Pedagogning kasbiy kompetensiyalari halollik va kasbga sadoqat


Mamlakatlar misolida: Fransiya



Yüklə 177 Kb.
səhifə9/10
tarix27.05.2023
ölçüsü177 Kb.
#113569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Pedagogning kasbiy kompetensiyalari halollik va kasbga sadoqat

Mamlakatlar misolida: Fransiya
Pedagogga qo‘yiladigan standart, malakaviy va kompetensiyaviy talablarida shaxsiy sifatlar va kommunikatsiya ko‘nikmalariga alohida ahamiyat beriladi. (Les métiers.net, Institut Universitaire de Formation des Maîtres du Nord-Pas de Calais, Office National d'Information sur les Enseignements et les Professions, Université François Rabelais Tours 2012).
Fransiyada pedagogning asosiy kompetensiyalari

  • Pedagogik kompetensiya

  • Muloqot ko‘nikmalari

  • O‘zini tuta bilishi, o‘ziga ishonch

  • Obro‘-e’tibor, hurmat

  • Moslashuvchanlik, ochiqlik Sog‘lik

  • Tashabbus, shijoat, sabr

O‘rta ma’lumotli pedagoglar 3 yillik bakalavr darajasini va yana 2 yillik magistr darajasini olish uchun o‘qiydi. Keyingi 10 yilda mazkur yo‘nalishda ayrim islohotlar amalga oshirildi. 2008 yildan boshlab davlat barcha pedagoglar uchun magistr darajasiga ega bo‘lishni shart qilib qo‘ydi. 2013 yildan boshlab pedagoglar uchun magistrlik kurslarini Ecoles Supérieures du Professorat et de l’Education (ESPE) taklif qila boshladi va keyinchalik esa ushbu sohada Instituts Universitaires de Formation des Maîtres (IUFM)ning o‘rnini muntazam ravishda egalladi. ESPEda bolalar Métiers de l’Enseignement, de l’Education et de la Formation (MEEF) deb nomlangan magistrlik dasturlariga jalb etiladi. ESPEda o‘qish davomida, bolalar (tinglovchilar) o‘z sohasi bo‘yicha o‘z universitetlarida tahsil olishni davom ettiraveradilar. Magistrlik asturining birinchi yilini tugatganlaridan keyin bolalar pedagog sertifikatini tanlov asosida olish uchun Concours du Certificat d’Aptitude au Professorat de l’Enseignement du second degré (CAPES) tanlovida ishtirok etadilar.
Fransiyada pedagoglarning boshlang‘ich ma’lumot olish tizimi
Umumiy o‘rta ta’limning to‘laqonli pedagogsi
MEEFda magistrlik ta’limning ikkinchi yili
CAPES
MEEFda magistrlik ta’limning birinchi yili
Bakalavr, 3 yil
ESPEni tashkil qilishning asosiy sabablaridan biri ta’lim sohasi xodimlari o‘rtasida umumiy ta’lim madaniyatni shakllantiruvchi, asosiy o‘quv rejasiga ega bo‘lgan magistrlik dasturlarining yaratilishidir. Pedagoglarni turli fanlardan asosiy o‘quv rejasiga ko‘ra tayѐrlash pedagoglarning turli guruhlariga ta’lim tizimining barcha darajalari bo‘yicha taklif etiladi.
Asosiy o‘quv rejasi quyidagi sohalarni qamrab oladi (Ministère de l’Education Nationale, de l’Enseignement Supérieur et de la Recherche 2013):

  • Ta’lim falsafasi

  • Fransuz maktab ta’lim tizimi va Fransiya Respublikasining tarixi

  • Sekulyarizm (maktabni cherkovdan ajrab chiqishi)

  • Kamsitishning har qanday shakliga qarshi kurash

  • Ta’lim jaraѐni

  • Bolalar psixologiyasi

  • Fuqarolik huquqi

  • Pedagogikaning asosiy yo‘nalishlari

  • Ta’lim berish, o‘qitish va baholashga ѐndashuvlar

  • Jamiyatshunoslik

  • Turli hil boshqaruv

  • Biror muammo va masalalar bo‘yicha kasbiy ѐrdam berish

  • Tarbiyasi og‘ir bolalar

  • O‘qishni tashlab ketganlar bilan ishlash

  • Inklyuziv ta’lim, alohida ehtiѐji bor bolalar bilan ishlash

  • Maktablarni tashkil etish va ularning ta’sis hujjatlari

  • Kasb mahoratiga oid komunikatsiya jihatlari (verbal, noverbal)

  • Gender hilma-hilliklar bilan ishlash

  • Kasbiy axloq normalari (kasb etikasi)

  • Hamkorlikda ishlash usullari

Tanlovdan o‘tgan bolalar, muvaffaqiyatli tarzda to‘liq ish stavkasi va sinov muddati bilan davlat xizmatchisiga aylanadi. Magistrlik darajasini tugatganidan keyin, pedagog to‘la qonli davlat ishchisi hisoblanadi va tegishli pedagoglik lavozimiga ega bo‘ladi.
Kasbga yo‘naltirilgan maxsus fanlarga ixtisoslashgan maktablarning pedagoglari o‘z fanlari bo‘yicha o‘qishlari va Concours du Certificat d'Aptitude au Professorat de Lycée Professionnel (CAPLP)ga topshirishlari kerak bo‘ladi.

Yüklə 177 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə