Inkubatsiya to‘g‘risida tushuncha


Urug‘ni jonlantirishga qo‘yish muddatlari



Yüklə 124,85 Kb.
səhifə5/6
tarix24.12.2023
ölçüsü124,85 Kb.
#158592
1   2   3   4   5   6
Inkubatoriyani tashkil qilish va tayyorlash. tut ipak qurti urug‘ini jonlantirishga qo‘yish muddatini aniqlash va jonlantirish usullari

Urug‘ni jonlantirishga qo‘yish muddatlari. Urug‘ni inkubatsiyaga qo‘yish muddati 4 usulda aniqlanadi:

  • O‘tgan yillari qurt urug‘i ochirishga qo‘yilgan va ular eng yaxshi jonlanishga ega bo‘lgan yillardagi ma’lumotlarga qarab.

  • Tut daraxtidan ilgari barg chiqaradigan ba’zi bir daraxt yoki usimliklarning rivojlanishi yoki gullashiga qarab.

  • Foydali haroratlar yigindisiga qarab.

  • Tut daraxti novdasidagi kurtaklarning usishi va rivojlanishini ko‘zatib borish yo‘li bilan.

Ipak qurti urug‘ini jonlantirish va tarqatish. Urug‘lar ikki usulda jonlantiriladi:

Haroratni asta-sekin oshirib borish usuli - bahor sovuq kelgan yillarda, ob-havo bir xil bo‘lmagan va bahorgi qattiq sov-uqlar bo‘lishi yoki ertalablari sovuq bo‘lishi qutilgan hollarda qo‘llaniladi. Bu usul qo‘yidagicha bajariladi: xonadagi havo harorati har kuni1 - 2 darajaga oshirib boriladi. Harorat 24 darajaga yetganda boshqa ko‘tarilmaydi va urug‘dan xabarchi qurtlar chiqqunga qadar saqlanadi.
Haroratni o‘zgartirmasdan, ya’ni doimiy darajada saqlash yo‘li bilan jonlantirishda urug‘ inkubatoriyaga qo‘yilgandan keyin dastlabki 2 - 3 kun davomida havoning harorati 13 - 14 darajada saklanadi, keyin esa bir kun davomida harorat 24 darajaga yetkaziladi va urug‘dan dastlabki (xabarchi) qurtlar chiqa boshlaguncha shu harorat saklab turiladi. Xabarchi qurtlar paydo bo‘lishi bilanok xavoning harorati bir darajaga ko‘tariladi, ya’ni 250 S ga yetkaziladi va urug‘lar jonlanib bo‘lguncha shu darajada saklab turiladi. Urug‘lar oqargan kuni qutichalarga doimiy s’yomnik qo‘yiladi. Odatda bir kundan keyin ertalab soat 6 - 7 larda xabarchi qurtlar chiqadi. Xabarchi qurtlar chiqishidan oldin (kechqurun yoki tunda) urug‘ tukilgan qutichalarga vaqtinchalik s’yomnik qo‘yi-ladi. Xabarchi qurtlar chikib bo‘lgach, barcha qutichalardagi vaqtinchalik s’yomniklar qurti bilan ko‘tarib olinib, yoqib yuboriladi. Odatda qurtlarning ko‘pchilik qismi tuxumdan ertalab soat 6 dan 10 gacha chiqadi, shuning uchun qurtlarni qutichadan ko‘tarib olish va ularning massasini aniqlash soat 10 dan keyin boshlanadi. Pillachilarga qurt faqat ertalab yoki kechkurun tarqatiladi. Ularga bir vaqtda jonlangan qurtlar beriladi. Ipak qurti urug‘ini jonlantirishda qutichadan foydalanish urug‘ni sifatli jonlanib chiqishini ta’minlaydi.
Inkubistlar ro‘yxatda ko‘rsatilgan zaruriy massalarga qarab birinchi kuni jonlangan qurtlardan mavjud guruhlarni qo‘shib, talab qilingan massadagi guruhlarni tashkil etadi. Masalan, birinchi kuni jonlangan qurtlarning guruhlari (g hisobida) 9,5;10;13,4;16;16,25;17;18;19;19,25;20;21 ni tashkil etgan bulsa, pillachilarning talabiga binoan yarim quti – 9,5g; bir quti – 19 g; bitta chorak – 23,75g; bir yarim quti – 28,5 g; chorak kam ikkita quti – 33,25g; ikki quti – 38 g va hokazo tayyorlash kerak. Buning uchun mavjud massadagi qurtlarni massasiga qarab avvalo talabga to‘g‘ri keladiganlari ajratib olinadi (masalan, 9,5, 19 va hokazo), so‘ngra qolganlarini bir-biriga qo‘shish yo‘li bilan zaruriy massalar hlsil qilinadi. Masalan, bitta chorak 13,5 g bilan 10,25 g, bir yarimta quti uchun 16 g bilan 12,5 g, chorak kam ikki quti uchun 17 g bilan 16,25 g, ikki quti uchun 20 g bilan 18 g bir-biriga qo‘shiladi.


Yüklə 124,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə