Nutqiy akt nazariyaSI



Yüklə 372,33 Kb.
səhifə14/17
tarix24.12.2023
ölçüsü372,33 Kb.
#159276
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
hakimov nutqiy akt

Majburiyat aktlari
Navbatdagi akt so‘zlovchining ichki kommunikativ niyat, maqsadi bilan bog‘liq ravishda kommisiv akt - majburiyat aktlari deb nomlanadi. Bu akt mohiyatiga ko‘ra so‘zlovchi kelgusida nimanidir yoki qaysidir faoliyatni bajarishni o‘z oldiga
maqsad qilib qo‘yadi. Nutq ishtirokchilari o‘zaro kommunikativ munosabat jarayonida kimningdir majburiyat aktlarini ifoda etayotganligini anglab turadilar. So‘zlovchi o‘z nutqiy harakati orqali kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan biror faoliyatni o‘z zimmasiga oladi. Bunday maonolar verbal va noverbal kommunikatsiya jarayonida barcha ishtirokchilarga ma’lum bo‘ladi. Jumladan, “Men ertaga kelaman” deyish bilan vaoda akti ifodalansa, “Men Vatanimni ko‘z qorachig‘iday saqlayman” ifodasida “qasamyod” va “vaoda” aktlari majburiyat sifatida qabul qilinadi.
O‘zbeklar nutqiga xos etiket qoidalari barcha nutqiy aktlarda u yoki bu tarzda namoyon bo‘ladi. Majburiyat aktlarida, ayniqsa, so‘zlovchi o‘z zimmasiga kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan faoliyatni oladi, bu uning nutqida kommunikativ niyat, (illokutiv) maqsad sifatida namoyon bo‘ladi:
- Otabek kabi bir yigitni o‘g‘il qilish sharafiga noil bo‘la olsam, o‘zimni eng baxtli otalardan sanar edim, - dedi nihoyat qutidor, - ammo bu to‘g‘ridag‘i hamma ixtiyor o‘z qo‘limda bo‘lmay, orada ko‘krak suti berib o‘stirg‘an xotin ham bor... Bu ish uchun yolg‘iz o‘zim qabul javobi bersam-da, onasi bir chekkada qoldirilsa, ehtimol, puxta ish qilmag‘an bo‘larmiz. Agar maslahat ko‘rsalaringiz bu to‘g‘rida uning bilan kengashib ko‘rar edim. (A.Qodiriy)
Majburiyat aktlari “vaoda”, “tasdiq”, “xabar” kabi maonolarni ifoda etadi. Bunday aktlar, ko‘pincha, sotsial komponentlar orasida kuzatiladi:
Hasanali bekning ipidan-ignasigacha bo‘lgan qiziq holini uzoq kuzatib turdi. Lekin Otabek xayol surishdan zerikmasa ham, Hasanali kuzatishdan zerikdi:
- Menda yumushingiz yo‘qmi?
Bu yerda majburiyat, masouliyat ottenkasi birinchi darajali hisoblanib, “men ketsam bo‘ladimi, menga ruxsatmi” mazmunidagi so‘rov akti bilan birga “endi yotsangiz bo‘lardi” tipidagi iltimos akti ham anglashiladi.

  • Talablaringiz o‘rinli, -dedi qushbegi,-ammo xasmingizni bu majlisga hozirlash uchun vaqtimiz ozdir va lekin bu kun uni qo‘lga olarmiz va birisi kun beshovingizni bir yerga jamlab o‘z hukmimizni berarmiz, - dedi. (A.Qodiriy)

  • Ekspressiv aktlar.

Nutq ishtirokchilarining psixologik holati va ichki his-tuyg‘ulari bilan aloqador nutqiy aktlar ekspressiv aktlar sanaladi. Ekspressiv aktlar nutq suboektining emotsional holatini o‘zida ifoda etib, ana shu emotsional holatning mavjud yoki mavjud emasligi so‘zlovchi nutqiga xos kommunikativ niyat (illokutiv) aktiga xos mohiyatning haqiqiylik darajasini belgilaydi.
Dj. R. Serlning ta’kidlashicha, “bu sinfga xos illokutiv maqsad propozitsional mazmun doirasidagi psixologik holatni ifodalashdir.53
Ekspressiv aktlarning xarakterli xususiyati shundaki, mavjudlikdagi sodir etilayotgan voqelikning propozitsional mazmundagi ifodalanish darajasi nutq ishtirokchilarining o‘sha vaziyatdagi psixologik holati bilan muvofiq bo‘lishi shart. Shundagina, ekspressiv nutqiy aktlar vositasida bayon qilingan so‘zlovchining illokutiv maqsadi muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. Ekspressiv xarakterdagi nutqiy aktlarda illokutiv mazmun “minnatdorchilik bildirmoq”, “tabriklamoq”, “kechirim so‘ramoq”, “his qilmoq”, “afsuslanmoq”, “salomlashmoq” kabi maono bilan ifodalanadi. Ekspressiv tipdagi aktlarda so‘zlovchi o‘z his-tuyg‘ularini propozitsiya tarkibida namoyon etadi.Masalan:
- Men nima der edim... Siz nimani maoqul ko‘rsangiz shu-da,- dedi. Hasanalining tushunmaslik orqasida bu javobi O‘zbek oyimga nihoyatda yotishib keldi:
- Barakalla, Hasan, Ana shuning ilojini o‘zing qilasan.(A.Qodiriy)
Bunday nutqiy aktlarning bayonida so‘zlovchining illokutiv maqsadi hamda nutq ishtirokchilarining o‘zaro munosabati nutq vaziyatiga ko‘ra yig‘iq (implitsit) va to‘liq (eksplitsit) bo‘lishi mumkin:
- Ammo bir bechoraga jabr ham xiyonat...
Xoji o‘g‘lining maqsadiga darrov tushuna olmadi va so‘radi:
- Kimga xotiningami?
- Yo‘q, sizning olaturgan keliningizga.
O‘g‘lingizning vujudi bilan orzungizni qondirish oson bo‘lsa ham, keliningiz qarshisida meni jonsiz haykal o‘rnida tasavvur qilingiz!(A.Qodiriy)
Bu ifodada Otabek o‘z fikrlarini yig‘iq shaklda bayon qiladi va emotsional holatni ifoda etuvchi “istamaslik” nutqiy akti anglashiladi.
Emotsional holatni ifoda etuvchi nutqiy aktlarning to‘liq shaklida nutq ishtirokchilarining o‘zaro munosabati keskin tus oladi, ko‘pincha, matn mazmunidan anglashiladigan nutqiy aktlarning oshkora ifodasida nutq ishtirokchilarining ekspressiv munosabati yuqori nuqtaga ko‘tariladi, hatto baozi holatlarda matn mazmunidan anglashiladigan nutqiy aktlar ritual (milliy urf-odat bilan bog‘liq) belgilar bilan bog‘lanadi:
Zunnunxo‘ja... shuning uchun Sidiqjondan baland kelishga tirishib, jahl bilan:
- Yana nima kerak?- dedi.
- Yana nimam bor:
-Kirmaysiz kolxozga!
-Kiraman!
-Kirmaysan!
-Ahmoq!
- Ahmoq bo‘lmaganimda shu ahvolga tusharmidim!
-G‘alchani izzat qilsang chorig‘i bilan to‘rga chiqadi.
- G‘alcha bo‘lmasam to‘pimdan ayrilarmidim.
Ayrilganni bo‘ri yer, deydilar(afsuslanish nutqiy akti)
-Men bo‘ri bo‘ldimmi?!It!
- Qulluq!.. Biz it bo‘lsak bo‘ynimizdagi tilla zanjiringiz o‘zingizga: yangichasiga aytganda, men qizingizni xohlamayman, eskichasiga kerak bo‘lsa - uch taloq qo‘ydim. (A.Qahhor).

Yüklə 372,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə