Zulfiya Isroilova she`riyatida sinonim va antonim so`zlar



Yüklə 25,57 Kb.
səhifə6/7
tarix23.12.2023
ölçüsü25,57 Kb.
#154686
1   2   3   4   5   6   7
5-seminar

Ritorik soʻroq gaplar. Bunday gaplar ham badiiy matnning emotsional-ekspressivligini taʼminlovchi poetik vositalardan hisoblanadi. Badiiy tilda, ba’zida ommaviy-publitsistik uslubda so‘zlovchi (qahramon) o‘z ichki kechinmalarini, his-tuyg‘ularini hayajon bilan ifoda etadi. Bunda ritorik so‘roq gaplar ham muhim o‘rin tutadi. Bunda savol beruvchi ham, javob beruvchi ham so‘zlovchining o‘zi bo‘ladi. Anig‘i, bunday gaplar javob talab qilmaydi. Bu kabi gaplar yo darak gaplarga, yoki undov gaplarga sinonim bo‘ladi. Ayrim ritorik soʻroq gaplar tarkibida nahotki, axir kabi taʼkidni kuchaytiruvchi soʻzlar keladi. Ular nutqqa koʻtarinki ruh bagʻishlaydi va tasdiqning kuchli emotsiya bilan taʼkidlanishi uchun xizmat qiladi. Bunday gap shakllari qahramonning hayratlanishini, quvonchini, ajablanishini, shubha va gumonsirashini, gʻazab va nafratini ifodalashda juda qoʻl keladi. Ichki va tashqi nutqda, monologik va dialogik nutqlarda keng qoʻllaniladi. Ritorik soʻroq gapda ifodalangan fikr shuning uchun kuchli poetik taʼkid oladi. Ayrim misollarni kuzatamiz: Nega go‘zal ko‘rinar olam/ Nega qarab to‘ymas ko‘zlarim. (H.Olimjon) Endi kimga arzini aytadi? Kimdan yordam so‘raydi? Kimga bolasini boqizadi? (M.Ismoiliy) Yosh bir joyga borib qolganda, birovning eshigini qoqib, qosh-qovog‘iga qarashdan og‘ir ish bormi? (A.Q.) Ilmni mashaqqatsiz egallab bo‘ladimi?
Ko‘rinadiki, muayyan bir fikrlar ritorik soʻroq gap shaklida ifodalansa, estetik taʼsirning darajasi yuqori boʻladi.
Inversiya. Ma’lumki, gap boʻlaklarining joylashish tartibi bor, biroq ba’zan gapning muayyan bir tartibi o‘zgartiriladi, ya’ni ijodkor maqsadi o‘laroq gap bo‘laklari tartibi o‘zgartiriladi. Bu, odatda, she’riyat tilida yuz beradi. Natijada inversiya yuzaga keladi. Inversiya ogʻzaki va badiiy uslub uchun xos xususiyat sanaladi. Badiiy matnda qahramonlar nutqini jonli nutqqa yaqinlashtirishda, ularning tilini individuallashtirishda mazkur usuldan foydalaniladi. Ayrim misollarni kuzatamiz: Navbahor: ochildi gullar, sabza bo‘ldi bog‘lar/ Suhbat aylaylik, kelinglar, jo‘ralar, o‘rtoqlar. (Muqimiy) Shovulladi tun bo‘yi shamol/ Qaldiroqlar ko‘chdi larzakor/ Shivirlading yonimda xushhol/ “Yana keldi, do‘stginam, bahor”.(A.Oripov) Qiyinchilik chekib, odam hur bo‘lur/ Sadafga qamalib qatra dur bo‘lur. (Umar Xayyom) Tilingda bo‘lsa boling/ Kulib turar iqboling. (Maqol)

Yüklə 25,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə