7-mavzu: Pedagogik texnika haqida tushuncha. Pedagogik texnikani shakllantirish metodikasi. Nutq texnikasi va madaniyati



Yüklə 96,91 Kb.
səhifə1/13
tarix21.10.2023
ölçüsü96,91 Kb.
#130342
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
7.Pedagogik texnika haqida tushuncha. Pedagogik texnikani shakllantirish metodikasi.


7-mavzu: Pedagogik texnika haqida tushuncha. Pedagogik texnikani shakllantirish metodikasi. Nutq texnikasi va madaniyati


Darsning ta’limiy maqsadi: Talabalarga pedagogik texnika haqida, uning tarkibiy qismlari haqida nazariy ma’umot berish
Darsning tarbiyaviy maqsadi:Tarbiyachi muomalasi, adabiylashning asosiy sifatlari, muomala madaniyati, tashki qiyofa, xushmuomala, shirin sO‘z bo‘lish, mehnatga nisbatan intizomli bo‘lish, hamjihatli bo‘lish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O‘qituvchining tarbiyachi sifatidagi mahoratining metod va vositalaridan foydalangan holda, ularni amaliyotda qo‘llashni o‘rgatish; o‘qituvchining mahorati ko‘nikmalarini rivojlantirish


Kalit so’zlar.Pedagogik texnika, tashqi qiyofa, hissiyot, mimika, pantomimika, texnologiya, asab tizimi, gapirish texnikasi, talaffuz, nafas olish, tovush maromi.


Asosiy savollar:
1.Pedagogik texnika haqida tushuncha.
2.O’qituvchining tashqi qiyofasi va hissiyotini boshqarishi.
3.Gapirish texnikasi.
4.Pedagogik texnikani egallash yo’llari.

Pedagogik texnika ikki asosiy guruhga ajratiladi. Har ikkala guruhga doir ko’nikmalarni bir-biri bilan taqqoslang. Ular o’rtasidagi bog’liqlikni va farqni ajratib ko’rsating.Pedagogik texnika o’qituvchi faoliyatining ichki mohiyati bilan tashqi ko’rinishini birlashtiruvchi vositadir.


Boshqacha qilib aytganda, o’quvchi bilan muloqotda bo’lishning usullari va vositalarining yig’indisidir. Bular o’qituvchiga murakkab va nozik pedagogik vazifalarni hal qilish imkonini beradi.
Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlarini 2 guruhga bo’lish mumkin:
1-guruhga pedagogning o’z xulqini boshqarishi kiradi. Unga tanani boshqarish (mimika va pantomimika), hissiyot va kayfiyatni boshqarish (asabiylashmaslik, yaxshi kayfiyat hosil qilish), ijtimoiy-ruhiy qobiliyatlar (dikkat, kuzatuvchanlik, xayol), gapirish texnikasi (nafas olish, ovozni yoqimli qilish, talaffuz, tovush (tempi) tezligi) misol bo’ladi.
2-guruhga ayrim shaxs va jamoaga ta’sir etish uquvi kiradi. Ta’lim-tarbiya jarayonining texnologiyasi vazifasini bajaradi. Bunda didaktik va tarbiyaviy, tashkiliy va konstruktiv, talabchanlik va muloqotga kirishish madaniyati, jamoa ijodiy ishlarini tashkil qilish va boshqalarga e’tibor qaratiladi.Pedagogik texnika shakllanishi shaxsning unchalik payqab bo’lmas sifatlariga ham rivojlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Chunonchi, nutqning ifodali, savodli, sof bo’lishi ustida ishlash fikrlashning ravon bo’lishiga ta’sir qiladi. Psixik faoliyatni mustaqil tartibga solish usullarini egallash fe’l-atvorda bo’lgan hissiy vazminlikning rivojlanishiga olib keladi.





Yüklə 96,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə