«jannatga yo‘L» abdulla oripov (1941 yilda tug'ilgan)


Abdulla Oripov she’rlari haqida



Yüklə 27,71 Kb.
səhifə2/4
tarix24.05.2023
ölçüsü27,71 Kb.
#112686
1   2   3   4
«Jannatga yo‘l»

Abdulla Oripov she’rlari haqida


60-yillarda Abdulla Oripov «Men nechun sevaman O’zbekistonni», «O’zbekiston» kabi she’rlarida ona - Vatan va fidoiy vatanparvar obrazining ajoyib namunalarnni yaratdi. 60-yillarning o‘rtalarida yozilgan «Tilli baliqcha» she’ri adolatga, insoniy barkamollikka chorlovchi asardir. Shoir bu she’rga allegorik ko‘p manolik va ko‘chma ma’nolikni singdirishga muvaffaq bo‘ladi. She’rdagi «loyqa hovuz», she’r yozilgan davrdagi jamiyat, tuxumdan chiqqan «tilla baliqcha» esa bu jamiyatda voyaga yetayotgan yangi inson, yangi avlod, o‘sha yemish sifatida berilayotgan «tashlandiq ushoq»lar esa fuqarolarning g‘oyaviy ozig‘i bo‘lmish firqaviy va sho‘raviy mafkura edi. Tilimizga davlat tili maqomi berilmasdan 15 yil avval «Ming yildirkim...» she’rida 
«Sen yo‘qolgan kuning shubhasiz, 
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman», 



deb ona tilimiz taqdiri muammosini ko‘tarib chiqdi. Shoir «Onajon» she’ri bilan o‘zbek adabiyotida muqaddas ona sharafiga abadiy haykal qo‘ydi. Abdulla Oripovning «Xayr endi», «Muhabbat», «Birinchi muhabbatim» singari she’rlari XX asr o‘zbek she’riyatining muhabbat lirikasi tarixidagi sara asarlar qatorida turadi. 80-yillarning ikkinchi yarmida o‘zbek xalqiga markazdan turib sobiq SSSR miqyosida «paxta masalasi», «o‘zbeklar ishi» qabilidagi jiddiy ig‘volar, tuhmatlar uyushtirildi. Hatto, bir mayizni qirqqa bo‘lib yeyishdek bag‘ri kenglikni, o‘zi yemay do‘stiga tutishdek mehmonparvarlikni uyalmay-netmay poraxo‘rlik deb atagan kimsalar bo‘ldi. Abdulla Oripov o‘zining «Javob» nomli she’rida: 

«Muruvvat neligin bilmas mehmonim, 
Ko‘zi och, yeb to‘ymas, beqo‘nim gadoy, 
Pora bo‘libdimi bir burda nonim
Pora bo‘libdimi bir piyola choy?» 

deb yuqoridagi kabi qalbi qattol kimsalarni qattiq fosh etdi. Mustaqillikka erishilgandan so‘ng shoir «Fojia» she’rida 



«Olamda fojia ko‘p erur biroq, 
Bunisin alami haddan ziyoda. 
Oh, nechog‘ dahshatdir tirik turgan choq
Umring oyoq osti bo‘lsa dunyoda» 

deb yozdi. Uning «Yuzma - yuz» she’rida o‘zi nishirib, taomidan benasib bo‘lgan, birovlarni kiygazib, o‘zi kiymagan, yulduzlarni kashf etganiga qaramay, o‘zgalar tomonidan avom degan nom olgan xalqning murakkab va ziddiyatli tarixi, taqdiri aks ettirilgan. Quyidagi misralarda A. Oripov o‘zbek adabiyotining dahosi Navoiyni nazarda tuttan:



«Besh asrkim, nazmiy saroyni
Titratadi zanjirband bir sher». 


Yüklə 27,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə