Ota fazilati Otang har kuni ko‘chaga chiqib, qiynalib mehnat qilib, senga kerakli taom, kiyim, o‘yinchoq va boshqa narsalarni sotib olib kelar edi. Sen ulg‘aygach, u seni maktabga yubordi



Yüklə 16,11 Kb.
tarix23.06.2023
ölçüsü16,11 Kb.
#118649
yillik ish reja 2-variant 28 03 2022 yil


Ota fazilati


1. Otang har kuni ko‘chaga chiqib, qiynalib mehnat qilib, senga kerakli taom, kiyim, o‘yinchoq va boshqa narsalarni sotib olib kelar
edi.
2. Sen ulg‘aygach, u seni maktabga yubordi. Ta’lim olishing uchun pul topib, sarfladi, seni odam bo‘lsin, katta bo‘lganida qiynalmasin, deb iztirob chekdi.
3. Agar kasal bo‘lsang, seni davolash uchun doktorga olib borib, og‘ayishing uchun doridarmon olib kelar edi. Demak, otang sen uchun
tayanchdir.
Sen ota-onangga qanday yaxshilik qila olasan?
1. Ey farzand! Ota-onangga itoat qil, yaxshi ko‘r va nasihatlariga amal qil.
2. Ular oldida odob bilan o‘tir, sening huzuringga kelsalar, o‘rningdan tur va ularning ovozidan ovozingni baland ko‘tarma.
3. Ota-onang quvvatli vaqtlarida ular xursand bo‘ladigan ishlarni qil. Agar quvvatlari ketib ishga yaroqsiz bo‘lib qolsalar, zimmangdagi haqlarini ado etish uchun muhtoj bo‘ladigan barcha narsalarda ularga yordam ber.
4. Ular senga qattiqlik qilsalar, ularga qo‘pol gapirma. Chunki faqat sening foydangni xohlashadi.
5. Ertalab turganingda va kechqurun yotishingdan oldin, ularni ko‘rganingda salom ber.
6. Ularni g‘azablantiradigan amallardan yiroq bo‘l. Ko‘proq umr ko‘rishlarini yaxshi ko‘r va shuni orzu qil. Chunki ular ham sening salomat bo‘lishingni va umring uzun bo‘lishini orzu qilardilar.
7. Ular biron ish buyurganlarida zinhor “uf”, dema.
8. Chaqirganlarida “labbay”, deb tezda huzurlariga yetib bor.
9. Ularga ozor yetishiga sababchi bo‘lma. Ya’ni, bolalar bilan urishma va ularning otaonalarini so‘kma. Aks holda o‘sha yomon bolalar ham sening ota-onangni so‘kadilar.
Bolalar lug‘ati
Labbay – birov chaqirganda beriladigan javob (aslida “labbay” so‘zi “mana, huzuringdaman” ma’nosini anglatadi).
Yüklə 16,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə