Umumiy talablar



Yüklə 108,82 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix08.04.2023
ölçüsü108,82 Kb.
#104661
1.Jahon tarixi kafedrasi. Kurs ishi umumiy talablari



UMUMIY TALABLAR 
 
Rasmiylashtirish mezonlari 
Matn shrifti – «Times New Roman», shrift o‘lchami – 14, qatorlar orasidagi 
interval – 1,5 sm. Sahifa o‘lchamlari – A-4 format, yuqori va pastdan – 2 sm, 
chapdan – 3 sm, o‘ngdan – 1,5 sm. 
Hajmi 25 – 30 bet (5000 so‘z). 
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: 
1.Kirish. 
2.Asosiy qismi. 
Mazkur qism mavzu mohiyatidan kelib chiqib kamida ikki bobdan iborat 
bo‘lishi lozim. 
3.Xulosa. 
4.Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yxati. 
Har bir qism yangi sahifadan boshlanadi. 
Kurs ishlarini himoya qilish tartibi: 
Kurs ishi himoyalari kafedra tomonidan ishlab chiqilgan jadval asosida 
maxsus komissiya tomonidan o‘tkaziladi. Bunda, har bir talaba o‘zi tayyorlangan 
kurs ishlarini ma’ruza-taqdimot ko‘rinishida himoya qiladi. 
Kurs ishlari talabaning chet tillarini bilish imkoniyatidan kelib chiqib, ingliz 
va rus tillari (yoki boshqa chet tillari)da ham tayyorlanishi mumkin. Bunda, kurs 
ishi himoyasi u yozilgan tilda bo‘lib o‘tadi. 
Kurs ishlari 5 baholik tizimda baholanadi. 
Eslatma:
Kurs ishini belgilangan talablar va namuna asosida oʻz vaqtida 
tayyorlamagan hamda uni himoya qilmagan talabalar mazkur kurs ishi 
taalluqli boʻlgan fandan yakuniy nazoratga kiritilmaydi. Bu, ayni talabalarni 
bir vaqtning oʻzida ham fandan ham kurs ishidan qarzdor boʻlib qolishini 
anglatadi. Shundan kelib chiqib, kurs ishlarini bajarilishiga mas’uliyat bilan 
yondashish talab etiladi. 

Yüklə 108,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə