Nutqiy akt nazariyaSI



Yüklə 372,33 Kb.
səhifə13/17
tarix24.12.2023
ölçüsü372,33 Kb.
#159276
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
hakimov nutqiy akt

Undash aktlari
Undash akti o‘zida kommunikativ (illokutiv) maqsadning bayon qilinishiga ko‘ra reprezentativ aktlardan farqlanadi. Undash aktini sodir etish uchun so‘zlovchi propozitsional mazmunda ma’lum bir narsa, hodisa yuzasidan xabar berish bilan tinglovchini
qaysidir harakatlarni bajarishga undaydi. So‘zlovchi biror nutqiy aktni bajarish jarayonida - biror ifodani talaffuz qilish bilan tinglovchini qaysidir xatti-harakatlarni bajarishga undaydi. So‘zlashuvchilar o‘rtasidagi munosabat undash aktlari bilan namoyon bo‘ladi.
- Men senga aytib qo‘yay, Kumush, - dedi turar ekan, qutidor Oftob oyimga, - bu kunga bir mehmon aytkan edim. Cho‘ringni chiqarib mehmonxonani tozalat. Anovi yangi qoplag‘an ko‘rpalaringni ber, tanchaga o‘shani yopsin. (A.Qodiriy)
Bu misolda buyruq nutqiy akti bayon qilingan. Undash aktining reprezentativ aktlardan farqi so‘zlovchi tinglovchidan qaysidir xatti-harakatlarni bajarishini talab qilishidir. Reprezentativ aktlarda so‘zlovchi tomonidan nutq predmeti xususidagi axborotga munosabat aktlari sodir etiladi.
Undash akti guruhi uchun keltirilgan misollar tahlili yuzaki qaraladigan bo‘lsa, faqat propozitsional mazmundan tashkil topgandek tuyuladi. Shuning uchun ham undash akti tarkibida so‘zlovchining kommunikativ niyatini yuzaga chiqarish uchun xizmat qiluvchi feollarning performativ qo‘llanishiga oid misollar tahlil qilinsa, propozitsional mazmundan tashqari so‘zlovchi nutqiga xos “hokimlik” va uning turlicha darajasi undash nutqiy aktining ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Shu o‘rinda alohida ta’kidlash lozimki, baozi bir adabiyotlarda “funksional til maydoni ostida tilning funksional qo‘llanishiga ko‘ra til birliklarining funksional sistemasi xususida so‘z boradi. Unda til birliklari qo‘llanish imkoniyatining pragmatik vazifasiga ko‘ra maydon nazariyasi bo‘yicha tasnif qilinadi.50 Bizningcha, pragmatik maydon tushunchasi, matn orqali bayon qilinsa, xususiy mazmunning ma’lum lingvistik mezonlar asosida tasnif qilinishi uchun to‘g‘ri hisoblanadi.
Ko‘rinadiki, undash aktlarida kommunikativ niyat, maqsadning bayon qilish darajasi, prinsipi - undash semalarining nutq suboekti talaffuz ohangining qatoiy yoki qatoiy emasligiga ko‘ra o‘z ichki tasnifiga ega bo‘lishi shart bo‘ladi. Shunga ko‘ra, nutqiy akt amalga oshirayotgan vaziyatdagi so‘zlovchining talaffuz ottenkasi nutqiy akt yo‘nalishini ichki tasnif asosidagi mohiyatini boshqarib turadi. Demak, nutqqa xos ohangning past-balandlik darajasi kommunikativ niyat, maqsad mazmunini o‘zgartiradi. Masalan, “Ertaga ekskursiyaga boramiz” bilan “Ertaga ekskursiyaga borarmiz? ”jumlasida ikki mazmun asosidagi nutqiy akt yuzaga chiqadi. Birinchisida «Ekskursiyaga borish» haqidagi hukmga so‘zlovchining qatoiy munosabati, ikkinchisida esa «Ekskursiyaga borish - bormaslik» xususida so‘zlovchining so‘roq akti, bu aktda illokutiv maqsad qatoiy emas. Undash aktlari kommunikativ niyat, maqsadning ifodalanish darajasiga ko‘ra quyidagi tartibda ichki tasnif qilinadi.
1. Qatoiy undash aktlari.
2. Neytral undash aktlari.
3.Yumshoq undash aktlari.
Qatoiy buyruq, qatoiy taklif, qatoiy iltimos, qatoiy so‘roq, qatoiy maslahat. Undash akti so‘zlovchining propozitsional mazmun tarkibidagi undash munosabatini ifoda etuvchi ichki maonolardir.
Undash aktlarida so‘zlovchi nutqi orqali ifodalangan har qanday akt bilan tinglovchidan javob, biror harakat yoki axborot berish talab qilinadi:51
... Majlisda ko‘p gaplar o‘tdi, taqsir, - dedi Homid... Majlis ahli, ayniqsa, Mirzakarim uning so‘zini kuchlab tushdi. Agar bu ishni oldini olinmasa, hukumat va mamlakat uchun natija qo‘rqinchdir, taqsir!
- Majlis kimnikida edi?
Undash nutqiy aktlariga undash, buyruq hamda axborotni talab qilish aktlari kiradi:... Kumush ko‘rpaga burkanib oldi:
- Chiqing... uyqum keldi.
Bu jumlada undash akti ifodalanyapti. Axborotni talab qilish aktlari esa ko‘proq so‘roq va buyruq gaplar orqali ifodalanadi:
- Majlis kimnikida edi?
Homid tarafidan kutilmagan bir savol! Homid o‘ziga berilgan bu savol qarshisida taraddudlanib qoldi. Chunki majlis o‘rnini aytsa; pochchasi bilan jiyani Raxmatni ham qo‘lga tushishlari aniq va buning bilan u o‘z oyog‘iga bolta qo‘ygan bo‘lar edi. Shu mulohaza yuzasidan u tutiliqdi:
- Majlis o‘rni yodimda yo‘q, taqsir.
“Majlis kimnikida edi?” jumlasi orqali talab akti ifodalanadi.
- Bolam Zaynab, - dedi xoji, - biz Marg‘ilondagi opang ko‘chini olib kelmakchi bo‘ldik. Sen shunga nima deysan?
- Men nima der edim...
- Gap nima deyish va nima demasingda emas, oyim! - dedi xoji - gap shundaki ul kelgan choqda egachi-singildek bo‘lib ketar olasanmi, deb so‘ramoqchiman.
- Bo‘lib ketarmiz...
Bu nutqiy akt axborotni talab qilish akti sanalib, unda bir necha nutqiy aktlar bayon qilinadi. “Egachi-singil bo‘lib ketarsizlar” jumlasida “iltimos” nutqiy akti orqali ishonib-ishonmaslik mazmunidagi talab akti anglashiladi. Zaynabning, “bo‘lib ketarmiz” kabi javobi esa istamaslik, xohlamaslik kabi nutqiy aktni ifoda etadi. Nutqiy aktning kommunikativ niyat ko‘rinishlarini tasnif qilish uchun yuqorida ta’kidlanganidek, ma’lum lingvistik mezonlar hisobga olinadi. Shuningdek, nutqiy aktlarni kommunikativ niyat ko‘rinishlarini ajratishda nutq suboektining yoshi ham muhim o‘rin tutadi. Agar bolalar va kattalar nutqi o‘zaro qiyoslanadigan bo‘lsa, bolalar nutqi, asosan, propozitsional mazmundan iborat bo‘ladi. Ifoda mazmuniy tuzilishida ekspressiv aktlardan tashqari yashirin pragmatik komponentlar ishtirok etmaydi. Jumladan: O‘zbek oyim o‘rta eshikka borib yetmagan ham edi, narigi yoqdan qo‘shnining bolasi yugurib kirib qoldi.
So‘yinchi bering, bek buvi, kennoyim keldila!(A.Qodiriy) Bu misolda bola nutqiga xos “Kumushning kelganligi” xususidagi tasdiq akti bayon qilingan. Bu nutqiy akt bir jihati bilan reprezentativ aktga, ikkinchi bir jihati bilan undash akti guruhiga kiritiladi. G.Klark, Ye.Klarklarning ta’kidlashicha, bolalar nutqida faqat tasdiq va iltimos nutqiy akti o‘z ifodasini topadi.52 Bizningcha, bolalar nutqidagi faqat tasdiq va iltimos aktlari, asosan, bir va bir yarim yoshdagilar uchun xarakterlidir.

Yüklə 372,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə