Nutqiy akt nazariyaSI



Yüklə 372,33 Kb.
səhifə1/17
tarix24.12.2023
ölçüsü372,33 Kb.
#159276
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
hakimov nutqiy akt




NUTQIY AKT NAZARIYaSI




  1. Nutqiy akt pragmatikaning asosi

  2. Nutqiy akt nazariyasining klassik talqini

  3. Nutqiy aktning o‘rganilish tarixi




  1. Nutqiy aktning umumiy mazmuni

  2. Nutqiy aktning umumsemiologik tuzilishi

  3. Kommunikativ niyat (illokutiv akt)ning pragmatik tasnifi

  4. Harakat ifodasi








1-§. Nutqiy akt - pragmatikaning asosi
Pragmatikaning lingvistik tadqiqot oboekti sifatida yuzaga kelishi va alohida predmet sifatida ajratilishi Ch.S.Pirs g‘oyalari bilan uzviy bog‘liqdir. Uning lingvistik pragmatika xususidagi g‘oyalarining shakllanishi 60-70-yillarda Dj.Ostin, Dj.R.Serlp, Z.Vendlerlarning nutqiy aktning mantiqiy-falsafiy mohiyati, shuningdek, P.Graysning maononing pragmatik nazariyasi, L.Linskiy, Dj.R.Serlp, P.F.Strosonlarning referensiyaning pragmatik nazariyasi kabi yo‘nalishlar ta’siri bilan aloqadordir1. Ko‘rinadiki, pragmatika atamasining tilshunoslik olamiga kirishida nutqiy akt o‘ziga xos rolp o‘ynaydi. Pragmatika nutqiy aktga oid ibtidoiy ma’lumotlarning berilishi bilan uzviy bog‘liq, bu esa masalaga to‘g‘ri yondashilganligini ko‘rsatadi.
Ma’lumki, pragmatika tushunchasi “ish”, “faoliyat” maonolarini bildiradi, shuningdek, uning lug‘aviy maonosi “amaliy ish” mazmuni bilan ham reallashadi. Bundan ko‘rinadiki, pragmatika bevosita til belgilarining nutqdagi funksional qo‘llanishidan iboratdir, uning mazmuni esa odamlar o‘rtasidagi aloqa-aralashuv jarayoniga xos ifodalash va anglash prinsiplari asosida namoyon bo‘lishidadir. Odamlar o‘rtasidagi verbal hamda noverbal munosabatlarning kommunikativ xususiyatlarini aniqlash pragmatika nazariyasiga oid nazariy ma’lumotlarni to‘ldirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
An’anaviy tilshunoslik nuqtai nazaridan qaraladigan bo‘lsa, “tasdiq”, “so‘roq”, “undov” mazmunidagi xabarlar, shuningdek, keyingi yillardagi qarashlarda esa sintaktik birliklarning emotsional va emotsional bo‘lmagan ifodalar tarzida tasnif qilinishi to‘g‘ri hisoblanadi. Biroq odamlar o‘rtasidagi kundalik verbal va noverbal aralashuv jarayoni sinchiklab kuzatilsa, tilshunoslikda hali o‘rganilishi lozim bo‘lgan juda ko‘plab muammolar mavjudligi ko‘zga yaqqol tashlanadi. Jumladan, yuqoridagilardan tashqari, nutq suboektining “jonli” (komppyuterga zid ravishda) shaxs sifatidagi bir olam ichki his-tuyg‘ular muallifi ekanligi, aloqa-aralashuv jarayonida ana shu his-tuyg‘ular so‘zlovchining xususiy munosabati sifatida namoyon bo‘lishi, bularni so‘zlovchi nutqiga xos buyruq, iltimos, vaoda, ogohlantirish, minnatdorlik kabi performativ va noperformativ ifoda shaklida bayon qilinishi tilshunoslikda yana bir yangi yo‘nalish mavjudligini ko‘rsatadi. Bu nutqiy akt nazariyasi yo‘nalishidir.
Nutqiy akt tushunchasi tilni falsafiy mantiqiy o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lib, til birliklarining funksional “qo‘llanish darajasi” mohiyati bilan oydinlashadi.
Nutqiy akt muammolariga oid ma’lumotlar V.Gumbolpdt, Sh.Balli, S.Karsevskiy, L.P.Yakubinskiy, K.L.Byuller, E.Benvenist, M.M.Baxtin kabi olimlarning lingvistik qarashlarida uchraydi. Nutqiy akt nazariyasi dastlab L.Vitgenshteyn g‘oyalari ta’siri bilan rivojlana boshladi. Umuman, nutqiy akt nazariyasi muammolari bilan ijtimoiy tilshunoslik hamda psixolingvistika masalalari bo‘yicha ish olib borayotgan filosof, mantiqshunos, psixolog hamda lingvist tadqiqotchilar shug‘ullanadilar2. Nutqiy akt nazariyasining dastlabki masalalari Dj.Ostin, Dj.R.Serlp va boshqa olimlarning ishlarida uchraydi. Bu nazariyaga ko‘ra, har qanday ifodada so‘zlovchi ma’lum bir harakatni sodir etadi. Ma’lum maqsad uchun yo‘naltirilgan inson faoliyati ko‘rinishlaridan biri sifatida nutq tushuniladi.3 Ma’lumki mavjudlikdagi voqeliklar ma’lum harakatlar yordamida sodir etilib, ular nutq orqali namoyon bo‘ladi. Harakatlarning nutq yordamida ifodalanishi natijasida nutqiy aktlar yuzaga keladi. Dj.Ostin g‘oyalari faqat mantiqshunos va filosoflar o‘rtasidagina emas, balki lingvistlar o‘rtasida ham turli yo‘nalishlarni yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.
Ilmiy adabiyotlarda ta’kidlanishicha, nutqiy akt tushunchasi Oksford maktabi olimlarining ilmiy tadqiqotlari natijasida kommunikatsiyaning verbal birligi sifatida tilshunoslik fanining tadqiqot oboektiga aylandi.4



Yüklə 372,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə