Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə1/92
tarix16.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#105855
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Diyot instituti o’zbekistonning eng yangi tarixi теxnik yo’nalis


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI


O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI


Теxnik yo’nalishdagi barcha oliy o’quv yurtlarining bakalavriat talabalari uchun darslik

2021-yil
УДК 351.687.74
ВВК 32.10.53


Yu.A,Ergasheva, P.Xoliqulov, D.I.Vasiyeva, S.B.Murtazova, Sh.T.Boymurodov, B.A.Ahmedov, Q.A.Maxmanazarov, B.O’.Boqiyev, O’.Sh.Abdullayev, Х.О.Хоsiyatov, О.Yo.Аkmamatov / O’zbekistonning eng yangi tarixi / darslik, …. B
Darslik O’zbekistonning eng yangi tarixi fani bo’yicha namunaviy o’quv dasturiga muvofiq, katta faktik material asosida, tarix fanidagi so’nggi yangiliklar, yutuqlarini hisobga olgan holda mavzular ochib berilgan. Darslikda talabalarning tarixiy va falsafiy jihatdan, vatanparvarlik, milliy-ma’naviy dunyoqarashini rivojlantirish bo'yicha asoslar berilgan. Darslikda bayon qilingan davr davlatchilik, fuqarolik jamiyati va uning rivojlanishiga omil bo'lgan shart-sharoitlarni va uni belgilovchi holatlarni o’zlashtirishga imkon beradi. Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida O'zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy rivojlanish jarayonlari bayon qilingan. Darslik vatanimiz tarixining mustaqillik davrini o'rganish bo’yicha muhim manba bo’lib xizmat qilishi shubhasiz. Darslik oliy o'quv yurtlari talabalari, shuningdek mamlakatimiz mustaqillik davri tarixi bilan qiziquvchi keng kitobxonlar foydalanishi uchun mo'ljallangan.


Таqrizchilar:


Ishanxadjayeva Z.R – O’zbekiston Milliy universiteti professori, tarix fanlari doktori
Mo’minova G.E – Qarshi davlat universiteti professori, tarix fanlari doktori


Darslik Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Ilmiy Kengashi tomonidan chop etishga tavsiya etilgan.


© Yu.A,Ergasheva, P.Xoliqulov, D.I.Vasiyeva, S.B.Murtazova,
Sh.T.Boymurodov, B.A.Ahmedov, Q.A.Maxmanazarov, B.O’.Boqiyev, O’.Sh.Abdullayev,
Х.О.Хоsiyatov, О.Yo.Аkmamatov
KIRISH

Mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq O'zbekistonda mamlakatni modernizatsiya qilish va faol demokratik islohotlarni amalga oshirish bo'yicha keng ko'lamli islohotlar amalga oshirildi. Ushbu ulkan o'zgarishlar davomida xalqimizning boy tarixi, noyob milliy qadriyatlari, bebaho ilmiy va madaniy merosi tiklandi va butun insoniyatning noyob mulkiga aylandi. Vatanimiz tarixini birlamchi manbalarga asoslangan holda har tomonlama va chuqur o'rganish yosh avlodni barkamol shaxslar etib tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.


O'zbekistonning eng yangi tarixi darsligi bakalavriatning barcha yo'nalishlari uchun mo'ljallangan. Ushbu kurs doirasida uning maqsadi, vazifalari, mazmuni va malaka talablari, mamlakatimizni yanada rivojlantirish strategiyasi, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish tamoyillari, ustuvor yo'nalishlari va shakllari, islohotlarni amalga oshirishning zamonaviy kontseptsiyalari va mexanizmlari aniqlandi.
Modernizatsiya qilingan o'zgarishlar, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy sohalardagi islohotlar to'g'risidagi bilimlarni davlat va jamiyat qurilishini rivojlantirish uchun tarkibiy va tarmoq o'zgarishlari orqali o'zlashtirish muhimdir. Ushbu darslikda yangi taraqqiyot bosqichida O'zbekistonning milliy rivojlanish masalalari ko'rib chiqiladi.
Tarixni o'qitishning maqsadi yosh avlod ongiga milliy g'ururni singdirish, tarixiy xotira, tarixiy fikrlashni rivojlantirish, yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirish, shuningdek ularning ma'naviy dunyosini boyitishdir.
O'z xalqiga va vataniga sodiq bo'lish, ongli va ulkan bunyodkorlik ishlarining faol ishtirokchisi bo'lishdan ortiqroq baxt yo’q. Darslikning asosiy vazifalariga tarixiy manbalarga asoslangan tarixiy va madaniy jarayonlarni xolisona tahlil qilish, ularning sabablari va mohiyatini tushuntirish, yoshlarda o'zlikni anglash, vatanparvarlik, tarixiy qadriyatlarga va boy tariximizga hurmat kabi fazilatlarni shakllantirish kiradi.
Shuningdek, yoshlarning ongiga mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo metish jarayonini, turli sohalardagi islohotlar to'g'risida, tarixiy jarayonlar, voqealar va hodisalar to'g'risida jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuv tamoyillari asosida yetkazish maqsadida barcha oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida ushbu fanni o'qitishga alohida e'tibor berilmoqda.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə