Inkubatsiya to‘g‘risida tushuncha


Inkubatoriyani tanlash va tashkil etish



Yüklə 124,85 Kb.
səhifə2/6
tarix24.12.2023
ölçüsü124,85 Kb.
#158592
1   2   3   4   5   6
Inkubatoriyani tashkil qilish va tayyorlash. tut ipak qurti urug‘ini jonlantirishga qo‘yish muddatini aniqlash va jonlantirish usullari

Inkubatoriyani tanlash va tashkil etish
Inkubatoriya har bir xo‘jalikni o‘zida tashkil etilgan bo‘lib, jonlantiriladigan urug‘ning miqdoriga (quti soniga) qarab xo‘jalikda bitta yoki bir necha inkubatoriya bo‘lishi mumkin. Agrotexnika qoidasiga va ko‘pgina ilg‘or pillakor xo‘jaliklarning tajribalariga ko‘ra har bir inkubatoriyada o‘rtacha 100-150 quti qurt urug‘i jonlantirilishi lozim. Bitta inkubatoriyada 50-60 qutidan kam miqdordagi urug‘ jonlantirilsa, xo‘jalikka iqtisodiy zarar keltiradi. Yuqorida ko‘rsatilgan miqdordan ko‘proq (150 qutidan ortiq) jonlantirilsa, bir qator qiyinchiliklar tug‘diradi, jumladan, urug‘larni kontrol tortish o‘tkazish, jonlangan qurtlarni ko‘tarib olish va ularni zvenolarga tarqatish va hokazo.
Inkubatoriya barcha agrotexnika va zoogigiena qoidalariga javob beradigan joyda va xo‘jalikni o‘rtasida, ya’ni qurt boquvchi zvenolarni qurt olishiga qulay va yaqin joyda bo‘lishi kerak. Inkubatoriya xizmat qiladigan joy doirasining radiusi 4-5 km dan oshmasligi, ya’ni inkubatoriya bilan qurtxona orasidagi masofa uchun 1 soatdan ortiq vaqt sarflanmasligi kerak.
Jonlangan qurtlarni zvenolarga tarqatgunga qadar boqib turish uchun inkubatoriya yonida (yaqinida) tutzor bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, inkubatoriya yaqinida ifloslangan va axlat tashlanadigan maydon bo‘lmasligi kerak. Shuningdek, inkubatoriya uchun zaxarli kimyoviy moddalar, dorilar va o‘g‘itlar saqlangan binolardan ham foydalanib bo‘lmaydi.
Inkubatoriya uchun pechkasi bo‘lgan quruq yorug‘, g‘isht yoki paxsadan qilingan, ya’ni issiqlikni yaxshi saqlaydigan binolar ajratiladi. Bunday kapital binolarda harorat va havoning nisbiy namligi bir me’yorda, ya’ni urug‘ni yaxshi jonlantirish uchun kerakli darajada saqlab turish mumkin bo‘ladi.
Inkubatoriya ikki yoki uchta alohida-alohida xonalardan iborat bo‘lib, bittasida qurt urug‘i jonlantiriladi, ikkinchisida urug‘dan ochib chiqqan qurtlar zvenolarga tarqatilgunga qadar boqib turiladi, uchinchi xonadan esa zvenolar bilan suhbatlashish va ularga qurt tarqatish uchun foydalaniladi.
Urug‘ jonlantirilayotgan xonaga begona odamlar kirib-chiqmasligi kerak, chunki ularning poyafzallari va kiyim-boshida chang bilan birga ipak qurti kasalliklarini qo‘zg‘atuvchi va yuqtiruvchi turli zaharli mikroblar ham bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, inkubatoriya ichkarisiga kiradigan eshik tashqarisiga 4-5%li formalin eritmasi bilan ho‘llangan latta tashlab qo‘yilishi lozim.
Pillachilik sohasida o‘tkazilgan ko‘p yillik kuzatishlar va ilg‘or pillakorlarning tajribalari shuni ko‘rsatdiki, 50 quti urug‘ jonlantiriladigan xonaning umumiy maydoni 8-9m2, hajmi esa 25-28m3 ga teng bo‘lishi kerak.
Inkubatoriyada urug‘ jonlantiriladigan xonaning yonida jonlangan qurtlarni venolarga (qurt boquvchilarga) tarqatgunga qadar saqla va ularni (zarurat tug‘ilsa) vaqtincha boqib turish uchun ikkinchi xona ham bo‘ladi. Bu xonaning kattaligi jonlangan qurtlarni inkubatoriyada qancha vaqt turishiga bog‘liq bo‘ladi. Odatda qurtlar zvenolarga jonlangan kuniyoq tarqatilishi kerak. Agar jonlangan qurtlar shu kunni o‘zida tarqatiladigan bo‘lsa, xona bir oz kichikroq bo‘lishi mumkin. Mabodo jonlangan qurtlar inkubatoriyada 1-2 kun saqlanadigan bo‘lsa, ikkinchi xona birmuncha kattaroq bo‘ladi.
Inkubatoriya xonalaridagi derazalar qo‘sh romli va fortochkali bo‘lishi kerak. Agarda derazalarning fortochkasi bo‘lmasa, xonaga toza havo kirib turishi uchun devordan teshik ochiladi. Bu muammoni bartaraf etish uchun va xonalarga toza havo bir me’yorda kirib turishi uchun derazaning bironta ko‘ziga muallif tomonidan ishlab chiqarishga tavsiya etilgan maxsus moslama VK-3 markali elektroventilatordan bir dona o‘rnatilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Inkubatoriya xonalarini isitish uchun g‘ishtdan qilingan har qanday pechkadan foydalanish mumkin, biroq pechka juda tez qizib ketadigan va, aksincha, birpasda sovib qoladigan bo‘lmasligi kerak, chunki bunday hollarda xonaning harorati tez-tez o‘zgarib, urug‘ yoki jonlangan qurtlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Inkubatoriya uchun mo‘ljallangan va g‘ishtdan qilinadigan maxsus pechkalar bo‘lishi kerak. Bunday pechkaning balandligi 160 sm, uzunligi 125 sm va eni 50 sm bo‘ladi. G‘ishtdan yasaladigan bu pechkaning dud (tutun) chiqadigan yo‘li bir necha burilishli bo‘ladi. Pechkani qurganda uning isitadigan yuzasi (devorchasi) qurt urug‘i ochiriladigan xonaga, og‘zi esa dahliz, qo‘shni xona yoki ayvonga qaratilishi lozim.
Inkubatoriyaga elektr pechka o‘rnatsa ham bo‘ladi. Elektr pechka o‘tin yoqiladigan pechkadan shu jihatdan yaxshiki, unda avtotermoregulyatordan foydalanish mumkin. Avtotermoregulyator xonadagi harorat keragidan pasayganda elektr pechkani avtomatik ravishda tok tarmog‘iga ulaydigan (ishga tushiriladigan) va harorat zarur darajadan oshib ketganda pechkani tarmoqdan uzadigan kichkina moslamadir. Xona elektr pechka yordamida isitilganda havoning haroratigina emas, balki namlik darajasini ham avtomatik ravishda tartibga solib turish mumkin bo‘ladi.
Inkubatoriyani tashkil qilishda urug‘ni jonlantirish uchun va jonlangan qurtlarni tarqatish uchun zarur bo‘ladigan anjom, asbobuskunalar, xonani ozoda tutishga yordam beradigan mayda inventarlar va kerakli jihozlar bilan ta’minlash lozim. Respublikamiz xo‘jaliklarida inkubatoriyalar ko‘pincha 100-150 quti urug‘ni jonlantirishga mo‘ljallanishi uchun bitta shunday inkubatoriyaga qanday va qancha asbobuskuna va inventarlar kerak bo‘lishi 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval 100-150 quti urug‘ jonlantiriladigan inkubatoriyaga zarur bo‘ladigan asbobuskunalar, kerakli materiallar va inventarlarni ro‘yxati



Zarur bo‘ladigan narsalarning nomi va miqdori

1.

Psixrometr

3 dona

2.

Termometr

3 dona

3.

Termograf

1 dona

4.

Gigrograf

1 dona

5.

Gigrometr

1 dona

6.

Psixrometrik jadval

3 dona

7.

Urug‘ to‘kilgan protveynlar (quticha) turadigan 3-4 qavatli etajerkalar

3 dona

8.

Jonlangan qurtlarni qo‘yish uchun ishlatiladigan 34 qavatli etajerkalar

4-5 dona

9.

Tarozi toshlari bilan

1 dona

10.

Milligramm va grammli toshchalari bo‘lgan maxsus to‘plam (nabor)

2 dona

11.

Tyuldan qilingan doimiy s’yomniklar

6-8 m2

12.

Qog‘ozdan yasalgan s’yomniklar

300-350 dona

13.

Urug‘ni to‘kish va jonlantirish uchun ishlatiladigan protveyn (qog‘oz quticha)

60-110 dona

14.

Jonlangan qurtlarni solish uchun ishlatiladigan qog‘oz protveynlar (quticha)

150-300 dona

15.

Kontrol tortishda yoki jonlangan qurtlarni tortishda ishlatiladigan faner yoki kardon

1 dona

16.

Pinsetlar

2 dona

17.

Revundik yoki boshqa qalin material (namlikni saqlash uchun)

10 metr

18.

Chelak

3 dona

19.

Sevator (bog‘bon qaychisi)

2 dona

20.

Pichoq

2 dona

21.

Barg qirqishda foydalaniladigan taxtacha

2 dona

22.

Barg olib kelish uchun ishlatiladigan fartuk

1 dona

23.

Bolta

1 dona

24.

Stol

1-2 dona

25.

Stullar

3-4 dona

26.

Ruchka yoki qalam

4 dona

27.

Daftar

2 dona

28.

Soat

1 dona

29.

Lampochka

4 dona

30.

Supurgi

2 dona

31.

Umivalnik

1 dona

32.

Sochiq

2 dona

33.

Xalat

4 dona

34.

Sovun

2 dona

35.

Polni yuvish va artish uchun qalin mato

1 metr

36.

Doka

10 metr

37.

Kiyim ilgich (veshelka)

1 dona

38.

Hisoblash uchun cho‘t yoki elektromikrokalkulyator

1 dona

39.

Tovuq pari

4-6 dona

40.

Tut bargini solib qo‘yish uchun polietilen xalta

1 dona

41.

Ohak

10 kg

42.

Ip (kanop)

1,5-2 kg

43.

O‘tin

1m3

44.

Ko‘mir

0,5 tonna

45.

Choynak

2 dona

46.

Piyola

4 dona

Inkubatoriyadagi haroratni aniqlashda asosan quyidagi asboblardan foydalaniladi:

  1. Termometr

  2. Psixrometr (Avgust va Assimon psixrometrlari).

  3. Termograf.

Bu asboblardan termometr va psixrometr xonani devoriga yoki etajerkalarni (so‘kchaklarni) chetiga osib qo‘yiladi va xohlagan vaqtda kelib harorat necha daraja ekanligini bilib olishi mumkin bo‘ladi.
Termograf esa xonani kerakli joyiga tekis qilib qo‘yiladi. Bu o‘zi yozadigan asbob bo‘lib, ichida soat mayatnigiga o‘xshash qismi bor. Tashqarisida richagi va aylana shaklida silindri bo‘lib, richagining uchiga pero o‘rnatiladi, silindrga esa graduslarga bo‘lingan millimetrli qog‘oz o‘raladi. Silindr ichki mexanizm yordamida kecha-kunduzi yoki xaftasiga bir marta sekin aylanib turadi. Xonadagi haroratni ko‘tarilishi yoki pasayishi bilan richak perosi ham baland yoki rastni chizadi. Natijada graduslarga bo‘lingan millimetr qog‘oz ustida iz qoladi. Shu izning yo‘liga qarab harorat aniqlana beradi.
Xonadagi namlikni esa quyidagi asboblar yordamida aniqlanadi:


  1. Yüklə 124,85 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə