«jannatga yo‘L» abdulla oripov (1941 yilda tug'ilgan)



Yüklə 27,71 Kb.
səhifə1/4
tarix24.05.2023
ölçüsü27,71 Kb.
#112686
  1   2   3   4
«Jannatga yo‘l»




«JANNATGA YO‘L»
ABDULLA ORIPOV
(1941 yilda tug'ilgan)




O’zbekiston xalq shoiri, O’zbekiston qahramoni Abdulla Oripov 1941 yil 21 mart kuni Qashqadaryo viloyati Koson tumani Neko‘z qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi Orif bobo oddiy dehqon bo‘lib, to‘rt qiz va to‘rt o‘g‘ilning ta’lim-tarbiyasiga katta e’tibor bergan. Abdullaning bolaligi Qo‘ng‘irtov etaklarida o‘tadi. 17 yoshida o‘rta maktabni oltin medal bilan tugatib, 1958 yilda ToshDU filologiya fakultetining jurnalistika bo‘limiga o‘qishga kiradi. Abdulla Oripovning «Mitti yulduz» deb atalgan birinchi shs’riy to‘plami 1965 yilda nashr etilgan. Shoir nashriyotlarda, teatrda, Toshkent Madaniyat institutida, Respublika yozuvchilar uyushmasida faoliyat ko‘rsatadi. Tarjimonlik bilan shug‘ullanadi. Abdulla Oripov italyan shoiri Dante Aligerining «Ilohiy komediya» («Do‘zax» qismini) o‘zbek tiliga mohirlik bilan o‘girgan, bu asar ta’sirida «Jannatga yo‘l» (1978) dramatik dostonini yarattan (Fitratning «Qiyomat» (1923 yil) nomli asari ham shu dramaga yaqin turadi). Shoir asarlari el va yurt tomonidan munosib taqtsirlanmoqda. 
U Hamza nomidagi Davlat mukofotiga va «Munojot» to‘plami uchun Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Shoir o‘z tarjimai holida shunday yozadi: «Men uchun eng katta siylov kamtarin ijodimga xalqimning muhabbatidir. Biroq shuniham aytib o‘tishim joizki, 1981 yilda «Hakim va Ajal» dostonim uchun O’zbekiston Davlat mukofotiga hamda 1990 yili O’zbekiston xalq shoiri unvoniga sazovor bo‘ldim. Rejalarim, albatta ko‘p».

Abdulla Oripov hozirgi paytda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga rahbarlik qilmoqda. Abdulla Qahhor «yozuvchilikka cho‘g‘day yonib kirgan» deya, balqar shoiri Qaysin Quliev «uning paydo bo‘lishi she’riyatimizda bayramdir» - deya Abdulla Oripovga yuksak baho berishgan.

Kitoblari va she’rlari: «O’zbekiston», «Men nechun sevaman O’zbekistonni», «Bolalik yillarim», «Umr duch qilarkan», «Sendan yiroqda», «Hali oldindadir go‘zal kunlarim», «Shovulladi tun bo‘yi shamol», «Onajon», «Ruhim», «Hiyrat», «Yuzma - yuz» (1964), «Hakim va ajal» (1980, doston Abu Ali Ibn Sinoga bag‘ishlangan), «Ranjkom» (1988, dostonda sho‘ro tuzumi «Bu tuzumning yarim umri lof bilan o‘tgan, Fuqaro ham usuliga ko‘nikmish g‘oyat..» dsb keskin fosh etilgan), «Ishonch ko‘priklari» (to‘plam), «Munojot», «Temir odam», «Saraton» (1969), «Javob», «Sohibqiron», «Haj daftari» (1992, to‘plam), «Xusumat», «Tilla baliqcha», «Dorboz» (Unda dorboz ramziy obraz bo‘lib, u kiprikdagi yoshga, arqon qilich damiga o‘xshatilgan), «Birinchi muhabbatim» (Bunda har bir band mustaqil, o‘ziga xos qofiyalangan), «Ona sayyora», «Kuz xayollari» («Uning qo‘shig‘ida, uning ohida Sezaman odamzod qalbin gohida» yoki «Bir hikmat o‘qiyman xazonlardan men: «Yashagin-u biroq yaproq bo‘lma sen»» misralari shu she’rdan olingan), «Avlodlarga maktub», «Hikmat sadolari» (40 hadis asosida yozilgan to‘plam), «Ayol», «Bahor», «O’ylarim», «Ilg‘or ishchi va chaqqon muxbir qissasi» (1968, unda sho‘ro jamiyatida xo‘jako‘rsin uchun qilinuvchi shov-shuvlar va ko‘zbo‘yamachilik tanqid qilingan, asar salkam 20 yil o‘tgandan so‘ng bosilib chiqqan), «Genetika» («Tashna yashadik biz mehrga mutloq, Ishqqa, muhabbatga tashna o‘tdik biz, Goh esa quyoshdek porloq va yiroq, Haqqa, Haqiqatga tashna o‘tdik biz» misralarida lirik qahramon tashna bo‘lgan bu Haqiqat istiqlolga erishish, o‘z vatanining egasi bo‘lish orzusi va bu orzuni hayiqmay, qo‘rqmay, ochiq ayta olish istagi edi), «Qo‘riqxona», «Yillar armoni» (1984), «Najot qal’asi», «Yurtim shamoli» (1969), «Malomat toshlari»(1976), «Sarob», «Bedorlik» (1999), «Shoir yuragi» (2003), «O’zbekiston bayrog‘i», «Tanlangan asarlar» (2000-2001) va boshq.



Yüklə 27,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə