Reja: Kimyoviy va dori moddalar bilan zaharlanish sabablari



Yüklə 56,17 Kb.
səhifə1/8
tarix22.03.2024
ölçüsü56,17 Kb.
#180764
  1   2   3   4   5   6   7   8
Kimyoviy va dori moddalar bilan zaharlanish


www.arxiv.uz

Kimyoviy va dori moddalar bilan zaharlanish


Reja:


1. Kimyoviy va dori moddalar bilan zaharlanish sabablari.
2. Bolalarning dori moddalar bilan zaharlanishi.
3. Bolalarning ro`zg`orda ishlatiladigan kimyoviy moddalar bilan zaharlanishi.
4. Toksikomaniya kasalligida uchraydigan o`smirlarni kimyoviy moddalar va dori moddalar bilan zaharlanishi.
5. Dori va kimyoviy moddalar bilan zaharlanish belgilari.
6. Zaharlanishda tibbiy yordam.
7. Oilada-ro`zg`orda hashorotlarga qarshi ishlatiladigan kimyoviy moddalardan zaharlanish.
8. Birinchi tibbiy yordam ko`rsatish maqsadida ishlatiladigan nashatir spirt bilan zaharlanish.
9. Perekis vodorod, pergidral bilan zaharlanish.
10. Radiatsion moddalar bilan zaharlanish.
11. Kimyoviy va dori moddalar bilan zaharlanishda tibbiy yordam.

1. Kimyoviy va dori moddalar bilan zaharlanish sabablari.
Jahon Sog`liqni Saqlash Tashkiloti (VOZ) ma`lumotiga ko`ra ekologik nuqtai nazardan tashqi muhitda barcha biologik ob`yektlar (odam, hayvon, parranda, o`simlik)ga zaharli ta`sir ko`rsatishi mumkin bo`lgan moddalar soni XX asr oxirida 6 mln.dan oshgan. Har yil 30-40 turdagi yangi dorilar va kimyoviy moddalar hayotga tadbiq etiladi.
Kimyoviy moddalar bilan zaharlanish kattalarga nisbatan bolalarda ancha ko`p uchraydi. Shu bois, mazkur qo`llanmada asosiy e`tibor bolalarda ko`p uchraydigan zaharlanishlarga qaratilgan.
Bolalarda ko`p uchraydigan shikastlanish, kuyishdan keyin, dori moddalar va boshqa kimyoviy moddalar bilan zaharlanish uchunchi o`rinda turadi.
Ovropa mamlakatlarida har 1000 boladan har yil o`rtacha 10 tasi zaharlanadi. Moskvada bu ko`rsatgich uchtani tashkil etadi.
Moskva shahri misolida, zaharlangan bolalar yoshi quyidagicha xarakterlanadi. Jami zaharlanganlardan foiz hisobida:

  • 1 yoshgacha – jami, zaharlanganlarni 3 foizini tashkil etadi;

  • 1-3 yoshgacha – 52,2 foizini tashkil etadi;

  • 4-7 yoshgacha – 22,6 foizini tashkil etadi;

  • kichik maktab yoshidagilar, ya`ni o`smirlar - 4,4 foizni tashkil etadi;

  • o`rta va katta maktab yoshidagilar – 17,8 foizni tashkil etadi.

Dori moddalar va boshqa kimyoviy moddalar bilan tasodifan (bilmasdan) zaharlanish jami zaharlanishlarning – 79,2 foizini tashkil qiladi.

  • atayin, o`z-o`zini zaharlash – 20 foizini tashkil etadi;

  • boshqa odamlar tomonidan qasddan zaharlash – 0,8 foizni tashkil etadi.

Qabul qilingan kimyoviy moddalarning turiga ko`ra zaharlanish turlari quyidagicha bo`ladi:
1.Bolalarning dori moddalari bilan zaharlanishi jami zaharlanishlarni 76,9 foizini taskil etadi;
2.Ro`zg`orda ishlatiladigan kimyoviy moddalar (benzin, kerosin, kir yuvadigan poroshok, sirka (uksus) va boshqa kimyoviy moddalar bilan zaharlanish - 6,9 foizni tashkil etadi;
3.Qo`ziqorin va boshqa zaharli o`simlik va mevalardan (achchiq bodom, achchiq o`rik donagi kabilar) bilan zaharlanish - 3,7 foizni tashkil qiladi;
4.Spirtli ichimliklardan zaharlanish - 3,7 foiz;
5.Kislota va ishqordan zaharlanish -2,8 foiz;
6.Og`ir metal birikmalaridan zaharlanish – 1,6 foiz;
7.Tutun tarkibidagi karbonat angidridi gazidan, jumladan, tamaki tutuni to`plangan xonada ko`p vaqt bo`lish natijasida zaharlanish - 1,4 foizni tashkil etadi;
8.Aniq bo`lmagan kimyoviy moddalardan zaharlanish-1,2 foizni tashkil etadi.
2.Bolalarning dori moddalar bilan zaharlanishi.
Birinchi o`rinda – yurak-qon tomir kasalliklarini davolashda qo`llanadigan dorilar bilan zaharlanish turadi: klofelin va uning guruhiga kiruvchi arterial qon bosimini pasaytirish uchun qo`llanadigan dorilar – gemiton, katapressan, rezerpin, raunatin, shuningdek, adelfan, atenalol, enalopril va hokazo.

  • yurak sanchganda qo`llanadigan dorilar: nitroglitserin, sustak, nitrong;

  • yurak yetishmovchiligida qo`llanadigan dorilar: digoksin, digitoksin, sustak kabilar.


Yüklə 56,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə