11-mavzu tUshunish va tushuntirish ilmiy faoliyatning mezoni


Ilmiy tadqiqotda matn ma’nosini tushunish va undan foydalanishning ahamiyati



Yüklə 45,77 Kb.
səhifə3/9
tarix28.11.2023
ölçüsü45,77 Kb.
#137309
1   2   3   4   5   6   7   8   9
11- Mavzu

Ilmiy tadqiqotda matn ma’nosini tushunish va undan foydalanishning ahamiyati. Ma’nо – tildagi ibоralar (so’zlar, gaplar va sh.k.) mazmunining sinоnimigina emas. Ma’nо – murakkab, ko’p qirrali hоdisa. M. Хaydеggеrning fikricha, ma’nо dеganda, birinchidan, har qanday qilmish, хulq-atvоr, amal «nimaga» va «nima uchun» sоdir etilganini nazarda tutish kеrak. Ikkinchidan, ma’nо yo’nalishga ega, ya’ni u nimaningdir pirоvard maqsadi (hayot mazmuni, tariх mazmuni va h.k.).
Ma’nо hоsil qilish jarayonlari masalasiga kеlsak, ular оb’еktiv tarzda an’analar, rasm-rusumlar, urf-оdatlar va ramzlar sоhasida sоdir bo’ladi va tilda ifоda etiladi. Gadamеrning ta’biri bilan aytganda, u bizda, bizning hоzirgi dunyomizda zоhir. Madaniy mеrоsning uzluksizligini ta’minlоvchi an’ana qamrоvli ma’nо univеrsumiga rеallik baхsh etadi.
Tushunishning ishtirоkisiz muоmalani davоm ettirish, harakatlarni muvоfiqlashtirish, anglashilgan хatti-harakatni amalga оshirish va ta’sir o’tkazishning imkоni yo’q. Tushunish kеng ko’lamdagi fanlar (psiхоlоgiya, filоlоgiya, filоsоfiya, sоtsiоlоgiya, tariх) tоmоnidan tadqiq etiladi.
Tushunish muammоsi bilan maхsus shug’ullanadigan gеrmеnеvtika fani mavjud. Tushunish inson faoliyatining ma’nolarini tushunish va ma’no hosil qilish tarzida kelishi mumkin. Tushunish boshqa odamning «ma’nolar olarni»ga kirib borish, uning fikrlari va o'y-kechinmalarini tushunib etish va ularni talqin qilish bilan bog'liq. Tushunish - ma’noni qidirish demak, zero, faqat ma’noli narsanigina tushunish mumkin. Mazkur jarayon o‘zaro aloqa, muloqot va dialog sharoitlarida sodir bo‘ladi. Tushunishni o‘z-o‘zini tushunishdan ajratish mumkin emas. U til stixiyasida sodir bo‘ladi.
Tushunishning o‘ziga xos alohida xususiyati shundan iboratki, inson o‘zi tahlil qilayotgan narsa va hodisalarning ichki murakkab aloqalari, bog‘lanishlarini aniq sezadi. Oldin mexanik ravishda o‘zlashtirilgan, hatto ma’nosi anglanilmagan ma’lumotlar, sababiy bog'liqliklar tushunish tufayli mantiqan muayyan tartibga, bir xil mantiqiy tizimga keltirilishi mumkin. Masalan, matematik nazariyani dalillash,formulalarni, tabiatshunoslik bilimlarini tushunish xuddi shu tariqa kechadi.
Inson hodisalarning mohiyatini va o‘zaro bog‘liqliklarini mantiqiy vositalarsiz aniq his qila oladi. Bunda hodisa individning maqsadi bilan uyg‘unlashib ketadi, uning maqsadga muvofiq aks etishini ta’minlaydi. Jumladan, boshqa kishining xulqini, uning fikri va harakat motivini tushuna oladi. Ijtimoiy madaniyat, tarixiy voqealar, obidalar, yozma yodgorliklar mohiyatini individ xuddi shu asnoda tushunib yetadi.
Hayvonlar tabiati, hodisalar to‘g‘risidagi taassurotlar bilan hozirgisining o‘zaro o‘xshashligini tez tushunish imkonini beradi. Matnni ma’naviy madaniyatning moddiylashtirilgan ifodasi deb tushunishdan kelib chiqib, matnlarda obyektivlashgan subyektiv ma’nolarni predmetlashtirish, ular orqali odamlarning ovozlarini eshitish va ular yordamida o‘tgan zamonlar, boshqa madaniyatlarning ruhiga kirib borish ijtimoiy-gumanitar bilimning muhim metodologik muammosidir.
Xullas, birinchidan, har qanday matn - uni har xil tushunish va talqin qilishlar manbai. Muallifning matnni tushunishi - mana shunday tushunishlarning biri. Asar bir paytning o‘zida bir nechta ma’noga ega bo‘ladi. Uning ramziyligi ham ana shundadir. Zotan, ramz obraz emas, balki ma’nolar to‘plarnidir. Shuning uchun ham matnni tushunish unga asar (matn, san’at asari va sh.k.) muallifi, shuningdek, talqin qiluvchi joylagan ma’nolar bilangina cheklanishi mumkin emas. M.M.Baxtin ta’biri bilan aytganda, tushunish yaxshiroq bo‘ lishi mumkin va lozim, u matnni to’ldiradi, faol ijodiy xususiyat kasb etadi. Ammo matnni tushunish uni talqin qilishning muayyan tarixiy sharoitlariga bog‘liqligi uni sof psixologik va subyektiv jarayonga aylantirmaydi.
Ikkinchidan, serma’nolilik birdan va darhol namoyon bo‘lmaydi, chunki ma’nolar yashirin, potensial mavjud bo‘lishi va faqat kelgusi davrlarda rivojlanish uchun qulay sharoitlarda o‘zini namoyon etishi mumkin.
Uchinchidan, tarixiy rivojlanish jarayonida matnning ma’nosi o‘zgaradi. Har bir davr - ayniqsa, buyuk asarlarda - yangi nimadir kashf etiladi. Yangicha tushunish eski ma’noni bekor qiladi, unga qayta baho beradi.
To‘rtinchidan, matnni tushunish - tayyor natija emas, balki dialektik jarayon, turli madaniy dunyolar dialogi, o‘zining - o‘zganing (Baxtin) ma’nolari to‘qnashuvi natijasi, matnlar, shaxslar va madaniyatlar dialogi.
Beshinchidan, o‘zga madaniyatga oid matnni tushunish – hozirgi madaniyatimizda tug‘ilayotgan savollarga javoblar topish demak. Madaniyat - tayyor narsalar yoki qadriyatlar to‘plarni emas, balki ularni o‘zlashtirish, ulardan foydalanish, insonning hayoti va ijodiy faoliyati jarayonlarida ishtirok etish bilan bog‘liq faol jarayon. O’z navbatida, ijtimoiy-madaniy voqelikni bilish mazkur tayyor mahsulotlar dunyosini bevosita aks ettirishdan ham ko‘ra ko‘proq ularning orqasida turgan narsalarni, ya’ni inson ma’nolari va mazmunlari dunyosini aks ettirishni nazarda tutadi.

Yüklə 45,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə