Amaliy mashg’ulot №10. Sаnitаriya – mаishiy xonаlаr



Yüklə 1,04 Mb.
tarix11.12.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#144832
10-Amaliy mashg\'ulot

Amaliy mashg’ulot №10. Sаnitаriya – mаishiy xonаlаr

Tayyorladi: Boymurodov Najmiddin

Sanitariya va maishiy xonalar haqida

6.5.1. Har bir ochiq konda yoki bir kancha yakin joylashgan ochiq konlarda amaldagi qurilish me’yorlari va koidalariga muvofiq, ochiq konning to‘liq rivojlanishida ishchi xodimlar soniga mo‘ljallangan erkakalar va ayollar uchun alohida bo‘limli sanitariya-maishiy xonalar jihozlangan bo‘lishi lozim.

Sanitariya-maishiy xonalar tarkibiga quyidagilar kirishi kerak: ishchi va doimiy kiyimlar uchun aloqida garderoblar (shkaflar), ishchi kiyimlarni quritish va changsizlanishi uchun xonalar, dushlar, kiyinish, kir yuvish xonalari, maxsus kiyim va oyoq kiyimlarni ta’mirlash ustaxonalari, oyoq kiyimni tozalash va yuvish xonalari, ichimlik suvini qaynatish stansiyasi, idishlar xonasi, ayollarning shaxsiy gigienasi xonasi, tibbiy bo‘lim, oshxona.

Sanitariya-maishiy xonalar shamol esayotgan tomondan foydali qazilmalar ochiq omborlari, maydalash-sortirovka qilish fabrikalari, estakadalar va boshqa changlanadigan uchastkalardan kamida 50 metr, ammo asosiy ishlab chiqarish binolaridan 500 metrdan uzok bo‘lmagan masofada joylashishi kerak.

Izohlar:


1. Sanitariya-maishiy xonalarni karer bortidan uzoqroq masofada joylashtirishga faqat ishchilarni transport bilan ish joyiga olib borib, olib kelinsagina ruxsat etiladi.
2. Uncha katta bo‘lmagan karerlarda sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda oddiy tipdagi sanitariya-maishiy xonalari qurishga ruxsat etiladi.

Sanitariya va maishiy xonalar haqida


6.5.2. Garderob va dush xonalari shunday o‘tkazish xususiyatiga ega bo‘lishi kerakki, bunda ishchilar o‘ta ko‘p sonli smenda yuvinish va qayta kiyinish uchun 45 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan vakt sarflasin.
6.5.3. Har bir korxonada maxsus kiyimlarni yuvish va maxsus kiyim va oyoq kiyimlarni ta’mirlash tashkil etilishi lozim.
6.5.4. Yuqori radioaktiv rudalarni qazib olish bilan band bo‘lgan xodimlar sanitariya-maishiy xizmat ko‘rsatilganda alohida ajratilishi va teri qatlamlarining tozaligini radiometrik nazorat orqali tekshirilishi kerak. Bunday xodimlarining maxsus kiyimlarini haftada kamida 1 marta yuvish kerak.

Sanitariya va maishiy xonalar haqida

6.5.5. Doimiy trinitrotoluol bilan ishlaydigan xodimlar uchun har smenada yangi ichki kiyim berilishini, baxorgi-yozgi davrda esa kiyim va oyok kiyimni har smenada changdan tozalashni tashkil qilish kerak.

Bunday maxsus kiyimlarni saqlash va yuvish boshqa xodimlar maxsus kiyimlaridan aloxida tarzda amalga oshirilishi kerak.

6.5.6. Dush va hammomlar 1 soatda har bir dush setkasiga 500 l suv hisobida sovuq va issiq suv bilan ta’minlanishi va rostlash kranli aralashtiruvchi qurilmalarga ega bo‘lishi lozim.

Rostlash kranlari sovuq va issiq suv ko‘rsatgichlariga ega bulishi kerak. Bug va issiq suv uzatuvchi quvurlar poldan 2 m balandlikda to‘silgan bo‘lishi kerak.

Yuvish uchun ishlatiladigan suvning sifati sanitariya nazorati organlar bilan kelishiladi.

Sanitariya va maishiy xonalar haqida

6.5.7. Dushlarda va yechinish va kiyim saqlash bo‘limlari bo‘lgan xonalarda pollar namga mustahkam va sirpanmaydigan yuzaga ega bo‘lishi, devorlar va to‘siqlar esa kamida 2,5 m balandlikda yengil tozalangan va issiq suv bilan yuvilgan oqovalarni o‘tkazadigan namga mustahkam materiallar bilan qoplanishi kerak. Bu xonalarda albatta pol va devorlarni yuvadigan shlangli kranlar bo‘lishi lozim.

6.5.8. Barcha sanitariya-maishiy xonalar sanitariya me’yorlari chegarasida zararli aralashmalar mikdorini ta’minlaydigan oqish-surish ventilyatsiyasiga ega bo‘lishi lozim.

6.5.9. Dush xonasi va undagi jixozlar har smenada dezinfeksiyalovchi vositalar (xloramin, xlor ohaki va b.) dan foydalangan holda yigishtirilishi kerak.

Ma’muriy xonalarni yuvish har kuni, garderob, idish saqlaydigan va respirator xonalari esa har smenada amalga oshirilishi lozim.

6.5.10. Ochiq konlarda foydalanish uchun qulay bo‘lgan joylarda umumiy sanitariya talablariga muvofiq yopik hojatxonalar tashkil etilishi kerak.

Ishlab chiqarish - maishiy binolar

6.6.1. Ochiq konlarda va otvallarda ochiq havoda ishlaydiganlar uchun ish joyidan 300 m dan uzok bo‘lmagan masofada joylashgan dam olish va ovqatlanish uchun maxsus xonalar bo‘lishi lozim.

Ko‘rsatilgan xonalar stollar, suyangichlar, bet-qo‘l yuvgich sovun bilan, ichimlik suvi favvorasi (suv quvuri bo‘lsa) yoki ichimlik suvi to‘ldirilgan idish, yuqori kiyim ilgichlarga ega bo‘lishi kerak.

Qishda ishlab chiqarish-maishiy xonalarida havoning harorati + 20 S dan kam bo‘lmasligi kerak.

6.6.2. Ekskavatorlar, burgilash dastgohlari va boshqa mexanizmlarning kabinalari isitilgan, xavfsiz isitish moslamalari, zaruriyat tugilganda esa sovutgichlar va filt ventilyatsiya qurilmalari bilan jixozlangan bo‘lishi lozim.


Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə