Nutqiy akt nazariyaSI



Yüklə 372,33 Kb.
səhifə9/17
tarix24.12.2023
ölçüsü372,33 Kb.
#159276
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
hakimov nutqiy akt

- Mmmenga zarurati bo‘lmasa, kkkimga zarurati bor?!
- Nima bo‘lganda ham men bu ishingizdan rozi emasman! - dedi Hasanali... (A.Qodiriy).
“Fatik akt esa tovush birikmalari va so‘zlarni ma’lum grammatik qoidalar yordamida talaffuz etishdir”.
Fatik akt turida ma’lum so‘z yoki birikmalarni talaffuz qilinar ekan, unda so‘zlovchi nazarda tutgan fikrni to‘g‘ri ifodalanishi va anglanishi uchun zaruriy grammatik qoidalardan foydalanadi. Prozaik nutqda ega - ikkinchi darajali bo‘lak - kesim shaklidagi jumlalar tartibi fatik akt uchun asos qilib olinadi. Masalan: “Qizing har yerda bo‘lsa ham sog‘ bo‘lsin”.
Sheoriy nutq talaffuzining inversiya hodisasiga asoslanishi fatik akt uchun meoyoriy holat sanaladi.
“ - Inversiya - bu komponentlarning odatdagi o‘rnini almashtirish deganidir. Bunday o‘zgarishlardan maqsad asosiy fikrni birinchi o‘ringa chiqarib uqtirishdir”36.
So‘ylab beray Zaynab va Omon.
Sevgisidan bir yangi doston. (H.Olimjon).
Fatik aktda so‘zlovchi nutqiga xos grammatik qoidalarning namoyon bo‘lishi ichki maono imkoniyatlari uchun yo‘l ochadi. Nutqiy aktning aynan mana shu qismidan so‘zlovchi nutqiga xos fikrlash darajasi sezila boshlaydi. Fikrning yuzaga kelishi bilan harakat ham sodir etiladi.
Dj.Ostinning ta’kidlashicha, u: “Men ertaga o‘sha yerda bo‘laman” - dedi jumlasi fatik akt sanaladi.
Retik aktda esa so‘zlovchi so‘zlardan foydalanish jarayonida ularni ma’lum mazmun va referensiya bilan taominlaydi. Nutqiy akt talaffuzining boshlanishida so‘zlovchi munosabatining anglanishi retik akt tushunchasini bildiradi. Retik aktning boshlanishi bilan pragmatikaning chegarasi namoyon bo‘la boshlaydi. Shu nuqtai nazardan qaraladigan bo‘lsa, so‘zlovchi va tinglovchi orasidagi verbal hamda noverbal munosabatning oboektiv olamdagi haqiqiylik yoki haqiqiy emaslik darajalarining mazmuniy ifodasida pragmatika mohiyati anglanadi. Retik akt kishilar o‘rtasidagi aloqa-aralashuv jarayonidagi bilish, ifodalash va anglashning aniq (oboektiv) hamda xususiy manfaatdorlik darajasi bilan belgilanadi. O‘zbeklarda “Bola to‘g‘ri gapiradi” iborasining mavjudligi ham bir-bir yarim yashar bolaning pragmatik imkoniyatlari chegaralanganligining belgisidir.
“U ertaga o‘sha yerda bo‘lishini aytdi” jumlasi retik akt hisoblanadi.
U: “Ket” - dedi fatik akt, chunki bu jumla talaffuzida ma’lum grammatik qoidalardan to‘g‘ri foydalanilgan, qo‘llangan tinish belgilari ham fatik akt talaffuzida grammatik qoidalarga qatoiy amal qilinganini ko‘rsatib turibdi. “U meni ketishim uchun baqirdi”37 jumlasi esa retik akt sanaladi, chunki bu jumlani talaffuz qilish jrayonida so‘zlovchi uni aniq mazmun va referensiya bilan taominlagan. Bu pragmatik faktor bilan bog‘liq ravishda suhbatdoshlarning bilim fondlarini ifodalovchi referensiya ko‘rinishining farqlanishidir. Bu misol mazmuniga ko‘ra nutq faqat so‘zlovchi uchun ma’lum nutq predmeti xususida boradi.
Ko‘rinadiki, fatik akt uchun so‘zlovchi tomonidan ma’lum so‘z va iboralarni grammatik qoidalar yordamida talaffuz etilishi asos deb qaralsa, ana shu grammatik qoidalar asosida talaffuz qilingan ifodani ma’lum mazmun va referensiya bilan taominlash va tinglovchi tomonidan uni to‘g‘ri anglanishi retik akt deb hisoblanadi. bu murakkab jarayonning dastlabki qismi ifoda yoki talaffuz akti deb nomlanadi. Ifoda akti orqali so‘zlovchi ma’lum tovushlarni nutq aozolari yordamida talaffuz qilib, ana shu talaffuz jarayonida so‘z va gaplarni hosil qilish uchun ma’lum grammatik qoidalardan foydalanadi. Nutq ishtirokchilari so‘z va gapni aniq referensial maonosi bilan qo‘llaganliklari natijasida ifoda tarkibida propozitsional akt uchun zamin hozirlanadi.
4. Propozitsional akt xususida. Nutqiy aktning mazmuniy tuzilishi xususidagi nazariy ma’lumotlar matn tarkibida propozitsional mazmun va nutq oboekti shaxsi bilan aloqador pragmatik birliklarni ajratib ko‘rsatishni talab qiladi. Shu maonoda propozitsional akt nutqiy aktning mazmuniy tuzilish birligi sifatida alohida talqinga ega bo‘lishi va boshqa mazmuniy aktlardan ajratilishi muhimdir. Lokutiv aktning sodir etilishi propozitsional aktning yuzaga kelishi uchun asos bo‘ladi.
“Propozitsiya” atamasi tilni mantiqiy tahlil qilish natijasida XIX asr oxiri va XX asr boshlarida o‘zining yangicha talqiniga ega bo‘la boshladi. Bu atama G.Frege g‘oyalari ta’sirida shakllandi38, so‘zlovchi nutqiga xos tasdiq akti propozitsional struktura sifatida ajratila boshlandi.
Matndagi propozitsional akt diktum tushunchasini ifoda etadi, so‘zlovchi nutqiga xos nutq predmeti xususidagi xabar va uning tasdig‘i propozitsional aktdir. Masalan:
- Biz Otabekni Toshkanddan uylantirib, boshini bog‘lamasak, kun sayin uni yukurishidan qutila olmaymiz. Toshkanddan uylansa, suv quyg‘ondek tinar-qolar; Marg‘ilon balosini esidan ham chiqarar...- deydir O‘zbek oyim. (A.Qodiriy)
Bu parchada Otabekning Toshkanddan uylantirish xususidagi oddiy xabar propozitsional akt deb qaraladi. Nutq predmeti xususidagi asosiy mazmun, ko‘pincha, propozitsional aktdan iborat bo‘ladi.

Yüklə 372,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə