Pedagogning kasbiy kompetensiyalari halollik va kasbga sadoqat



Yüklə 177 Kb.
səhifə1/10
tarix27.05.2023
ölçüsü177 Kb.
#113569
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Pedagogning kasbiy kompetensiyalari halollik va kasbga sadoqat

Pedagogning kasbiy kompetensiyalari halollik va kasbga sadoqat

Reja:

1.Pedagogning kasbiy mahorati.


2.Pedagogning ta’lim muassasasidagi o‘rni
3.Pedagogning kompetensiyasi turlari
Pedagogning kasbiy mahorati.
Ma’lumki, psixologning kasbiy mahorati pedagogik mahorati bilan o‘zaro bog‘liq tushunchadir. Shuning uchun, biz avvolom bor-ki, pedagogik mahorati o‘zi nimaligini izohlab berishimizning kerakligini topdik.
Mahorat (“mahorat” – mohirlik, ustalik, epchillik) – bir ish yoki faoliyatni yuksak darajada, hech bir qiyinchiliksiz, o‘ta mohirlik bilan bajarish.
Pedagogik mahorat – pedagogning pedagogik jarayonni tashkiliy, metodik, ruhiy va subyektiv jihatdan o‘ta mohirlik, ustalik bilan tashkil etish hamda boshqarish qobiliyati va malakasiga egaligi.
Pedagogik mahorat - bu pedagog – tarbiyachining kasbiy faoliyati, mohirligini o‘rganuvchi va uni takomillashtirish to‘g‘risida ma’lumotlar beruvchi fan hisoblanadi. Pedagogik mahoratning mohiyat - mazmunini, kasb malakalarini shakllantirish va rivojlantirishning yo‘llari, vositalari, shakllari tashkil etadi. Chunonchi, pedagogik mahorat mazmunidan pedagog – tarbiyachiga pedagogik ijodi, pedagogik texnikasi, ta’lim – tarbiya jarayonini tashkil etish qobiliyati pedagog – bola hamkorligi, muomalasi, kasb madaniyati, tafakkuri, tarbiyachining ma’naviy – ma’rifiy tarbiya ishlarini tashkil etish madaniyati va uni amalga oshirishi va bu jarayonda o‘z xulq – atvorini, hissiyotini tartibga solish va rivojlantirish kabi masalalar o‘rin olgan. Shuningdek, mazkur fan tarkibida mazmunidan kasbga doir topshiriq va vazifalarni yechish uchun o‘quv – tarbiya jarayonini boshqarish hamda unga rahbarlik qilish, pedagogik – psixologik ta’limot nuqtai – nazaridan yondoshish, ta’lim – tarbiyani modellashtirish, o‘quv – tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish to‘g‘risidagi ma’lumotlar va ularni takomillashtiruvchi ish tizimlari mujassamlashgan.
Shunday qilib, pedagogik mahorat egasi bo‘lish uchun pedagog o‘z o‘quv predmetini davr talablari asosida bilishi, pedagogika, psixologiya, metodika fanlarini mukammal o‘zlashtirishi hamda insoniylik, mehnatsevarlik va fidoyilik kabi ma’naviy – axloqiy fazilatlarni o‘zida tarkib toptirishi lozim.
Shuni alohida qayd qilib o‘tmoq zarurki, psixolog kasbi murakkab va ma’suliyatli kasbdir. Ushbu kasbning sharafliligi va murakkabligi shu bilan belgilanadiki, u doimo ongning yagona sohibi bo‘lgan inson bilan muloqotda bo‘ladi. Ongli va tirik jonzot esa aqliy, ruhiy, hamda jismoniy jihatdan doimo rivojlanishda bo‘ladi. Shuning uchun, psixolog bilan doimo muloqotda bo‘lganda, unga ta’sir ko‘rsatish uchun muntazam ravishda psixologiya, tarbiya nazariyasi kabi fanlarni mukammal o‘rganib, o‘z kasbiy mahorati ustida muttasil ish olib borishi kerak. Bu psixologdan pedagogik – psixologik va metodik tayyorgarlikni ta’minlaydi.

Yüklə 177 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə