7-mavzu: Pedagogik texnika haqida tushuncha. Pedagogik texnikani shakllantirish metodikasi. Nutq texnikasi va madaniyati



Yüklə 96,91 Kb.
səhifə8/13
tarix21.10.2023
ölçüsü96,91 Kb.
#130342
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
7.Pedagogik texnika haqida tushuncha. Pedagogik texnikani shakllantirish metodikasi.

Til va nutq. Nutq madaniyati – til normalarini egallamoq, talaffuz, urg’u, so’z ishlatish, gap tuzish qonuniyatlarini chuqur bilmoqdir. SHuningdek, tilning tasviriy vositalari har xil sharoitlarga mos, maqsadga muvofiq bo’lishi kerak. Nutqda til – fikr almashish quroli, o’qituvchi qalbining oyinasi, o’qituvchining dars berish uslubini, pedagogik mahoratini to’liq namoyon qiluvchi vositadir. Nutqda – tildagi rang-barang vositalar o’z ifodasini topsa, bunday nutq – boy nutqdir.
Til va nutq azaldan bir-biri bilan chambarchas bog’langan vositalardir. Nutq qaysi tilda aytilmasin, o’sha millat tilining qonun-qoidalari asosida ro’yobga chiqadi. Biroq ular bir-biridan farqlanadi.
Til nutq uchun moddiy material. SHu material asosida nutq tashkil topadi.
Nutq – tildagi mavjud ifoda vositalaridan foydalangan holda reallikka aylangan fikr bo’lib ikki xilda namoyon bo’ladi: ichki nutq; tashqi nutq.
O’qituvchi ongida hosil bo’ladigan, hali amalga oshmagan til elementlaridan tashkil topgan, kishining og’iz ochmasdan fikrlashi, mulohaza yuritishi, o’ylashi ichki nutqdir.
O’qituvchi mulohazasi va fikrining til vositasida nutq organlariga ta’siri va harakati bilan real tovushlar sifatida yuzaga keladigan nutq – tashqi nutq bo’lib, u ijtimoiy hodisadir.
O’qituvchi nutqiy faoliyati: so’zlash, mutolaa va eshitishdan iborat.
Til hodisasi fonemalar tizimida, morfemalarda, sinonimiya, omonimiyalarda, mavjud grammatik qoidalarda, murakkab terminlar va frazeologik iboralarda namoyon bo’ladi.
Til va nutq quyidagicha qiyoslanadi:
1.Til aloqa materiali, nutq aloqa shaklidir.
2.Tilni xalq yaratadi, nutqni esa har bir shaxs yaratadi.
3.Tilning hayoti uzoq xalq hayoti bilan bog’liqdir; nutqning hayoti esa qisqa bo’lib, u aytilgan paytdagina mavjuddir.
4.Ayrim shaxsning ayni zamonda bir nechta tili bilishi mumkin, chunki u vaqt va o’rin bilan bevosita bog’lanmagan. Ayrim shaxsning nutqi ayni zamonda faqat bitta bo’ladi, chunki u ma’lum vaqtda va ma’lum o’rinda yuz beradi.
5.Tilning hajmi noaniqdir; nutqning hajmi esa aniq: nutq monolog, dialog, polilog, deklamatsiya hamda ayrim tekst va kitob shaklida bo’lishi mumkin. Nutq maxsus belgilangan tartibda o’zining hajmi bilan notiqqa havola etiladi.
6.Til – turg’un statik hodisa, nutq esa harakatda bo’luvchi, dinamik hodisadir.
Til xatosida so’zning ma’nosi keskin buzilishi mumkin (Masalan: sof-sop, tif-tip, fan-pan, dil-til, nufuz-nufus, servis-serviz, xo’p-xo’b).
Nutq xatosidagi buzilishlar ko’pincha faqat akustik tomondan o’zgaradi (fikr-pikr, fabrika-pabrika, safar-sapar kabilar).
Til va nutq hodisalarining qonun-qoidalarini mukammal bilish, uning qoidalariga doimo rioya qilish, ob’ektiv sharoitda tinimsiz mashg’ulotlar olib borish – o’qituvchining til sofligi, nutq madaniyati va odobi masalalariga oqilona yondashishiga olib keladi.
10. 4. O’qituvchining nutq madaniyati va notiqlik san’ati .
Nutq madaniyati ─ ijtimoiy madaniyatni, kishilik jamiyati madaniyatini aks ettiruvchi bir ko’zgudir. Nutq madaniyati adabiy tilning har ikki shakli ─ yozma va og’zaki shakli uchun zarurdir. Nutq madaniyatiga e’tibor yolg’iz o’qituvchidan emas, balki har bir fuqarodan ongli ravishda o’zlashtirish talab qilinadigan insoniy fazilatlardan biridir. Uni egallash har bir o’qituvchining va shaxsning madaniy saviyasi va bilimiga bog’liq. O’qituvchi pedagogik mahoratida nutq madaniyati, uning nafaqat ma’naviy va axloqiy jihatdan boyligini, balki bilimini, tafakkurini, ilmiy dunyoqarashini, fikr va mushohada yuritishini belgilovchi me’yordir. O’qituvchining nutq madaniyati birdaniga shakllanib maromiga yetadigan jarayon emas, u pedagogik mahorat bilan, kasb faoliyati davomida, tajribali ustozlar o’giti natijasida yillar davomida takomillashib boradi. O’qituvchining nutqiy qobiliyati madaniy, kasbiy, pedagogik talablar asosida shakllanib boradi. Uni rivojlantirish faqat o’qituvchining shijoatiga bog’liq. SHu qobiliyat tufayli o’qituvchining nutq madaniyati ham shakllanib boradi. Quyidagi nutq madaniyatiga xos bo’lgan vositalarni o’qituvchi unutmasligi kerak:
1. Nutq madaniyati o’qituvchining ma’naviy-axloqiy kamoloti tarkibiy qismidir. Zero nutq, millatimiz erishgan madaniyat darajasini ko’rsatuvchi, o’z ona tilimizga e’tiqodni namoyish etuvchi yorqin va ishonchli dalildir.
2. Nutq madaniyati o’qituvchining ma’naviy va madaniy saviyasi bilan, hamda adabiy tilni mukammal bilishi bilan boshqa kasb egalaridan ma’lum ma’noda ajratib turadi.
3. Nutq madaniyatining pirovard maqsadi erkin fikr egasi bo’lgan barkamol avlodni qanday kasb egasi bo’lib yetishishidan qat’iy nazar adabiy jihatdan tarbiyalash ekanligini unutmaslik kerak.
4. Nutq madaniyati ─ bu avvalo, o’qituvchida nutqiy ko’nikma va nutqiy malakalarni hosil qiladi. Bu ko’nikma pedagogik faoliyatda takomillashib boradi, maxsus mehnat va mashqlar evaziga malaka oshiriladi hamda erishilgan muvaffaqiyatlar tufayli qobiliyat va mahorat shakllanadi.
5. Nutq madaniyatiga o’zbek adabiy tilini mukammal egallash asosida erishiladi. Buning uchun o’qituvchi adabiy til qonuniyatlarini bilishi, badiiy adabiyot asarlarini doimiy o’qib borishi, she’rlar yod olishi va uni deklamatsiya bilan o’qiy olishi, radio va televidenie eshittirishlarini kuzatib borishi lozim.
6. Nutq madaniyatini egallashning yana bir ko’rinishi nutqiy taqlid bo’lib, o’qituvchi o’zidan yaxshiroq, chiroyliroq, ma’noli va ta’sirchan nutq so’zlaydigan ustoz murabbiylarning nutqiy san’atiga havas bilan qarashi va taqlid qilishi asosida o’rganishi mumkin.
Nutq madaniyatining va notiqlik san’atiga umumiy, o’xshash tomonlari bor. Har ikkala soha til va nutq, inson nutqi bilan aloqadordir. Har ikkalasi o’qituvchi nutqiy faoliyatining ta’sirchan, chiroyli bo’lishi uchun zarur hodisa bo’lib, uning nutqiy madaniyatini o’stirishga xizmat qiladi. Nutq madaniyati ham, notiqlik san’ati ham nutqning ma’noliligi, nutqiy go’zallik, nutqiy mantiq qonuniyatlaridan oziqlanadi.
Ba’zi shaxslarda uchraydigan notiqlik san’ati og’zaki nutq sohasida shaxsiy qobiliyat va faoliyat tufayli erishiluvchi alohida san’atdir.
Nutq madaniyati va notiqlik tushunchalari orasida ba’zi o’xshashlik, umumiy tomonlar bor. Bu har ikkala sohaning pirovard maqsadi, ish faoliyatining mushtarakligida ko’rinadi. Ammo shunga qaramasdan, nutq madaniyati tushunchasi bilan notiqlik tushunchasi aynan bir xil narsa emas. O’qituvchi nutq madaniyati va notiqlik orasidagi ba’zi muhim farqli tomonlarni va belgilarni bilishi lozim. Bular quyidagilar:
1. Nutq madaniyati, chinakam ma’noda adabiy til bilan bog’liq hodisadir. Uning paydo bo’lishi, lisoniy asosi, talab va mezonlari adabiy til va uning normalari bilan bog’liq. Notiqlik san’ati uchun bular asosiy belgilar emas. Notiqlar orasida adabiy til talablariga to’la amal qilmaydiganlar, ma’lum vaqtgacha, shevada ham chinakam notiqlik san’atini namoyish qilib kishilar qalbiga ta’sir qiluvchilar uchraydi. So’zga chechanlik, notiqlik, til materialining xarakteriga qarab emas, notiqning chinakam so’z ustasi ekanligiga, tinglovchilarni o’ziga jalb etishida, ta’sirchan nutqiy san’atiga qarab belgilanadi.
2. Notiqlik – bu nutqning og’zaki shakli. Notiqlik san’ati og’zaki nutq san’atidir. Nutq madaniyati esa nutqning ham og’zaki, ham yozma shakli uchun taalluqli bo’lgan tushunchalardir.
3. Nutq madaniyati jamiyat a’zolarining umumiy nutqiy faoliyatini nazarda tutadi. Nutq madaniyati sohasining maqsadi va pirovard orzusi yosh avlod nutqini madaniylashtirishni mo’ljallaydi. CHin ma’nodagi notiqlik san’ati esa, alohida shaxslarning nutqiy mahoratini va san’atini ifodalaydi. Notiqlik, asosan nutq vositasida o’qituvchilar jamiyat talablari asosida yosh avlodga muayyan ta’lim va tarbiya beradi, yuqori malakali, raqobatbardosh, o’zining mustaqil fikriga ega bo’lgan kadrlarni tayyorlaydi.
4. San’atkor notiq nutqi, asosan, ko’pchilik tinglovchilarga, keng auditoriyalarga mo’ljallangan bo’ladi. Notiqni bir kishidan ortiq shaxslar tinglaydi. Nutq madaniyati mana shunday tinglovchilardan tashqari kishilar orasida odatiy suhbatlarni, yakka kishiga qaratilgan nutqlarni ham o’z ichiga qamrab oladi.
5. O’qituvchi adabiy tilning keng imkoniyatlari va boyliklarini yaxshi egallagan, nutq madaniyati talablariga javob beradigan tajribali notiq bo’lishi mumkin. Biroq hamma o’qituvchi ham san’atkor ma’nosidagi mukammal notiq bo’la olmaydi. Lekin adabiy tildan foydalanuvchi har bir o’qituvchi nutq madaniyatidan xabardor bo’lishi shart.
6. Nutq madaniyati ko’pchilikka mo’ljallangan, ma’lum bir maqsadni ko’zda tutib ish ko’ruvchi soha. Bu ma’noda u keng omma uchun mo’ljallangan talabdir, ammo notiqlik – shaxsiy qobiliyatdir.
7. Nutq madaniyati – bu faqat nutq haqidagi nutqiy faoliyatga tegishli tushuncha va soha emas, u til madaniyati bilan ham, ya’ni adabiy tilni va uning normalarini o’rganish va bu normalarni qayta ishlash ishi bilan ham shug’ullanadi. Notiqlik san’ati esa bunday ilmiy – normativ faoliyatni ko’zda tutmaydi.
8. Notiqlik, ko’proq nutqning mazmunini, mantiqiy asoslarini, mundarijaviy tuzilishini e’tiborga oladi, nutq madaniyati esa, nutqning til qurilishi – lisoniy tuzilishiga e’tibor qiladi.
9. Notiqlik san’ati notiq uchun oldindan qanday so’zlash tizimi va rejasini bermaydi. Nutq madaniyati sohasi esa jamiyat a’zolarini ona tili, ya’ni adabiy til boyliklari va vositalaridan maqsadga muvofiq sharoit va uslub taqozasi talabiga ko’ra o’rinli foydalana olish ko’nikmasini beradi. Bunday ko’nikma, aslida har qanday san’atkor notiq uchun ham zarur.
10. Notiqlik san’ati haqidagi fan ancha qadimiy tarixga ega, nutq madaniyati ilmiy muammo va ilmiy soha sifatida muntazam yangilanib boradi.

Yüklə 96,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə