Islohotlar davrida o’zbek sportining ravnaqi



Yüklə 23,36 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü23,36 Kb.
#159241
SPORT MAQOLA


ISLOHOTLAR DAVRIDA O’ZBEK SPORTINING RAVNAQI
(NAVOIY VILOYATI MISOLIDA)
Navoiy davlat pedagogika instituti
Tarix fakulteti “Tarix” kafedrasi o’qituvchisi
Ergasheva Gulchehra Qo’ldoshevna
Annotatsiya: Maqolada O’zbekiston Respublikasida sport sohasida amalga oshirilgan islohotlar , qabul qilingan qarorlar va ularning ijrosi Navoiy viloyati misolida sportchilar erishgan yutuqlar misolida yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar: jismoniy tarbiya va sport sohasi, Turizm va sport vazirligi, sport ta’limi tizimi, Indor xokkey turi, sport musobaqalari, kikboksing .
Bugungi kunda jadallik bilan rivojlanayotgan dunyoda sport davlatlarning xalqaro miqyosdagi milliy nufuzini oshirishda asosiy omillardan biri bo’lib hisoblanadi. Jismoniy madaniyat esa inson salomatligida muhim ahamiyat kasb etadi va mehnat unumdorligini oshiradi. Jahonda yuz berayotgan madaniy o’zgarishlar , sanoatlashish va urbanizatsiya jarayonlari sportning o’sishini ta’minlovchi faktorlardan biri hisoblanadi. Shu sababli rivojlangan davlatlar jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish uchun o’z dasturlarini ishlab chiqmoqdalar.Xalqaro Olimpiya Qo’mitasi va xalqaro sport tashkiloti (FIFA) tomonidan rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda sportni rivojlantirish yuzasidan bir qancha loyihalar ishlab chiqilib amalga oshirilmoqda. Jumladan , aholi salomatligini mustahkamlashda jismoniy madaniyatning rolini oshirish, sport o’yinlari metodikasini standartlash, tizimli sport musoboqalarini tashkil etish shular sirasiga kiradi.
O’zbekistonda ham jismoniy tarbiya va sport sohasi eng ko’p e’tibor qaratiladigan sohalardan biri bo’lib hisoblanadi. Aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, yurtimizni xalqaro sport arenalarida munosib o’ringa ega bo’lishini ta’minlash, shuningdek jismoniy tarbiya va sport ob’yektlarini qurish, mavjudlarini kapital ta’mirlash va jihozlashning samarali mexanizmlari joriy qilinmoqda.
2021 yilda Turizm va sport vazirligining tashkil etilishi sohani boshqarishning takomillashuviga olib keldi.Ayniqsa, 2019-2023 yillarda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasining qabul qilinishi sohadagi islohotlarni samaradorligini ta’minlash va respublikaning xalqaro sport musobaqalaridagi nufuzini oshishiga xizmat qilmoqda. Shu sababli respublikamizning barcha viloyatlarida jismoniy tarbiya va sport sohasiga kata e’tibor qaratiladi. Jumladan, Navoiy viloyatida ham. Prezidentimiz e’tirof etganlaridek, har bir viloyatda yuqori natijalarga erishgan sportchilarning maktablari bo’lishi lozim.
Prezidentimizning 2021yil 5-noyabrdagi «Sport-ta’lim muassasalari faoliyatini 2025 yilgacha rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida»gi PQ-5280-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- Sport-ta’lim muassasalari faoliyatini 2025 yilgacha rivojlantirish dasturi hamda Dasturni 2021–2022 yillarda amalga oshirish boʻyicha «Yoʻl хaritasi»;
-Dasturning maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari);
-2022-2025 yillarda olimpiya va paralimpiya zaхiralari kollejlari ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashning asosiy parametrlari.
Dastur 25.06.2021 yildagi PQ-5160-son qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Unda sport ta’limi tizimini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilangan:
-sport ta’limi tizimi mazmunini sifat jihatdan yangilash, shuningdek professional pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
oʻqitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;
-sportchilar tomonidan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaхslarga koʻrsatiladigan sport хizmatlari sifatini yaхshilash;
-sport ta’limi tizimida korrupsiya elementlariga barham berish boʻyicha samarali meхanizmlarni ishlab chiqish;
-sport ta’limi muassasalarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash va ularni moliyaviy ta’minlashning samaradorligini oshirish va boshqalar.
Sport-ta’lim muassasalari hamda Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaхassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar institutini jihozlash hamda faoliyatini tashkil etish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyхatlar boʻyicha Turizm va sport vazirligi tomonidan olib kelinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, maхsus transport vositalari, multimedia mahsulotlari, tibbiyot trenajyorlari, adabiyotlar, sun’iy hamda tabiiy maydon qoplamalari va inventarlar 2024 yil 1 oktyabrga qadar bojхona bojidan ozod etiladi.
O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi hamda O'zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasining 2022-yilga mo'ljallangan musobaqalar o'tkazish taqvim rejasiga asosan joriy yilning 4-9 fevral kunlari Navoiy viloyati Navoiy shahrida ilk marotoba sportning Indor xokkey turi bo'yicha 2001-yilda tug`ilgan va undan kichik yoshdagi o’smirlar o'rtasida O'zbekiston kubogi musobaqasi yakunlandi. Ushbu musobaqada jami 7 ta jamoalar ishtirok etishdi. Shundan Toshkent viloyati jamoasi, Andijon viloyati jamoasi, Namangan viloyati jamoasi, Xorazm viloyati jamoasi, Samarqand viloyati jamoasi va Navoiy viloyati jamoalari qatnashishdi. Musobaqada jami 114 nafar sportchilar ishtirok etishdi.Musobaqaning yakuniy natijalari bo`yicha
Faxrli 1-o’rinni: Samarqand viloyati jamoasi
Faxrli 2-o’rinni: Toshkent viloyati jamoasi hamda
Faxrli 3-o’rinni: Navoiy viloyati jamoasi qo’lga kiritishdi. Musobaqa yakunida g’olib bo’lgan jamoalar ishtirokchilariga O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi va O'zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi hamda Navoiy viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi Sportning o`yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o`smirlar sport maktabining diplom hamda estalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.
2022 yil 4-6 may kunlari Toshkent shahrida yengil atletika turi bo`yicha R.Qudratov xotirasiga bag`ishlangan musobaqasi bo`lib o`tdi. . Ushbu musobaqada Navoiy viloyati Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi sportning o`yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o`smirlar sport maktabining yengil atletika bo`limi sportchi-o`quvchilari ishtirok etishdi. 
Musobaqa natijalari;
Sport maktabining sportchi-o`quvchilari Farxod Saloxidinov va Dilshodbek Boboqulovlar 400 metr masofaga yugurishda yangi O`zbekiston rekordchilariga aylanishdi.
Gandbol bo'yicha bo’lgan O'zbekiston Chempionatida viloyatimiz sportchilari
2 - o'rin bilan Oliy o'quv yurtlariga imtiyozli ravishda qabul qilinishadigan bo'ldi.
Ayni kunlarda Tailand poytaxti Bangkok shahrida sportning kikboksing turi bo‘yicha Osiyo chempionati musobaqalari o‘tkazilmoqda. Mazkur musobaqada Navoiy viloyatii Qiziltepa tumani sport maktabi shug‘ullanuvchisi A.Sodiqov hamda uning murabbiyi D.Xojamov ham ishtirok etmoqda. O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo chempionatida 10 ta medalga ega chiqdi . 4 ta oltin va 6 ta kumush medal. Navoiylik D.Xo‘jamov Osiyo chempioni bo‘ldi.
Ko’rib turganimizdek O’zbekistonda sportning rivojlanishida va jahonga tanilishida Navoiy viloyati sportchilarining ham munosib o’rni bor.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Акромов А.К. Ўзбекистонда жисмоний маданият ва спорт тарихини ўрганиш масалалари. Ўқув қўлланма. – Тошкент. 1994.;


2. Хўжаев Ф. Ўзбекистонда жисмоний тарбия. – Тошкент: Ўқитувчи нашриёти. 1997
3. ; Иброҳимов Ў. Спорт ва қадрият. – Ташкент: “Янги аср авлоди”, 2009.
Yüklə 23,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə