Zulfiya Isroilova she`riyatida sinonim va antonim so`zlar



Yüklə 25,57 Kb.
səhifə3/7
tarix23.12.2023
ölçüsü25,57 Kb.
#154686
1   2   3   4   5   6   7
5-seminar

Sevinch-u alamga,
Tug`ilish - o'limga
Ishq-u iymonga
Vatan, baxt atalmish nurli bir panoh.
Ko’rinadiki, Zulfiya Isroilova o`z she`rlarida sinonim hamda antonim so`zlardan mohirona foydalanganki, bu she`rlarining ta`sirchanligi va badiiyatini oshirgan.
Frazeologik birliklardan o‘rinli foydalanish adiblarning badiiy mahoratini ko‘rsatib turuvchi muhim vositalaridan sanaladi.
Ma’lumki, o‘zbek tilshunosligida frazeologizmlarning nazariy jihatlari borasida bir qator tadqiqotlar amalga oshirilgan4. Shuningdek, frazeologik birliklar izohli lug‘atining mavjudligi ham mazkur hodisa borasidagi bajarilgan ishlar ko‘lamini belgilay oladi.
Umuman, o‘zbek tilshunosligida frazeologik birliklarning lingvistik hamda lingvopoetik tadqiqi borasida yetarlicha ishlar amalga oshirilgan. Bugungi kunda frazeologizmlarning lingvokulturologik tadqiqiga bag‘ishlangan ishlar ko‘lami ham kengaymoqda.
Turmush tarzimizdagi xilma-xil voqea-hodisalarning tagiga yetish, turli-tuman harakat holatlarga baho berish, katta-kichik tajribalarni umumlashtirish asosida xalq chiqargan xulosalarning o‘ziga xos obrazli ifodalari bo‘lgan iboralar badiiy matnda doimo poetik aktual bo‘ladi5.
Frazeologik birliklar mazmun-mohiyatiga ko‘ra a) badiiy uslub (ko‘ksini ochmoq, dilini yoqmoq, chehrasi ochilmoq); b) jonli so‘zlashuv nutqi (ko‘zi tushmoq, yeng shimarmoq, jonini olmoq); d) shevaga xosligi (eshikka chiqmoq, qatim tortmoq, ajal tortib kelmoq); maqol-matal xarakterida bo‘lishiga (igna bilan quduq qazimoq, go‘ri nurga to‘lmoq) ko‘ra ham alohidalikka ega6.
Iste’dodli adib Toshpo’lat Ahmad she’riyatida frazeologik birliklar anchagina (Qarang: Asadov T.,Azimova A. Toshpo’lat Ahmad she’riyati lingvostilistikasi. Monografiya. –Buxoro, “Durdona”, 2023, 34-42-b.). Mazkur hodisaning shoir ijodidagi ahamiyatini to‘laroq anglash uchun ayrimlarini kuzatamiz:
O‘tmishingni ko‘rding-ku, ey sen –
G‘ofil banda, ochgil ko‘zingni.
Uzr so‘ra, yolvor, yalingin,
Tavof ayla ular izini. (“Uyqum keldi”)
Mazkur parchada ko‘zingni och iborasi obrazli vosita sifatida qo‘llangan. Bu o‘rinda mantiqiy qurshovning roli va ta’siri yuqori, qolaversa, ushbu iboraning inversiya holatidagi ifoda shakli ham ma’no ta’sirchanligini oshirgan.
Shoir ijodida ko‘z so‘zi bilan bog‘liq ko‘z tikmoq, ko‘z tutmoq, ko‘zdan uyqu qochmoq, ko‘zi to‘rt bo‘lmoq, ko‘z ostidan qaramoq kabi iboralar ishlatilgan. Misollarni kuzatamiz: Pirpiragan yulduzlarga men/ Ko‘zim tikib suqlanaman jim/ Yarqiragan yulduzlarga men/ Qalbim ochgum misli munajjim. (“Yulduzlar nidosi”) Ko‘kka ko‘z tutmasang mayliga, lekin/ Muqaddas yeringda yorug‘ yulduz bo‘l! (“Yulduzlar nidosi”) El ko‘zidan qochirib uyqu/ Vang‘ur-vung‘ur qilgani-qilgan. (“Bosh egarkan shohlar ham”) Ota-ona mo‘rt bo‘ladi, qadrini bil/ Seni deb ko‘zi to‘rt bo‘ladi, qadrini bil. (“Bog‘boningdur”) Ishq sharobin icholmay qolganmisiz armonda/ Yer chizib, ko‘z ostidan qaroshingiz muloyim. (“Muloyim”) Ne ajab, avloding aqlida bugun/ Yuz ochsa, ko‘z ochsa muammo, tugun. (“Buxoronoma”)
Shoir “Sirli so‘z” nomli she’rida gulshanda gullarning ochilishiga ko‘ra “ko‘z ochmoq” birligini qo‘llab, tashxis san’atini hosil qiladi. Kuzatamiz: Ana, oftob chiqdi – nur sharorasi/ Soyalar chekindi, gulshan ochdi ko‘z.
Boshqa bir misol:
Ne bo‘ldi-yu, kal boshga taqdir

Yüklə 25,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə