Mulkining subyektlari



Yüklə 17,98 Kb.
tarix27.09.2023
ölçüsü17,98 Kb.
#124309
#6.3 atamalar


MULK OBYEKTI – inson yaratgan moddiy va madaniy boyliklar, tabiat boyliklari, intellektual mehnat mahsuli va insonning mehnat qobiliyati (ish kuchi). 
Ma’muriy-territorial tuzilma mulkining subyektlari (kommunal mulk) deyiladi.
Xususiylashtirish - davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy subʼyektlarga oʻtishi jarayoni, xilmaxil mulkchilikni shakllantirish, iqtisodiyotni davlatlashtirishdan qaytish yoʻllaridan biri. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish X.dan tashqari shu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarini vujudga keltirishni ham nazarda tutadi (qarang Davlat mulkini xususiylashtirish, Davlat tasarrufidan chiqarish).
Davlat tasarrufidan chiqarish — davlat korxonalarini jamoa, ijara korxonalariga, aksiyali jamiyatlarga, masʼuliyati cheklangan jamiyatlargadavlatga qarashli mulk boʻlmagan boshqa korxonalarga aylantirish. Mulkni D.t.ch. (yoki xususiylashtirish) davlat korxonasi asosida xususiy va aralash mulk shakllarini vujudga keltirishda namoyon boʻladi. SSSR parchalanganidan keyin Sharqiy Yevropa va MDH davlatlarida bozor iqtisodiyotiga oʻtishda D.t.ch. iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda bosh yoʻnalish.
Natural Ishlab chiqarish — jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqtisodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayoni; ishlab chiqarish omillarini isteʼmol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. Ishlab chiqarish inson hayotining tabiiy sharoiti va boshqa faoliyat turlarining moddiy asosidan iborat. Kishilik jamiyati taraqqiyotining hamma bosqichlarida Ishlab chiqarish zarur. Uning mazmunini mehnat jarayoni belgilaydi.
Tovar (rus.) — 1) ishlab chiqarish, iqtisodiy faoliyatning moddiy buyum shaklidagi har qanday mahsulot; 2) sotuvchilar va xaridorlar oʻrtasida oldi-sotdi, bozor munosabatlari obʼyekti. T. bozorda sotish, ayirboshlash uchun va shu orqali boshqalarning ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqariladigan mehnat mahsulotidir. T. faqat moddiy shaklga ega boʻlmay, u turli xizmatlar, maʼnaviy neʼmatlar va boshqa koʻrinishlarda ham boʻlishi mumkin. T. shaklini olgan mahsulot ikki yoqlama xususiyatga ega.
Tovar ishlab chiqarish ijtimoiy-iqtisodiy tizimlari turli foydalanish uchun tashkiliy munosabatlar majmui hisoblanadi. Biroq, mahsulot soni va qiymati o'zgartirilishi mumkin emas. Shuning uchun, uning tarixi davomida, tovar iqtisodiyoti bir qator o'zgarishlar ro'y berdi. dastlabki qadam bu shunchaki qo'l mehnati yordamida hunarmand va dehqonlar bor edi, bir cheksiz xizmatlari, deb. Bu bosqichda, tabiiy va tovar ishlab chiqarish yaqindan bir-biri bilan yonma-yon. Bu tufayli past ishlab chiqarish edi. dominant pozitsiya tovar ishlab chiqarish rivojlangan ishg'oli ostida bo'lgan C, kapitalistik tizim, iqtisodiy rivojlanishida yangi bosqich hisoblanadi. Barcha mahsulot toifali bozoriga o'tib qiymatini yaratish va sotish va harid predmeti yollanma edi mehnat.
Naflilik — moddiy va maʼnaviy neʼmatlar, tovarlarning oʻz xususiyatlariga koʻra, ehtiyojlarni qondirish xossasi; tovarlar va xizmatlarni isteʼmol qilishdan har bir shaxs ola-digan muayyan qoniqish. Iqtisodiy nazariyaning asosiy tushunchalaridan biri. N. darajasi — subyektiv tushuncha, u shaxsning manfaati, u yoki bu neʼmatga intilishiga bogʻliq. Neʼmatlarning inson uchun muhimligi va ahamiyati ularning inson uchun nafliligiga — ular qondiradigan ehtiyojlarning ehtiyojlar tartibidagi oʻrniga, darajasi.
Ijtimoiy zaruriy naflilik-deb talab miqdoriga mos keladigan miqdordagi naflilikka aytiladi.
Har bir tovar ma`lum bir naflilikka ega, lekin bu naflilik uni yaratuvchining wz ehtiyojlarini emas, balki ayirboshlash orqali boshqa kishilar talabini qondiradi, ya`ni tovarning ijtimoiy nafliligi hisoblanadi. Bozor har qanday naflilikni emas, ijtimoiy naflilikni hisobga oladi. Agar bu fikrni yanada rivojlantirsak, bozor ijtimoiy zaruriy naflilikni, ya`ni jamiyat uchun (xaridorlar uchun) zarur miqdordagi naflilikni hamda shu ijtimoiy zaruriy miqdordagi naflilikni ishlab chiqarish uchun sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnatni hisobga oladi. Ijtimoiy naflilik tovarlarning boshqa tovarlarga ayirboshlanish qobiliyatiga ega bwlganligi uchungina wzining yaratuvchisini qiziqtiradi. Tovarning ayirboshlanuvchanlik xususiyati almashuv qiymati nomini oladi. Tovarlarni sotishda ularning narx ko’rsatkichi almashuv qiymatini yaqqol ko’rsatadi. Inson mehnati bilan yaratilmagan ko’plab ne`matlar masalan, buloq suvlari, yovvoyi daraxt mevalari ma`lum naflilikka ega bwladi. Lekin ular har doim ham tovar bo’lavermaydi. Masalan, bu ne`matlar o’sha joyning o’zidan olinib, iste`molchi tomonidan iste`mol qilinsa tovar hisoblanmaydi. Ne`matlar tovar bo’lishi uchun, ular ayirboshlashga mo’ljallangan, ma`lum mehnat sarflangan, bozorga sotishga chiqarilgan bo’lishi zarur.
QIYMAT — tovarda gavdalangan ijtimoiy mehnat. Qiymatga asoslanib, tovarlar o’lchovdosh hisoblanadi va bir-biriga ayirboshlanadi. Bozorda, avvalo, ikki inson — sotuvchi va xaridor munosabatga kirganlari uchun tovarlar sotiladi va sotib olinadi. Shuning uchun tovar o’zida insonlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni gavdalantiradi. Qiymat tovarning xossasi hisoblanadi.
Yüklə 17,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə