Nutqiy akt nazariyaSI



Yüklə 372,33 Kb.
səhifə16/17
tarix24.12.2023
ölçüsü372,33 Kb.
#159276
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
hakimov nutqiy akt

7-§. Harakat ifodasi

Lingvistik pragmatika muammolarining paydo bo‘lishi munosabati bilan ularni tadqiq qilish o‘z-o‘zidan kontekstning turlicha ko‘rinishlari xususida to‘xtalib o‘tish zaruriyatini beradi. Keyingi yillarda kontekst masalalari bilan umumlashgan tarzda tilshunoslikning qator yangi yo‘nalishlari paydo bo‘la boshladi. Psixolingvistika, sotsiolingvistika, funksional lingvistika, shuningdek, o‘zbek tilshunosligida lingvistlar diqqatini ko‘proq jalb qilayotgan kommunikativ lingvistika, matn lingvistikasi, lingvistik pragmatika kabi tilshunoslikning yangi sohalari tadqiqida jonlanishlar yuzaga kela boshladi. Pragmatikaning asosiy mohiyati inson faoliyati bilan bog‘liq yo‘nalishlarni til faktlari asosida o‘rganishni taqozo etadi, bu esa lingvopragmatika muammolari ichida nutqiy aloqa-aralashuv masalalarini birinchi planga surib qo‘yadi. Lingvistik pragmatika o‘z navbatida verbal hamda noverbal kontekst bilan bog‘liq masalalarni tadqiq etishni talab qila boshladi. Shunday yo‘nalishlardan biri performativ nazariya xususidagi muammolardir.


Performativ nazariya muammolari bilan dastlab lingvistik filosofiya namoyandasi Dj. Ostin shug‘ullangan. U. Djems xotirasiga bag‘ishlab tashkil qilingan kurslarda o‘qigan ma’ruzalarida performativ nazariya xususidagi o‘zining dastlabki qarashlarini bayon etadi. U performatsiya tushunchasini ilmiy hayotga olib kirdi. Bu tushuncha mohiyati dastlab mantiqiy- falsafiy maono kasb etgan bo‘lib, keyinchalik esa u lingvofalsafiy belgi bilan shakllantirildi.
Performativ latincha “rerforma” so‘zidan olingan bo‘lib, uning lug‘aviy maonosi “harakatlanmoq”, “faoliyat” kabi maonolarni ifoda etadi.55 Ko‘rinadiki, so‘zlash akti bilan faoliyat akti o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlik belgisining nutqdagi ifodasi harakat ifodasini hosil qiladi. Harakat (performativ) ifodasi
tasviriy belgiga ega bo‘lmaydi. Performativ ifoda semantik qatordagi feol, hozirgi zamon, I shaxs, birlik, aniqlik maylidagi shakl orqali ifodalanadi. Harakat ifodasi sodir etilayotgan voqelikni harakatlanish dinamikligini taominlash uchun qo‘llanadi . “Men yoshlarni hech kimning qo‘liga bermayman”. (I.Karimov)
Harakat ifodasining asosiy belgilari natijalilik, bir vaqtlilik, tashqi vaziyatning yo‘nalishi va ularning nutqdagi ifodasi bilan aks etishidadir.
Ifodaning harakatlilik darajasi vaziyat bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, so‘zlovchiga xos pragmatik dominatsiyaning nutqdagi ifodasi hamda o‘sha nutq mazmunining tashqi moddiy olamdagi sotsial kontekst bilan muvofiqlashuvidir. Nutq ishtirokchilariga yuklatilgan qo‘shimcha nutqiy harakatlarning nutqdagi mazmuni performativlikdir.So‘zlovchining nutqiy-pragmatik dominatsiyaga ega bo‘lish tushunchasi ostida so‘zlash akti vaziyatidagi hokimlik darajasi tushuniladi. Bunda so‘zlovchi nutqiy akt yordamida pragmadominant imkoniyatga ega bo‘ladi.
Nazariy adabiyotlarda ta’kidlanishicha, “nutqiy akt o‘zining klassik talqiniga ko‘ra performativ sanaladi. Bunda ifodaning talaffuz akti vaziyatida so‘zlovchi boshqa baozi harakatlarni ham sodir etishi shart.56
Harakat ifodasida so‘zlashuvchilar o‘rtasidagi verbal munosabatga noverbal munosabatning barcha ko‘rinishlari ham qo‘shilishi mumkin,bular ifodani ta’sir etish darajasini oshiradi. So‘zlovchining pragmatik imkoniyati uning so‘zlash aktini sodir etayotgan vaziyatdagi hokimlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Yig‘ilishni ochiq deb eolon qilaman”. Ifodaning bayon qilish vakolati preformativlikning birinchi belgisi sifatida muhim qimmatga ega bo‘ladi. Har qanday diskurs ishtirokchilari o‘ziga berilgan imkoniyatlar yordamida munosabatga kirishadi. Uning nutqdagi hokimlik darajasi o‘sha vaziyatning o‘zidagi xatti-harakatda ham sezila boshlaydi. Bunday ifodalar performativlar hisoblanadi. Harakat ifodasida sotsial, kommunikativ vaziyat to‘la maonoda o‘z bayoniga ega bo‘ladi, so‘zlovchi va tinglovchi faoliyati ham o‘sha vaziyat bilan bog‘lanadi. “Men vaoda beraman” jumlasining talaffuzidayoq so‘zlovchining harakati ham boshlanib “vaoda” akti anglashiladi. Performativ ifodalar har doim ham bunday oshkora tarzda ifodalanavermaydi. Performativ ifoda tushunchasining mohiyati kishining mental holati bilan aloqador quyidagi so‘zlar bilan ifodalanganida oshkora belgiga ega bo‘ladi. Jumladan, “vaoda”, “iltimos”, “ogohlantirish”, “qo‘rqitish”, “qasamyod”, “vasiyat”, “uzr”, “kechirim”, “minnatdorlik” kabi kishining ichki maqsadini ifoda etuvchi so‘zlarning lug‘aviy maonosini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llashi performativlarning oshkora shakli deb qaraladi. Bularning ichida baozi so‘zlarni oshkora qo‘llash mumkin bo‘lsa: “Men iltimos qilaman, eshikni yoping!” Baozilarini oshkora qo‘llab bo‘lmaydi, bunday qo‘llashga nutqiy vaziyat yo‘l qo‘ymaydi: “Men hozir sizni qo‘rqitaman”.
Kimnidir qo‘rqitishni niyat qilgan har qanday shaxs voqelik aktini sodir etishdan avval uni oshkora tasvirda verbal bermaydi. Bunday holda so‘zlovchining kommunikativ niyati amalga oshmaydi. Shunday ifodalar borki, ular voqelikni tasvirlamaydi. Ularning mazmunida so‘zlovchining holati va harakati ifoda talaffuzi momentidayoq sezilib turadi, ifoda talaffuz qilinishi bilan ma’lum akt ham sodir etiladi57. Ko‘rinadiki, Dj.R. Ostin nutqiy akt xususidagi bashlang‘ich nazariyani to‘g‘ri beradi. U mana shunday belgiga ega bo‘lgan gaplarni performativ ifodalar deb nomlashni tavsiya etadi.
Dj.R. Ostin harakat ifodasi (performativlar) xususida so‘z yuritar ekan, ularning muvaffaqiyatli amalga oshishi uchun namunali olti qoidani keltiradi. Ana shu qoidalardan bittasiga rioya qilinmasa ham harakat ifodasi muvaffaqiyatsiz amalga oshishini alohida qayd etadi.
“U performativlarni to‘liq va yig‘iq ko‘rinishlarga ajratadi”58 va buni asoslash maqsadida “Ertaga kelaman” jumlasini kontekstdan ajratib beradi. Natijada ifoda tarkibida so‘zlovchi maqsadi oydinlashmay qolishini inobatga olmasdan, uni yig‘iq harakat (performativ) ifodasi deb ko‘rsatadi. Biroq bu jumla orqali bayon qilingan “vaoda”, “ogohlantirish”, “tasdiq”, “qo‘rqitish” maonolari umumlashtiriladigan bo‘lsa, muallif haq deb qarash mumkin.
Performativlar oshkora va yashirin belgiga ega bo‘ladi. “Men ertaga boraman” yashirin performativ ifoda deb qaraladigan bo‘lsa, huddi shu ifodani talaffuz aktining mikrosemantik bo‘laklari bo‘yicha tahlil qilinsa, yaoni mazmuniy bo‘laklarga bo‘linsa, oshkora harakat ifodasi yuzaga keladi. “Men vaoda beraman” (“menlik” modus ko‘rinishi), “Ertaga, albatta, boraman”(propozitsional mazmun).
Ifodaning performativlik belgisi sifatida uning ikki asosiy xususiyati inobatga olinadi. Birinchi belgi sodir etilayotgan voqelik bilan so‘zlashish aktining o‘zaro muvofiqligi deb qaraladigan bo‘lsa, uning boshlang‘ich akti sifatida so‘zlovchiga ma’lum voqelikni sodir etish uchun berilgan “vakolat” so‘zlash akti uchun asos bo‘ladi. Demak, so‘zlovchining ijtimoiy “vakolati” performativlikning birinchi belgisi deb qaraladi. Jumladan, o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kengashni hamma ham ochiq deb eolon qilish huquqiga, vakolatiga ega bo‘lavermaydi. Uni faqat Kengash raisi yoki uning muvoni “Ochiq deb eolon qilishi mumkin”. Bu uning asosiy belgisi sanaladi.
Harakat ifodasining grammatik xususiyati uning ikkinchi asosiy belgisi hisoblanadi. Lingvistik adabiyotlarda ta’kidlanishicha, harakat ifodasi (performativlar) tarkibida qo‘llanuvchi feol I shaxs, birlik, hozirgi zamon, aniqlik feoli, aniq nisbatda qo‘llanadi59. Dj.Ostin taobiri bilan aytiladigan bo‘lsa, “bu shakl bilan boshqa shaxs va zamondagi feollar o‘rtasida sistematik tarzda asimmetriya namoyon bo‘ladi. Aynan mana shunday asimmetriyaning mavjudligi performativ feolning asosiy belgisi sanaladi. Performativlarning yuqoridagi shaklda qo‘llanishi ularning grammatik chegarasi - asosini belgilaydi”60. Ana shu grammatik asosning yo‘qolishi bilan ifodaning performativlik darajasi nolga teng bo‘ladi va u ifoda tasviriy belgiga ega bo‘ladi. Masalan:
Oq podsho qadamba-qadam ko‘radi. Adirma-adir ko‘radi.

Yüklə 372,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə