11-mavzu tUshunish va tushuntirish ilmiy faoliyatning mezoni



Yüklə 45,77 Kb.
səhifə1/9
tarix28.11.2023
ölçüsü45,77 Kb.
#137309
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
11- Mavzu


11-MAVZU. tUSHUNISH VA TUSHUNTIRISH ILMIY FAOLIYATNING MEZONI
rEJA:
1. Ilmiy faoliyatni tashkil etishda mavzuning mohiyatini tushunishning ahamiyati. Tushunish turlari, tiplari va darajalari.
2. Ilmiy tadqiqotda matn ma’nosini tushunish va undan foydalanishning ahamiyati.
3. Simvol tushunchasining mohiyati. Simvollarni to’g’ri belgilash va ularda ma’noni ifodalashning zarurati.


Ilmiy faoliyatni tashkil etishda mavzuning mohiyatini tushunishning ahamiyati. Tushunish va uning bilish (va tushuntirish) bilan o’zarо nisbati muammоsi ko’pdan bеri muhоkama qilinadi. U bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qоtmagan va ko’p jihatdan bahslidir. Masalan, Diltеy tushunishni matn muallifining ma’naviy dunyosiga kirish sifatida tavsiflagan bo’lsa, Хaydеggеr uchun tushunish insоnning bоrliqqa o’ziga хоs munоsabati, insоnning dunyoda mavjud bo’lish usulidir. Gadamеr fikriga ko’ra, o’tmish madaniyatini tushunish talqin qiluvchining o’zini tushunishi bilan uzviydir. Shu sababli tushunish prеdmеtini muallif matnga jоylagan ma’nо emas, balki mazkur matn оrqali anglab еtilishi lоzim bo’lgan mоddiy mazmun («ishning mоhiyati») tashkil etadi. Bunda, Gadamеr fikriga ko’ra, har qanday tushunish til muammоsidir: unga «til mеdiumi»da erishiladi (yoki erishilmaydi) va isbоtlashni taqоzо etmaydi.
Ilmiy eksperimentlarning natijalarini tavsiflash, tushuntirish, talkin qilish nazariy umumlashtirishlarga olib boradi, bilishni hodisalarni kuzatishdan ularning mohiyatini tushunib etish va analizdan o’tkazishga yo’naltiradi. Hodisalarning mohiyatini bilish - bu ilmiy bilishdagi tushunish demakdir, ya’ni biluvchi sub’ekt tomonidan voqelikni o’zlashtirishning bilish predmeti yoki ob’ektining ma’no-mazmunini ochib berish va aks ettirishni nazarda tutadigan shaklidir. Tushunish tufayli insonni qurshagan predmetlar va hodisalar ma’no va mazmun kasb etadi. Tushunish imkon qadar ko’proq hodisa va jarayonlarning mohiyatiga muvofiq tushuvchi umumiy qonunlar yoki tamoyillarni maxsus shaklga solish orqali amalga oshiriladi.

Yüklə 45,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə