Badiiy tarjimaning lingvomadaniy aspektlari va tarjima mahorati



Yüklə 17,37 Kb.
tarix11.05.2023
ölçüsü17,37 Kb.
#109538
Tarjimada lingvomadaniyat


BADIIY TARJIMANING LINGVOMADANIY ASPEKTLARI VA TARJIMA MAHORATI
Annotatsiya: Tarjimada lingvomadaniy aspektlardan to’g’ri foydalanish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Biz badiiy tarjimada bu yo’nalishning nuqtai nazarini va qanday qilib lingvomadaniyatga oid so’z va fikrlarni to’g’ri shaklda yetqizib berish masalalirini ko’rib chiqishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik. Tarjima sohasidagi ishlarni amalga oshirish uchun tanlangan xorijiy tillardagi til birliklarini puxta oʻrganish lingvomadaniy tahlil jarayonida katta ahamiyatga egadir. Undan tashqari madaniyatlararo farqni idrok etish uchun asl matn tilidagi xalq mentaaletini ham tushunish va oʻrganish talab etiladi. Tarjima normalariga muvofiq tarzda leksik, grammatik, stilistik uslublarini oʻz oʻrnida qoʻllay olish tarjima sifatini yaxshilaydi. Hattoki rangni ifodalaydigan soʻzlarda ham har xil xalqning madaniy anʼanalari koʻzga tashlanadi, qizil rangni olib qaraydigan boʻlsak, AQSH da "havf" Fransiyada "aristokratizm" Hindistonda "hayot va ijod" Yaponiyafa "gʻazab" Xitoyda esa baxt timsolidir. Bundan shuni aytish mumkinki rang tushunchasi oʻzida ijtimoiy madaniylik bilan birga emotsional va hissiy omillarni oʻzidan aks ettiradi. Badiiy adabiyotda rang bilan bogʻliq iboralardan foydalanish muallif maqsadiga kiradi. Aksincha muallif ijodiy fikrlarining taʼsirchanligini oshirish uchun qoʻllaniladigan tildagi nozikliklarni oʻzida aks ettiradigan vosita hisoblanadi. Badiiy matnlarni tarjima qilishda tarjimonning vazifasi muallif maqsadini tarjima qiladigan tilda toʻlaligicha etkazib berishdir. Badiiy adabiyotda ranglardan qahramoni ismlarini atashda va uning xulq atvoridan kelib chiqib xolda ham keng foydalaniladi.
Kalit so'zlar: Lingvomadaniyat, aspekt, kognitiv, semiotick, aksiologik, transformatsiya, muloqot, madaniyat, normativ.
Abstract: The correct use of linguistic and cultural services in translation is one of the most pressing problems. We strive to explore the perspective of this trend in literary translation and how to correctly convey words and ideas about linguistic culture.
KIRISH Maʼlum bir xalq madaniyatining aynan shu xalq so’zlashadigan tilda aks etishini tushunamiz. Lingvomadaniyatda xalqning nafaqat bugungi kundagi turmush tarzi, balki asrlar davomida shakllanib kelgan milliy, tarixiy, diniy madaniyati aks etadi. Har bir tildagi folklor janrlar, maqollar, iboralar, shu tilda muloqot qiladigan xalqning asrab- avaylanadigan, eng ko’p o’rganiladigan muhim ahamiyatga ega bo’lgan xalq og’zaki merosi hisoblanadi. Bu sohaning vazifasi til orqali xalqning bugungi kungacha shakllangan madaniyatini o’zida aks ettira olishidir. Madaniyat lingvomadaniyatning asosi bo’lib xizmat qiladi. Madaniyatda eng avvalo shu olam va inson tushunchasi bir-biri bilan o’zaro chambarchas bog’liq holatda amalga oshadi. Jamiyatdagi har bir shaxs bolaligidan ona tilini xalqining madaniyati bilan birga o’ziga singdirib oladi. Xalq madinayatining barcha nozik tomonlari shu xalqning o’z tilida aksini topgan bo’ladi. Birgina iboralarning o’zini olib qaraydigan bo’lsak, unda butun xalq ruhi, ideologiyasi o’z aksini topgan bo’ladi.
Tarjimada lingvomadaniy aspektlardan to’g’ri foydalanish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Biz badiiy tarjimada bu yo’nalishning nuqtai nazarini va qanday qilib lingvomadaniyatga oid so’z va fikrlarni to’g’ri shaklda yetqizib berish masalalirini ko’rib chiqishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik. Muloqotga kirisha bilish ko’nikmasini shakllantirish. Bu prinsip tarjima bilan shug’ullanadigan kadrlarning turli madaniyatlararo muloqotlarda yuzaga keladigan holatlardagi real yondashuvga tayyorgarlik darajasini oshirish deganidir. Ya’ni har qanaqangi murakkab vaziyatda tarjima matnini qiyinchiliksiz to’g’ri yoritib berishni ta’minlash kerak. Birlashtira olish. Tarjimondan turli sohalardagi boy bilimga ega bo’lishini talab qiladi. Bir vaqtning o’zida ham professional axborot yetqazuvchi vazifasini, ham akademik ijtimoiy bilim egasi bo’lishini talab qiladigan prinsip. Tarqoq ma’lumotlardan foydalana olish. Bu prinsip tarjimondan tarjimaga qadar ega bo’lgan turli sohalardagi ma’lumotlaridan aynan tarjima asnosida foydalan olish qobiliyatini rivojlantirish ko’nikmasini nazarda tutadi. Tarjima sohasidagi mutaxasislarning lingvomadaniy bilimlarini puxta egallashlarini tarjima nazariyasi fanlari orqali shakllantirish kerak va bu bilimlaridan turli janrlardagi materiallarni tarjima qilish jarayonida amaliy foydalanishlarini to’g’ri yo’lga qo’yishni ustuvor yo’nalishga aylantirish kerak. Tarjima sohasidagi ishlarni amalga oshirish uchun tanlangan xorijiy tillardagi til birliklarini puxta o’rganish lingvomadaniy tahlil jarayonida katta ahamiyatga egadir. Undan tashqari madaniyatlararo farqni idrok qila olish uchun asl matn tilidagi xalq mentalitetini ham tushunish va o’rganish talab etiladi. Tarjima normalariga muvofiq tarzda leksik, grammatik, stilistik uslublarini o’z o’rnida qullay olish tarjima sifatini yaxshilaydi. MUHOKAMA VA NATIJALAR Badiiy tarjima bilan shug’ullanadigan tarjimondan nafaqat xorijiy tilni puxta egallashi, balki shu til tarixini, madaniyatini, xalqaro madaniy aloqalarga oid bilimlarni, psixologiya sohasini, xalqlar va dinlar tarixini bilishi ham talab etiladi. Tildan universal vosita va etnik madaniyat sifatida foydalanish mumkin. Lekin madaniyatni tilga oid birliklarda semantika shaklida ko’rsata olish uchun yuqorida sanalgan sohalarda yuqori bilimga ega bo’lish muhimdir. Shuning uchun xorijiy tilni puxta o’rganishda albatta shu tilni professional o’rganish fanlari bilan bir qatorda shu tilning metodikasini, madaniyatini, adabiyotini, mamlakatshunosligini, og’zaki va yozma tarjima nazariyasi va amaliyoti fanlarini ham qo’shib o’rgatishga jiddiy ahamiyat berish kerak. Natijada bo’lajak mutaxassis shu xorijiy tilni chet tilida yozilgan manbaalardan qabul qila oladigan va baholaydigan darajaga yetishi, tarixiy va madaniy merosga hurmat va e’tibor bilan yondashishi, ma’lumotlarni ijtimoiy va madaniy nuqtai nazaridan farqlay olishi, badiiy tarjimani amalga oshirishda mantiqiy ketma- ketliklardan foydalana olishni shakllantirishi, asl matndagi mohiyatni buzmasdan tarjimada to’g’ri ochib bera olishi professional darajaga ko’tariladi. Badiiy tarjimada lingvomadaniyat aspektlarining yanada chuqurroq va to’liqroq yoritilishida nimalarga e’tibor berishimiz kerakligini keeling ko’rib chiqamiz: 1. Transformatsion metodlardan foydalanish, ya’ni murakkab va qo’shma gaplarni oddiy sodda gaplarga aylantirib, tarjima orqali uzatish metodi. Bu metodga misol qilib grammatik transformatsiya (bu jarayonda so’zma- so’z tarjima xavfli hisoblanadi), sintaktik transformatsiya ( asl matnni ma’no va leksik jihatdan ma’nosi o’zgarmagan holda ekvivalent matnga o’girish), leksik transformatsiyalarni misol qilib keltirishimiz mumkin. 2. Matnni tarjimadan oldin tahlil qilish metodi. Matn tuzilishini, tarjima matnini yetqazib beruvchi auditoriyani, ma’lumot tarkibini, matn janrini, tarjima maqsadini tarjimani amalga oshirmasdan tahlil qila olish. 3. Atoqli otlar, geografik nomlar, millat nomlarining tarjimasini bilish 4. Ingliz tilidagi fe’llar nominalizatsiyasi va ularning shakllarinin tarjimasi 5. Siyosiy idiomalar tarjimasi 6. Antonimlar tarjimasidagi o’ziga xos xususiyatlar 7. Qisqartma so’zlar tarjimasi 8. Tarjimadagi siyosiy tuzatishlar tilga oid taktlardan foydalanish Tarjimada har qanaqangi janrda o’ziga xos murakkabliklar mavjud. Masalan oddiygina yumor va hazil-mutoyibani misol qilib olaylik. Yumor- butun insoniyatga xos bo’lgan milliylikdir. [1, 11) Madaniy aspekt yumorning asosi hisoblanadi. Chunki yumor uchun inson yashaydigan jamiyatning ta’siri juda kattadir. Har bir millatning o’z qadriyatlari, an’analari mavjud. Boshqa millatlardan farq qiladigan o’z fikrlash tarzi bor. Masalan o’zbek va ingliz yoki rus va ingliz tilidagi hazil- mutoyibalarni taqqoslash juda mushkuldir. Inglizlarga xos bo’lgan yumor juda o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ko’pchilik ingliz hazil- mutoyibasini hazm qila olmaydi. Shuning uchun tarjimon tarjima jrayoniga e’tibor bilan yondashuvi lozim. Tarjima qilingan matnni mutolaa qilayotgan o’quvchi ingliz madaniyatiga ilk marotaba duch kelayotgan bo’lsa ham qayerda kula olishi kerakligini to’g’ri topishi va aynan o’sha yerda mutoyibani his qila olishi tarjimon mahoratiga bog’liq. Tarjimon mahorati esa o’z navbatida ingliz madaniyati va hayot tarzidan qay darajada boxabarligiga bog’liqdir. Hazil- mutoyiba inson hayotining ajralmas qismi hisoblanadi. Kattalar uchun ham, bolalar uchun ham predmetlarni o’rganib, esda oson olib qolishga yordam beradi. Xorijiy tillarni o’rganishda esa o’rganilgan materiallarni esda oson olib qolish va o’zlashtirish uchun yaxshigina vosita hamdir. Undan tashqari odamlarning bir-biri bilan tez til topishishini va jamiyatga qisqa vaqt orasida singib ketishini ta’minlaydi. Yumor hissi bo’lmagan kishining jamiyatga qo’shilib ketishi juda murakkabdir. Masalan ingliz xalqi ob- havoga oid vaziyatlardan hazilda ko’p foydalanishadi. Lekin bu biz uchun tushunarsiz bo’lishi mumkin. Tasavvurimizga sig’dira olmasligimiz tabiiy albatta. Lekin palov- o’zbek xalqining ajralmas kundalik tansiq taomi hisoblanganidek ob-havoga oid hazil- mutoyiba ham inglizlar uchun kundalik hayotdagi kichkina bir jihatdir. Ingliz tilidagi yumorni tushunishga xalaqit beradigan ba’zi narsalardan biri bu- ingliz tilining o’zi hamdir. Ingliz tilidagi so’z o’yini asosida qurilgan hazil- mutoyibalarni tarjima qilish juda mushkul vazifa hisoblanadi. Bu holatda nafaqat ingliz tilini chuqur va nihoyatda puxta o’rganganligimiz, balki o’z ona tilimizdagi nozik qirralarni ham chuqur egallaganimiz va tarjima asnosida mohirona foydalana olishimiz kerak bo’ladi. Nafaqat tilga oid bilimlar, balki bizning ingliz xalqi madaniyati bilan yaxshigina tanishib chiqqanligimiz ham qo’l keladi. Shu xalq mentalitetini yaxshi bilsakkina tarjimada yumorni chiroyli uzata olishimiz mumkin bo’ladi. Hattoki rangni anglatadigan so’zlarda ham har bir xalqning madaniy an’analari ko’zfa tashlanadi. Qizil rangni olib qaraydigan bo’lsak, AQSHda xavf, Fransiyada aristokratizm, Hindistonda hayot va ijod, Yaponiyada g’azab, Xitoyda esa baxt timsolidir. Qiziq tarafi shundaki, ranglarning ramziy timsoli lingvomadaniy nuqtai nazardan bir necha ma’noni anglatishi ham mumkin. Masalan rus tilida sariq rangning ramziy ma’nosi bir tarafdan quyosh rangidan kelib chiqib, abadiylik timsoli bo’lsa, ikkinchi tomondan kasallikka ishoradir. Shunaqa holatlardan kelib chiqib qaraladigan bo’lsa rang tushunchasi o’zida ijtimoiy- madaniylik bilan birga emotsional va hissiy omillarni ham o’zida aks ettiradi. Bizga ma’lumki, ranglar sovuq va issiq va hattoki qaynoq ranglar guruhiga bo’linadi. Ranglar ko’rinishiga ko’ra ham ba’zi ramziy ma’nolarni anglatadi. Ingliz tilida ko’k rang alohida rang sifatida emas, qora rangning ochroq ko’rinishi hisoblanadi. Ingliz tilidagi “to be blue in face” va “to be black in face” rus tilida “побелетьотзлости”, o’zbek tilida “g’azabdan ko’karib ketish” iboralari orqali ifoda etiladi. Shubhasiz, ranglar har bir xalq madaniyatida histuyg’ularni ifodalash vositasi hisoblanadi va badiiy adabiyotda ma’no ta’sirchanligini oshirish maqsadida keng foydalaniladi. Bunday iboralardan foydalanish o’z navbatida o’quvchiga ham kerakli darajada emotsional ta’sir qila olish kuchiga egadir. “Ranglar ishtirokidagi iboralardan foydalanish muallif dunyoqarashidan kelib chiqib, badiiy adabiyotda o’sha xalq milliy madaniyati haqida tasavvur hosil bo’lishiga omil yaratadi” [2, 146]. Badiiy adabiyotda rang bilan bog’liq iboralardan foydalanish muallif maqsadiga kirmaydi. Aksincha, muallif ijodiy fikrlarining ta’sirchanligini oshirish ucun qo’llaniladigan, tildagi nozikliklarni o’zida aks ettiradigan vosita hisoblanadi. Badiiy matnlarni tarjima qilishda tarjimonning vazifasi muallif maqsadini tarjima qilinadigan tilda to’laligicha yetqazib berishdir. Badiiy adabiyotda ranglardan qahramon ismlarini atashda ham keng foydalaniladi. Qahramon xulqatvoriga qarab ranglardan foydalanib, ismlar beriladi. Amerikalik yozuvchi, Joef Xellerning “Catch 22” asarida kapitan Blek (Captain Black) bor. Bu asarning rus tilidagi tarjimasida ( tarjimon A. Kistyakovskiy) tarjimon ingliz tilidagi qora rangning tund, yovuz, badbashara, xunuk ma’nolaridan kelib chiqqan holda asardagi salbiy tomonlarni o’zida mujassam etgan bu personajni КапитанГнус deb ataydi. Гнус rus tilida asl matndagi ma’nolarni ortig’i bilan ochib bera oladi. Asl matndagi Black ismi tarjimada shu holicha olinganda, rusiyzabon o’quvchi uchun shunchaki personaj xarakterini ifodalovchi va hech qanaqangi ma’noga ega bo’lmagan atoqli ot hisoblangan bo’lardi. Ingliz tilidagi bo’yoqdorlik rus tilida o’z ahamiyatini yo’qotgan bo’lardi. Vaholanki muallif bunday ismlardan aynan qo’shimcha ma’lumot berish va emotsional bo’yoqdorlikni kuchaytirish maqsadida foydalanadi. Shuning uchun ham ranglardan foydalanib tanlangan atoqli otlar tarjimasi tarjimon amalga noshirishi kerak bo’lgan jiddiy masala hisoblanadi. Roulingning “Garri Potter va maxviy xujra” romanida qahramonlardan birining ko’ylagi tasvirlanganda kiyim rangini ifodalash uchun, “salmon- pink” so’z birikmasidan foydalangan. Asl matn va uning tarjima variantlaridan birini ko’ramiz[3,7]: She was already wearing a salmon-pink cocktail dress.[3,7] На ней уже была вечернее платье цвета лосося.[3,7] Rus tilida so’zma- so’z tarjima qilinganda juda qo’pol va nomutanosib ibora hosil bo’lgan bo’lardi. Chunki ikkala tilda ham aynan shunaqa rang mavjud emas. Shuning uchun rangni bildiradigan bir ibora tarjimada grammatik jihatdan boshqa bir gap bo’lagiga aylanib ketadi. XULOSA VA TAKLIFLAR Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, lingvomadaniyatning o’rni badiiy tarjimada beqiyosdir. Umuman olganda lingvomadaniyatga oid bilim va ko’nikmalarsiz tarjimon natijaga erisha olmaydi. Bu tabiiy. Lekin biz e’tibor qaratishimiz kerak bo’lgan asosiy narsa bu- malakali mutaxassis- tarjimonlarni Oriental Renaissance: innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 1 ISSN 2181-1784 182 w 2021 February www.oriens.uz tayyorlashdir. Chunki madaniyat tushunchasi jamiyat rivojlanib borgan sari, o’zgarib boraveradi. Demakki lingvomadaniyat tushunchasi ham yangilanib boraveradi. Bu o’z o’rnida boshqa sohalar kabi badiiy adabiyotga ta’sir qiladi. Badiiy adabiyot borki, albatta uni tarjima qilishga talab va ehtiyoj bo’ladi. Shunday ekan tarjima maktablarimizni kelajakda munosib o’rnini topishini ta’minlashimiz uchun tarjimonlarni qo’llab- quvvatlashimiz, ham nazariy, ham amaliy bilimlarni puxta egallashlariga shart- sharoitlarni yaratib berishimiz kerak. Shu o’rinda buyuk alloma, faylasuf va shoir bobokalonimiz Navoiy hazratlarining ijodlaridan mavzumizga oid bo’lgan so’z haqidagi to’rt misrani so’ngso’z o’rnida keltirib o’tishni ma’qul deb bildik. So‘zdurki, nishon berur o‘likka jondin So‘zdurki, berur jonga xabar jonondin Insonni so‘z ayladi judo hayvondin, Bilkim, guhari sharifroq yo‘q ondin.
Yüklə 17,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə