Nutqiy akt nazariyaSI


-§. Nutqiy aktning umumsemiologik tuzilishi



Yüklə 372,33 Kb.
səhifə8/17
tarix24.12.2023
ölçüsü372,33 Kb.
#159276
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
hakimov nutqiy akt

5-§. Nutqiy aktning umumsemiologik tuzilishi

1. Nutqiy akt. Nutqiy akt nazariyasining umumiy masalalari ichida uning umumsemiologik tarkibi muammosi muhim o‘rin tutadi. Nutqiy akt tuzilishiga oid masalalarning tadqiq etilishi bu yo‘nalishning ko‘p qirrali ekanligidan dalolat beradi. So‘zlovchi oboektiv olamdagi voqeliklarni ko‘radi, ma’lum his-tuyg‘ular vositasi bilan anglaydi, idrok qiladi. Ana shu holatlarga o‘zining xatti-harakatlari hamda talaffuz akti va kommunikativ niyati bilan munosabatini bildiradi.


Ma’lumki, nutq tushunchasi “so‘zlovchining til vositalaridan foydalanish jarayoni va shunday jarayon natijasida yuzaga keladigan hodisa; nutqning kommunikatsiya maqsadi va sharoitiga qarab leksik va grammatik vositalardan muvofig‘i saylab ishlatilishi bilan xarakterlanuvchi turi: rasmiy nutq, so‘zlashuv nutqi; sintaktik ifodaning turi; avtor nutqi, o‘zga nutqi”30.
Ko‘rinadiki, nutq tushunchasi so‘zlovchining idrok qilish va ifodalash faoliyatining maxsuli sifatida qator yangi yo‘nalishlarning oboekti bo‘lishi mumkin. Nutq hodisasi so‘zlovchining nutqiy faoliyati bilan uzviy aloqador bo‘lganligi uchun nutq jarayonini sodir etayotgan shaxs faoliyatini to‘liq ifodalash maonosida “nutqiy akt” birikmasidan foydalanamiz va bu birikma tilshunoslik fanining alohida yangi bir yo‘nalishining nomi sifatida ensiklopedik va nazariy adabiyotlarida qayd etiladi. Nutqiy akt nazariyasi tilshunoslik fanining alohida sohasi sifatida o‘rganilishi lozim. Demak, nutq insonning ongli va maqsadli faoliyati, harakati bilan bog‘liq tadqiqot oboekti sifatida o‘rganiladi.
So‘zlash jarayoni murakkab hodisa bo‘lib, u so‘zlovchidan ko‘p narsalarni talab qiladi. Avvalo, so‘zlash aktini to‘g‘ri sodir etish uchun so‘zlovchi idrok qilayotgan voqelik harakatlarining o‘zaro muvozanatini saqlash lozim. “So‘zlash jarayonida qancha fikr bo‘lsa, shuncha harakat sodir etiladi. Biz gapirish bilan ma’lum harakatlarni sodir etamiz. Harakatlarni sodir etish bilan esa mazmunni guruhlarga ajratamiz. Bular, albatta yaxlit holda amalga oshiriladi. Nimadir aytish bilan nimanidir bajaramiz, bunga tovushlar, so‘z, qurilmalar, ma’lum mazmun va referensiyaga ega bo‘lgan bayoniy maonolar kiradi”31.
Ifodaning mazmuniy tarkibi so‘zlovchining “menligi” bilan bog‘liq holda semiologik tuzilishiga ko‘ra to‘rt darajaga ajratiladi: “so‘zlash akti (lokutsiya), propozitsiya, so‘zlovchi niyati (illokutsiya) va nutqiy ta’sir etish (perlokutsiya)”32. Dj.Ostinda esa nutqiy aktning bu mazmuniy tuzilishi faqat so‘zlash akti (lokutiv), so‘zlovchi niyati (illokutiv) va nutqiy ta’sir etish (perlokutiv) aktidan iborat deb ko‘rsatiladi33. Propozitsional akt esa etibordan chetda qoladi. Bizningcha, bunda faqat pragmatik aktlar nazarda tutiladi.
2. Lokutsiya xususida. So‘zlash (lokutiv) akti xususida gapirishdan avval, barcha aktlar uchun umumiy bo‘lgan “lokutsiya” atamasi haqida to‘xtalamiz. Lokutsiya, lokatsiya atamalari pragmatik nazariya mohiyatini ifoda etadi. Yu.S.Stepanovning ta’kidlashicha, lokatsiya “men”, “bu yerda”, “hozir” kabi uchlik birligiga amal qiladi. Bunga ko‘ra, nutqiy kommunikatsiya jarayoni pragmatik mohiyati bilan so‘zlovchining “menligi” hamda makon va zamon munosabatidan iborat bo‘ladi. “Men” nutq suboekti sifatida aniqlanib, ifodaning bir aktida o‘zini nomlaydi. Shunday qilib, “men” so‘zi referent qo‘llanishida autoreferent so‘z hisoblanadi. “Bu yerda” o‘zining “men”ini belgilovchi suboektning o‘rni sifatida aniqlanadi. “Hozir” o‘zini “men”ini belgilovchi nutq oboektining so‘zlash vaqti sifatida aniqlanadi. Mana shu uch asosiy so‘z belgilari o‘zining dastlabki vazifasida oddiy ko‘rsatish-ishora bilan almashinadi... Lokatsiya belgilari indeks-belgilari deb nomlanishi mumkin”34. Ko‘rinadiki, lokatsiya pragmatik tushunchalar qatoriga kiritilib, nutq suboektining “men”ligi hamda makon va zamondagi birligini ifoda etadi.
So‘zlovchining oboektiv olamda ro‘y berayotgan voqelikning idrok qilishi va uni verbal hamda noverbal ifodalash darajasi ma’lum maonoda lokutsiya tushunchasini ifoda etadi. So‘zlovchi nutqiga xos “menlik”ning bayon qilish etaplarini lokutsiya qamrab oladi. Bu holat o‘ziga so‘zlovchining talaffuz aktidan to uning atrofidagi adresat - tinglovchi-nutq ishtirokchilarining his-tuyg‘ularigacha nutqiy akt vositasi bilan ta’sir etish aktlarini ham qamrab oladi.
3. So‘zlash akti (lokutiv) xususida. So‘zlash (lokutiv) akti o‘zining qator xususiyatlari bilan boshqa aktlardan ajralib turadi. So‘zlash akti lokutiv aktning namoyon bo‘lishidir. Masalan:
- Xatini ham ololdingizmi? - dedi va sabrsizlanib Sodiqning og‘ziga tikildi. Sodiq yuziga mag‘rur bir tus va ovoziga muzaffariyat ohangi berib “xatini ham oldim” javobini aytdi. (A.Qodiriy, 142-bet).
So‘zlash aktlarida bayon qilingan axborot nazarda tutilmaydi, balki so‘zlovchi nutqiga xos talaffuz akti eotiborga olinadi. Lokutiv akt so‘zlash qoidasiga aloqador faoliyat ko‘rinishlari bilan bog‘lanadi. Jumladan, so‘zlovchi biror tovush, so‘z yoki qurilmalarni talaffuz qilish jarayonida ularga xos muvozanatni nutq apparati yordamida saqlashga harakat qiladi. Fonetik, leksik va sintaktik birliklarning so‘zlovchi tomonidan meoyoriy talaffuz jarayoni lokutiv akt deb qaraladi. Lokutiv aktning mohiyati jumlaning ma’lum grammatik qoidalar yordamida talaffuz qilinishi bilan oydinlashadi. Yuqoridagi “xatini ham oldim” jumlasi talaffuzi lokutiv akt sifatida xatini, ham, oldim so‘zlarining ma’lum maono va referensiyaga ega ekanligidadir. So‘zlovchi matnni talaffuz qilar ekan, so‘zlash akti mohiyatiga ko‘ra, ma’lum axborot-pragmatik mazmunni tinglovchiga yetkazishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymaydi. Nutqiy aktning lokutiv aspekti faqat tovush, so‘z va qurilmalarni ma’lum leksik va grammatik qoidalar asosida to‘g‘ri talaffuz qilish bilan chegaralanadi. Shu nuqtai nazardan qaraladigan bo‘lsa, Dj.Ostin lokutiv aktni ichki farqlanish belgisiga ko‘ra uch guruhga ajratadi: fonetik, fatik, retik aktlardir. So‘zlovchi uchun ma’lum bo‘lgan tovushlar talaffuzi fonetik akt hisoblanadi”35. Tovushlar talaffuzi bir jihatdan yuzaga kelayotgan so‘z maonolarining to‘g‘ri ifodalanishi va anglanishida muhim o‘rin tutadi. Ikkinchi jihatdan esa tovushlarning ma’lum aksent bilan talaffuz qilinishi nutqda pragmatik to‘siq (shum) tushunchasini yuzaga keltiradi. Bunday talaffuz uslubi, ko‘pincha, nutq suboektiga xos baozi ma’lumotlarni ifoda etadi, bu esa propozitsional mazmunning to‘g‘ri anglanishi uchun to‘siq bo‘ladi. Baozi holatlarda yozuvchining individual uslubi bilan bog‘liq ravishda yoki obrazning emotsional holatini ko‘rsatish maqsadida tovushlar talaffuzi meoyoriy holatdan chiqariladi. Bunday usul obrazning ruhiy holatini aniq tasvirlash maqsadi uchun qo‘llanadi. Masalan:
Otabek mastlarcha kuldi:

Yüklə 372,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə