Atrof muhitni muhofaza o'rmonlar o'tloqlar tabiat qo'riqxonalari reja



Yüklə 21,22 Kb.
səhifə1/3
tarix29.11.2023
ölçüsü21,22 Kb.
#140302
  1   2   3
ATROF MUHITNI MUHOFAZA O\'RMONLAR O\'TLOQLAR TABIAT QO\'RIQXONALARI


ATROF MUHITNI MUHOFAZA O'RMONLAR O'TLOQLAR TABIAT QO'RIQXONALARI


REJA:
1. Tabiatdan foydalanish jarayonining umumiy ta’rifi.
2. Tabiatdan foydalanishda tabiat qonuniyatlarini hisobga olish.
3. O’rmonlar, o’tloqlar, tabiat qo’riqxonalari miliy bog’lar.
4. O‘zbekistonda bioxilmaxillik qisqarishi.

Tabiat bilan inson o'rtasidagi munosabatlar hammani qiziqtirib kelayotgan eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, ilmiy – texnika taraqqiy etgan hozirgi davrda inson bilan tabiat orasidagi munosabat muammosi yanada keskin tus olmoqda.


Tabiat butun jonli mavjudotlarni rivojlanishiga hamda uning moddiy-ma'naviy ehtiyojlarini qondirivchi birlamchi manbadir. Inson tabiatning ajralmas bir qismi, ammo u tabiatning boshqa elementlaridan aql-zakovati, ongliligi bilan ajralib turadi.
Inson butun mehnat faoliyati davomida tabiatda yashab unga ta'sir etib yashashi uchun zarur bo'lgan barcha narsalarni oziq-ovqat, kiyim-bosh, qurilish materiallari, energetik va mineral resurslar va boshqalarni mehnati natijasida tabiatdan oladi.
XX asrning 50-yillaridan boshlab fan-texnikaning jadal rivojlanishi insoniyatning tabiatga ta'siri miqyosi va darajasining keskin ortishiga olib keldi. Inson qudratli texnika yordamida biosferadagi modda va energiya almashinuvi jarayonlariga bevosita ta'sir ko'rsatib, ayrim joylardagi tabiiy muvozanatning buzilishiga sabab bo'ladi. Tabiiy resurslarning mislsiz o'zlashtirilishi, sanoat ishlab chiqarishning ortishi, transport vositalari sonining ko'payishi atrof muhitni kuchli ifloslanishi muammosini keltirib chiqaradi. Natijada havo va suv ifloslanmoqda, tuproq eroziyasi tezlashmoqda, o'simlik va hayvonlarning ba'zi turlari yo'qolib yoki kamayib ketmoqda. Chunki bugungi kunda inson ixtiyorida radioaktiv moddalar, raketa va kosmos texnikasi, avtomatika va elektronika, sintetik materiallar, kimyoviy mineral o'g'itlar, zaharli ximikatlar, har xil mashinalar, tovushdan tez uchar transport turlari va boshqalar mavjud. Shu tufayli kishilar tabiatga ko'proq ta'sir etib, uni tezlik bilan o'zgartirmoqda. Bugungi kunda er va suv yuzasida kishilik jamiyati faoliyatining bevosita va bilvosita ta'siriga uchramagan tabiiy landshaftlar qolmadi. Bunday holatda tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalasi juda muhim muammoga aylanib qoldi. Hozirgi kunda insoniyatning ehtiyojlari uchun er ostidan 120 mlrd. tonnadan ortiq foydali qazilmalar olinadi. Xalq xo'jaligining turli tarmoqlarida yiliga 4000 km3dan ortiq suv ishlatiladi, yonish jarayonlariga 15 mlrd. tonna kislorod sarf bo'ladi. YUNYEP ma'lumotlariga ko'ra (1995 y.) har sekundda atmosferaga 200 tonnadan ortiq karbonat angidrid gazi chiqarilmoqda va 750 t unumdor tuproq qatlami yo'qotilmoqda; har kuni 47 ming ga o'rmon buziladi, 346 ming ga yaqin erlar cho'lga aylanadi; taxminan 100-300 tur o'simlik yo'qolayapti.
Sayyoramizda kishilar hayotining farovonligi uchun albatta tabiiy resurslardan foydalanish kerak. Lekin tabiiy resurslardan foydalanishda nihoyatda ehtiyotlik bilan ularni qayta tiklashga alohida e'tibor berish bilan birga olib borilishi kerak. Biz tabiatga ta'sir etib, undan o'zimiz uchun zarur bo'lgan narsalarni olayotganimizda, shunday ish qilaylikki, akademik YE.K.Fedorov aytganidek, «Tabiatdagi o'zgarishlar insoniyat uchun naf keltirsin». Lekin hozircha insonning xo'jalik faoliyati tufayli vujudga kelgan har xil chiqindilarni (zaharli gazlarni, iflos suvlarni, ximiyaviy va neft mahsulotlarini, radioaktiv moddalarni va boshqalarni) atrof muhitni tiklash, erlardan ba'zan noto'g'ri foydalanish, biologik resurslarga nisbatan noto'g'ri munosabatda bo'lish oqibatida tabiat ifloslanib, tabiiy resurslarning holati yomonlashib bormoqda. Bu esa o'z navbatida tobora chuqurlashib borayotgan ekologik muammoni tub mohiyatini tushunib olishni, tabiat bilan jamiyat orasidagi munosabatlarni to'g'ri tashkil etishni, tabiiy resurslardan to'g'ri foydalanib, uni qayta tiklab boyitib borishni, atrof muhitni toza saqlab, xalq boyligi hisoblangan tabiiy resurslarni kelajak avlodlar uchun sof holda etkazishni taqoza etadi.
Ma'lum darajadagi tabiiy resurslarning ekologik buzilishi (kamayishi), katta hududlarda yangi ekologik falokatlarga olib keladi. Masalan, tog'li joylardagi o'rmonlarning qirqilishi sel kelishiga sabab bo'lib, u pastki joylardagi ekinzorlarni suv bosishiga sabab bo'ladi.
Tabiatga ta'sirning kuchayishi aholi sonining keskin oshishi bilan ham bevosita bog'langan. Ularning iste'mol tovarlarga bo'lgan talablarining ko'payishi fan va texnikaning taraqqiyoti tufayli tabiiy boyliklarning ko'p miqdorda olinishi sayyoramizda global darajadagi ekologik muammolarni kelib chiqishiga sabab bo'lmoqda.
Fan-texnika taraqqiyoti urbanizasiya jarayonining jadallashuviga olib keldi. Urbanizasiya deganda shaharlar salmog'inining ortishi, shahar turmush turmush tarzini keng yoyilishi tushuniladi. Hozirda er yuzi aholisining yarmidan ortig'i shaharlarda yashamoqda. XX asrning oxirida sayyoramiz aholisini, deyarli yarmi shaharlarda yashadi, XXI asrda esa undan ham ko'p aholi shaharlarda yashaydigan bo'ladi. 65 yil davomida rivojlanayotgan mamlakatlar shaharlarining aholisi 10 marta oshdi. 1985-2000 yillarda rivojlanayotgan mamlakatlarning aholisi 750 mln.ga kupaydi.
Aholi, sanoat va transport zich joylashgan shaharlar biosfera ifloslanishining asosiy manbalari hisoblanadi. Yirik shaharlarni harakatdagi vulqonlarga o'xshatsa bo'ladi. Ular har kuni atrof muhitga minglab tonna zararli birikmalar, iflos oqovalar, qattiq chiqindilar, issiqlik chiqarib turadi. Shaharlarda aholining kasallanish darajasi ham yuqori hisoblanadi. O'zbekistonda aholining 40% shaharlarda yashaydi. Toshkent va boshqa yirik shaharlarda ancha murakkab ekologik vaziyat kuzatiladi. Urbanizasiyaning salbiy oqibatlarining oldini olish shu kunning dolzarb ekologik muammosi hisoblanadi.
Ba'zi mamlakatlarda odamlar juda ko'payaborib, mavjud tabiat boyliklari, etishtirilgan oziq-ovqat, energiya, uy-joy, sog'liqni saqlash sohasida olib borayotgan ishlarning darajasi ko'payotgan odamlarning talabini qondira olmay qoldi. Asosiy masala o'sayotgan odam sonining mavjud resurslarga to'g'ri kelishidadir. Bundan tashqari aholi ma'lumotini oshirib borish ham muhim ahamiyatga ega, chunki mavjud resurslarni o'zlashtirish uchun bilimli odamlar kerak bo'ladi. Har bir mamlakat aholisining soni shu mamlakatda mavjud tabiiy boyliklar miqdoriga va ishlab chiqarish vositalariga mos kelishi kerak. Muammoni hal qilish uchun har bir mamlakatda aholi sonini boshqarish borasida tadbirlar o'tkazilishi kerak.
Hukumat rahbarlari o'z mamlakatlari aholisining uzoq yillarga mo'ljallangan demografik siyosatini aniqlab, bunda ularni sosial, madaniy, iqtisodiy ta'minlanishi, oila soni, ularni ma'lumot olish imkoniyatlarini e'tiborga olishlari kerak. Kishilar nafaqat texnik bilimlarni o'zlashtirishlari, axloqiy jihatdan ham etuk bo'lib shakllanishlari kerak. Ayniqsa, sivilizasiyadan uzoqroq bo'lgan, qabila bo'lib yashovchi kishilar alohida e'tiborga muhtoj, chunki iqtisodiy rivojlanish kuchlari ularning azaldan yashab kelgan hayot tarzini o'zgartiradi (o'rmon, tabiat boyliklarini o'zlashtirilishi). Hukumat rahbarlari ularni tan olib, oddiy aholi fikrlarini e'tiborga olishlari kerak, yangi ishlab chiqarish texnologiyalariga o'rgatib, ularni jalb qilish lozim.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning shahar rahbarlari shahar xalqini toza suv, sanitariya, maktab, transport kabilarga bo'lgan talabini qondirish uchun etarli mablag'ga va xuquqga ega emaslar. Buning oqibatida shaharlarda odamlar o'zlariga oddiy qulayliklarga ega bo'lmagan uy-joy qurib olmoqdalar (shahar chetlarida). Bular har xil yuqumli kasalliklarni ko'payish manbaiga aylanib, tashqi muhitni buzadi.
Urbanizasiya muammosini hal qilish uchun hukumat rahbarlari uzoq yillarga mo'ljallangan aholi punktlarini rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishlari kerak. Qaysiki u kichikroq shaharlarni va unga yaqin qishloq xo'jaligini rivojlantirish choralarini ko'zda tutadi. Bu bilan katta shaharlardagi yuklama (nagruzka) kamayadi. Buning uchun soliq, narx qo'yilishi, transport, sog'liqni saqlash, sanoat sohasida qilinadigan ishlarni o'zgartirishlari lozim.
Atrof muhitni muhofaza qilishda tabiatdagi jarayon va hodisalarning uzviy bog'liqligi, resurslardan foydalanishda mahalliy sharoitlarni hisobga olish, bir resurs yoki tabiat komponentini muhofaza qilish orqali boshqa komponentlarning ham muhofazasini ta'minlash, ishlab chiqarish jarayonida tabiatni muhofaza qilish kabi prinsip va qoidalarga amal qilish lozim. Tabiatni muhofaza qilishning ilmiy, iqtisodiy, sog'lomlashtirish, tarbiyaviy, estetik va boshqa turli maqsadlarni ajratish mumkin.
Inson kundalik xayot ehtiyojlarini qondirish uchun tabiatni o'zgartiradi va undan foydalanadi. Tabiatdan foydalanish muhim siyosiy va sosial-iqtisodiy muammo hisoblanadi. Tabiiy resurslardan foydalanish, muhitning ifloslanishi davlatlararo kelishmovchilik, hatto urush harakatlarini keltirib chiqarishi mumkin. Tabiatdan foydalanish talablarining buzilishi katta iqtisodiy zarar etkazmoqda.
Jamiyat hayotini yashash vositasi bo'lgan turli tabiiy resurslarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Tabiiy resurs deganda insonning hayoti, xo'jalik faoliyati uchun zarur bo'lgan barcha tabiiy jismlar, hodisalar, jarayonlar tushuniladi. Xilma-xil tabiiy resurslar jamiyat mavjudligining asosiy manbalari hisoblanadi. Tabiiy resurslar tasnifini bilish uchun ulardan oqilona foydalanishda muhim ahamiyatga ega. Suv va havo sifat jihatdan tugaydigan resurs hisoblanadi. O'simlik va hayvonlarni faqatgina ma'lum populyasiyasi saqlanib qolgan holdagina qayta tiklash mumkin. YEr osti qazilmalarning tiklanmasligini hisobga olib, ulardan oqilona foydalanish katta ahamiyatga ega.



Yüklə 21,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə