Zulfiya Isroilova she`riyatida sinonim va antonim so`zlar



Yüklə 25,57 Kb.
səhifə1/7
tarix23.12.2023
ölçüsü25,57 Kb.
#154686
  1   2   3   4   5   6   7
5-seminar


Fonetik, leksik, morfologik, sintaktik vositalarning badiiy asardagi ifodasi
Zulfiya Isroilova she`riyatida sinonim va antonim so`zlar. Badiiy matndagi poetik faollashgan leksik vositalarning lingvopoetik qimmatini belgilashda sinonim va antonim so`zlar alohida o’ringa egaligi ma’lum. Sinonimlar – talaffuzi, yozilishi har xil, birlashtiruvchi ma’nosi bir xil (umumiy) bo‘lgan, qo‘shimcha ma’no nozikligi, emotsional bo‘yog‘i, qo‘llanishi kabi bir qator xususiyatlari bilan o‘zaro farqlanadigan so‘zlardir1. Umuman olganda, sinonimlar shaxs, narsa, belgi, xususiyat, voqea-hodisa va harakatning bir necha nom bilan aytilishidir. Sinonimlar til boyligi bo‘lib, avvalo, narsa va hodisalarning nozik ma’no bo‘yoqlarini ifodalash uchun xizmat qiladi.
Tilda sinonimlarning ko`p bo`lishi tilning estetik vazifasini yanada to`liq bajara olishini osonlashtiradi. Badiiy matndagi sinonimlar tahlilida, asosan, ikki jihatga e`tiborni qaratish zarur. Ulardan biri muallifning ikki yoki undan ortiq sinonimdan ifodalanayotgan mazmun uchun eng maqbul birini tanlashi bo`lsa, ikkinchisi ayni bir matn tarkibida ikki yoki undan ortiq sinonimik birliklarni badiiy tasvir maqsadiga uyg`un holda qo`llashidir. Bunda til birliklarining takrori natijasida yuzaga keladigan ifoda kambag`alligi va rangsizligi bartaraf etiladi.
Zulfiyaning “Kimni kutasan” she`rida iztirob – ozor so’zlari bir o’rinda sinonim sifatida kelganiga guvoh bo’lamiz:
Ko’zing muncha yo’lda intizor,
Ey, bahordan barkamol husn.
Iztirobing dilimga ozor-
Ishq hijronin bilganim uchun.
Zulfiya qalamiga mansub quyidagi misralarda “osmon” va “ko`k” so`zlari lug`aviy sinonimiya hodisasini hosil qiladi:
Simob to`lqinlari tutib osmonni,
Muttasil yomg`irlar zeriktirsa ham,
….
Bulut chodirini yirtib, mo`ralab,
Chiqsa quyosh, ko`kka bo`laman maftun.
Zulfiya o’z ijodida bir vaqtning o`zida ayni bir misrada ham sinonim so`zni, ham antonim so`zni qo`llay olgan ijodkordir. Buni uning “Baxtim bor ajoyib kishilar aro” she`rida ko`ramiz:
Baxtim bor: ajoyib kishilar aro

Yüklə 25,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə