Zulfiya Isroilova she`riyatida sinonim va antonim so`zlar


Qo‘ndirgandek baxtning qushin



Yüklə 25,57 Kb.
səhifə4/7
tarix23.12.2023
ölçüsü25,57 Kb.
#154686
1   2   3   4   5   6   7
5-seminar

Qo‘ndirgandek baxtning qushin.
Bu badbaxt ham yugurib, oxir/
Tutdi chog‘roq mansab boshini. (“U yoshlikdan”)
Umuman, Toshpo‘lat Ahmad o‘z ijodida frazeologik birliklarni she’riyat talablariga mos tarzda – ham shaklan, ham mazmunan o‘rinli qo‘llagani kuzatildi, shuningdek, ayrim frazeologik birliklar shoir maqsadi o‘laroq shaklan yangilanganligini ham kuzatish mumkin.

Sintaktik vositalar badiiy matnda integrativ munosabatlarning yuzaga kelishida faol ishtirok etishi barobarida ayni munosabatlar fonida xilma-xil badiiy maʼno-mazmunlarni ham ifodalay oladi. Bu maʼnoda ularning badiiy matndagi estetik salmogʻi leksik vositalar imkoniyatidan qolishmaydi7. Qolaversa, bugungi kun tilshunosligida sintaktik vositalarning tasviriy ifoda imkoniyatlarini oʻrganadigan alohida soha – eskpressiv sintaksisning yuzaga kelishi ham sintaktik vositalarning muhim ahamiyat kasb etishini, matn strukturasini oʻrganishga qiziqishning ortib borayotganini ham ko‘rsatadi.


Ekspressivlikning namoyon boʻlish shakllarini o‘rgangan oʻzbek tilshunosi A.Abdullayev sintaktik vositalarni sanar ekan «sintaktik gradatsiya, sintaktik sinonimiya, bogʻlovchilarning maxsus qoʻllanishi, antiteza, monolog, sukut, inversiya, takroriy gaplar, ritorik soʻroq» kabi uslubiy figuralar «fikrning oʻta taʼsirchan ifodalanishi»ga xizmat qilishini taʼkidlaydi8.
Umuman, tilshunoslikda sintaktik ekspressiv vositalar sifatida yuqorida sanab o‘tilgan hodisalar bilan birga ellipsis, antiellipsis, kesish, pozitsion-leksik takror, parsellyatsiya, segmentatsiya, sintaktik kengaytiruvchilar bilan kelgan leksik takror, monologik nutqdagi savol-javob konstruksiyalari, bogʻlovchisizlikning ayrim turlari, soʻz birikmasi komponentini almashtirish, sintaktik parallelizm, undov konstruksiyalar, nominativ gaplar zanjiri, soʻzni maxsus ekspressiv-stilistik joylashtirish kabilar aytiladi. M.Yo‘ldoshevning doktorlik ishida sintaktik vositalarning aktuallashishi haqida quyidagicha fikr keltiriladi: “Bizningcha, oʻzbek tilida badiiy matnda poetik aktuallashadigan sintaktik vositalarning asosiylari quyidagilardan iborat: sintaktik parallelizm, emotsional gap, ritorik soʻroq gap, inversiya, ellipsis (antiellipsis), parsellyatsiya, atov gaplar (segmentatsiya), gradatsiya, oksyumoron (gʻayriodatiy birikmalar), antiteza (sintaktik konstruksiyalarda), farqlash, oʻxshatish, sukut, korreksiya va boshqalar9.

Yüklə 25,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə