Nutqiy akt nazariyaSI


-§. Kommunikativ niyat (illokutiv akt)ning pragmatik tasnifi



Yüklə 372,33 Kb.
səhifə11/17
tarix24.12.2023
ölçüsü372,33 Kb.
#159276
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
hakimov nutqiy akt

6-§. Kommunikativ niyat (illokutiv akt)ning pragmatik tasnifi

Nutqiy akt tushunchasining mohiyati so‘zlovchining kommunikativ niyati, maqsadi bilan uzviy bog‘liq bo‘lganligi uchun uni lingvistik akt sifatida matndagi xususiy munosabatning asosiy ko‘rinishi shaklida ajratiladi. Lingvistik yoki kommunikativ maqsad asosidagi maono aktining jahon tilshunoslari asarlaridagi talqini turlicha xarakterga ega bo‘lmasin, ularning mohiyatiga diqqat qiladigan bo‘lsak, nutqiy akt xususidagi har bir talqin o‘z mohiyat-eotibori bilan so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi kommunikativ munosabatning xususiy ko‘rinishlariga kelib taqaladi. Ularning nutqiy akt haqidagi qarashlari umumlashtiriladigan bo‘lsa, barchasi ham mavjud grammatik qoida va axloq shakllari, hukm - propozitsiya, xususiy munosabat shakllari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatdan iborat bo‘lib, bu hodisalarning umumiyligi, birligi, bir vaqtliligi, aniq lingvistik mezonlar vositasida ularni farqlash lozimligini ko‘rsatadi. Demak, nutqiy akt yo‘nalishi mavjud axloq shakllari va grammatik qoida, propozitsiya va xususiy munosabat shakllari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar munosabatini o‘rganadi. So‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi verbal va noverbal kommunikativ munosabatning kommunikativ niyat nuqtai nazaridan tahlil qilish va ularni ma’lum lingvistik mezonlar vositasida tasnif etish nutqiy akt yo‘nalishining asosiy masalalari hisoblanadi.
Dj.Ostinning harakat ifodasi xususidagi nazariyasi ham, illokutiv feollar xususidagi nazariyasi ham Dj.R.Serlp, Stroson va Z.Vendlerning kommunikativ niyat (illokutiv akt) xususidagi qarashlari ham o‘zaro so‘zlovchining xususiy munosabatini aks ettirish bilan xarakterlanadi. Shu nuqtai nazardan qaraladigan bo‘lsa, nutqiy akt nazariyasi xususiy munosabatning nazariy manbasi sifatida talqin etilishi mutlaqo to‘g‘ri bo‘ladi. Bizning kuzatishlarimizga ko‘ra, ifoda tarkibidan xususiy munosabatning pragmatik bilim sifatida ajratilishi va ularning tasnifi nutqiy akt nazariyasining bosh va yetakchi masalasidir.
Nutqiy aktlarni tasnif qilish uchun bayon qilinayotgan axborot tuzilishidagi to‘liq va yig‘iq xususiy munosabat ko‘rinishlari ma’lum lingvistik mezonlar asosida ajratiladi. Yuzaki qaralganda matndagi xususiy munosabat ko‘rinishlari neytral, emotsional xususiyatlardan iboratdek tuyuladi, ammo so‘zlovchining matndagi kommunikativ niyati, maqsadi nazarda tutiladigan bo‘lsa, xususiy maono vositasi bilan bayon qilinadigan munosabat shakllari juda murakkab ekanligi ko‘zga yaqqol tashlanadi. Shu maonoda ushbu ishda nutqiy aktlarni tasnif etish uchun so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi kommunikativ munosabatning lingvistik mezonlari hisobga olinadi.
Z.Vendler Ostinning nutqiy akt tasnifi tarkibini quyidagi misol bilan tushuntirib beradi. Jumladan, “U nima dedi (aytdi)?” savoliga beriladigan javoblar guruhi nutqiy akt ko‘rinishlari bo‘yicha shunday bo‘ladi:
1. U nimanidir xabar qildi (ekspozitiv).
2. U meni nomladi (verdiktiv).
3. U vaoda berdi (majburiyat).
4. U menga buyruq berdi (undash).
5. U kechirim so‘radi (etiket axloqi)42.
Bizningcha, Vendler izohidan so‘ng nutqiy akt bo‘yicha Ostin tasnifini ham aniq tasavvur qilish imkoniyati yaratiladi.
Dj.R.Serlp Ostin nazariyasini tahlil qilar ekan, uning tasnifini sinchiklab o‘rganadi. U dastlab, Ostin tasnifi o‘z nihoyasiga yetkazilmaganligi va bu tasnifda illokutiv aktlar emas, balki illokutiv feollar nazarda tutilganini alohida qayd etadi. Jumladan, u Ostin nazariyasini batafsil tahlil etish natijasida nutqiy aktni quyidagi tarzda tasnif qiladi: reprezentativ, direktiv, komissiv, ekspressiv, deklerativ43.
Nutqiy akt nazariyasi turkologiyada, jumladan, o‘zbek tilshunosligida monografik planda tadqiqot oboekti bo‘lmagan, aniq mavzu doirasida o‘rganilgan emas. Biroq baozi nazariy adabiyotlarda nutqiy aktning ayrim shakllari yoki ko‘rinishlari xususidagi qarashlar ham ko‘zga yaqqol tashlanadi: “... ayrim hollarda modus va diktum alohida va to‘liq eksplitsit ifodalanishi mumkin... Ergash gapli qo‘shma gaplarning ayrim turlarida bosh gap to‘lig‘icha suboektiv mazmunni, ergash gap esa oboektiv mazmunni - propozitsiyani ifodalab keladi. Masalan, Men o‘ylaymanki, Ahmad bugun kelmaydi. Men o‘ylayman - suboektiv mazmun. Ahmad bugun kelmaydi - propozitsiya”44.
Bulardan ko‘rinadiki, xususiy mazmunning turlicha ko‘rinishlari, ularning darajalanish tasnifi, xabarning ifodalanish darajasi, xabarga so‘zlovchi bahosi, xabar vositasi bilan undash munosabati, majburiyat ottenkalari his-tuyg‘ularning axloqiy ko‘rinishlari, rasmiy va norasmiy munosabat shakllari kabilar nutqiy aktni tasnif qilish zarurligini ko‘rsatadi. “Muayyan bir diktum turli moduslar bilan ifodalanishi mumkin. Masalan:
Ahmad o‘qiydi, Ahmad o‘qisa edi, Ahmad ehtimol o‘qiydi gaplarining hammasida ayni bir diktum ifodalangan, ammo har bir gapda boshqa-boshqa modus ifodalangan, yaoni fikrlovchi suboektning ayni bir oboektiv mazmunga turli munosabati aks etgan”45.
Biz ham jahon tilshunoslarining nutqiy akt xususidagi baozi yutuq va kamchiliklarini hisobga olgan holda hamda o‘zbek tilshunosligida dolzarb muammo sifatida ishora qilingan maxsus tadqiqot oboekti sifatida yetarlicha o‘rganilmagan nutqiy akt ko‘rinishlarini quyidagi tarzda tasnif qilamiz46.

Yüklə 372,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə