlari mahkam berkitiladi va uning harorati 25-260 ga ko‘tariladi. So‘ngra hamma xonalar formalinning 4% li yoki aktivlangan monoxloraminning 2% li eritmasi bilan dezinfeksiya qilinadi, ya’ni inkubatoriyaning devorlari, pollari, eshik-derazalari, stol, stul va so‘kchaklari eritma bilan yaxshilab xo‘llanadi. 1 l 4% li eritma 3 m2 sathga sarflanadi. Inkubatoriya xonalari urug‘ni inkubatsiya qilishdan 7-8 kun oldin dezinfeksiya qilinadi.
Odatda, sotishga chiqarilgan formalin tarkibida 36-40% formaldegid bo‘ladi. Xonalarni dezinfeksiya qilish uchun esa formalinni 4% li ishchi eritmasi zarur bo‘ladi. Bunday ishchi eritmani tayyorlash uchun 36-40% li formalinga suv aralashtiriladi. Formalinni 1 l ga qancha suv qo‘shilishi quyidagi formula asosida chiqariladi:

Formuladagi S - formalinga qo‘shiladigan suv miqdori, l; x- formalinni konsentratsiyasi (36-40%):
u-ishlatiladigan ishchi eritmaning konsentratsiyasi (4%) Masalan, formalin tarkibidagi formaldegid 40% ni tashkil etadi, deylik, biz esa tarkibida 4% formaldegid bo‘lgan ishchi eritma tayyorlashimiz kerak.
Buning uchun formuladan foydalanamiz:

Demak. 1 l 40% li formalinga 9 l suv qo‘shilsa, 4% li ishchi eritma hosil bo‘ladi.
Dezinfeksiyalovchi kimyoviy moddaning ikkinchisi monoxloramindir. Monoxloramin- kukunsimon modda. Dezinfeksiya qilish uchun 2% li aktivlashtirilgan monoxloramindani foydalaniladi. Ishlatiladigan ishchi eritma kuyidagicha tayyorlanadi: 200 g monoxloramin 10 l suvda eritiladi va unga albatta ammiakli selitra yoki novshadil (ammoniy xlorid) kabi aktivator (tezlashtiruvchi) qo‘shiladi. Eritmani bevosita ishlatish vaqtidagina tayyorlash kerak. Barvaqt tayyorlab qo‘yilgan idishga avvalo tarozida tortilgan muayyan miqdordagi monoxloramin va aktivator solinib, ustiga darhol muayyan miqdorda suv (harorati 150 dan past bo‘lmasin) qo‘yiladi, eritma tayoqcha yoki kurakcha bilan yaxshilab aralashtiriladi. Ko‘p miqdorda xlor ajralib chiqishi natijasida eritma yuzida ipir-ipir ko‘pik hosil bo‘lishi eritmaning ishlatish uchun tayyorligini ko‘rsatadi. Eritmaning kuchi (bakteriyalarga ko‘rsatadigan ta’siri) 3-4 soatgacha saqlanadi. Eritma purkovchi apparatning sirtiga to‘kilib ketmasligi uchun uni apparatga simto‘rli voronka orqali quyish kerak. Apparat eritma bilan ifloslansa uni suvda yaxshilab yuvish zarur.
Dezinfeksiya qilish vaqtida formalin eritmasi qanday normada sarflansa, bu eritma ham shu normada sarflanadi. Dezinfeksiya qilgan vaqtda xonaning eshik-derazalari zich berkitilgan bo‘lib, bir-ikki kechakunduzdan keyin ochib shamollatiladi.
Dezinfesiya ishlari tugagach, inubatoriya xonalari toza ohak bilan oqlanadi. Oqlash uchun 8-10l suvga 1,5-2 g ohak solinadi. Shunday qilinsa, inkubatoriya qo‘shimcha ravishda zararsizlantiriladi, yorug‘roq bo‘ladi va xonalarning sanitariya-gigiena holati yaxshilanadi.

Yüklə 124,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə