Maktabgacha taʼlim muassasalarida nutq oʻstirish mashg'ulotlari



Yüklə 16,42 Kb.
tarix05.10.2023
ölçüsü16,42 Kb.
#125634
DMTT


MAKTABGACHA TAʼLIM MUASSASALARIDA NUTQ OʻSTIRISH MASHG'ULOTLARI”
Namangan viloyati Norin tumani
7-DMTT tarbiyachisi
Mavlyanova Zohida Karimjonovna
Jamoldinova Malika Kimsanboyevna

Annotatsiya: Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq madaniyatini shakllantirish, bolalarni nutq faoliyatini rivojlantirish masalalari to’g’risida fikr yuritilgan bo’lib, unda bolalarning muloqot qilishga ehtiyojmandligi, o’zga tillarni o’rgatish qoidalari, bolani shaxs sifatida shakllantirish haqida fikr – mulohazalar keltirilgan.
Kalit so’zlari: nutq madaniyati, muloqot, lingvistika, sof lingvistika, zamonaviy lingvistika, emotsional munosabatlar, birgalikdagi faoliyat, tovushli munosabat, kommunikativ omil, intellekt
Inson biror – bir tushunchani xoh u maishiy bo’lsin, xoh ilmiy bo’lsin, uning so’z qobig’isiz yashashi qiyin. Shu tufayli biz o’z bilimlarimizni tilimizda qayd etishimiz, ularni boshqa odamlarga yetkazishimiz va til orqali yangi bilimlarga ega bo’lamiz. Insonning yana bir o’ziga xos xususiyati bu – boshqa odamlar bilan muloqotga ehtiyojmandligi sababli, dastlab til paydo bo’lgan. Muloqotga ehtiyojmandilik doimo tilni egallashga olib keladi. Bola so’zlashishni o’rgatishdan maqsad shuki, uning kattalar bilan birgalikdagi faoliyatida ishtirork
Maktabgacha yoshdagi bolalarni nutq faoliyatini rivojlanishi murakkab ruhiy jarayon bo’lib, u faqat bolaning eshitgan nutqiga taqlid qilishidan iborat emas. Bu esa, bolalarda umuman muloqot faoliyatini rivojlantirish bo’lsa, birinchi navbatda, muloqotga ehtiyoj mavjudligi bilan bog’liqdir. Bola borliqning yangi tomonlariga yo’naltirilganligi: amaliy faoliyatdan olamni, so’ngra odamlarni, ularning munosabatlarini o’rganishga o’tishi yangi maq-sadlarga xizmat qiluvchi yangi muloqot vositalari zaruratini keltirib chiqaradi. Bola leksikani kengaytirish, uning o’z kechinmalarini yanada keng va xilma – xil ifodalashni o’zlashtirishi uchun imkoniyat yaratadi.
Bola nutqini zamonaviy va to’laqonli rivojlantirish uchun atrofdagi odamlar bilan o’zaro hamkorlik qilish orqali bolaning muloqotga bo’lgan ehtiyoj tarkibini boyitish zarur. Bolalarning nutqni egallab olishlarining sababi ularning muloqot faoliyatlarining asosini ehtiyoj- motivatsiyasini tashkil qilishi, uning tarkibi o’zgarganligidadir. Bolalar bog’chasida verbal boshqarish jarayonida bolalarni nutqi sust shakllanadi. Demak, ushbu bosqichda bo’lgan davrning asosiy ahamiyati shundan iboratki, ularni nutqi ravon bo’lishida uning ichida navbatdagi bosqichi – faol nutq paydo bo’lishi bosqichiga o’tish uchun zarur bo’lgan sharoit vujudga keltiriladi. Bolaning faol nutqini o’zlash-tirishining ikkinchi bosqichida uchta asosiy jihat ajralib chiqadi. Ular qo’yidagilardir:
- emotsional munosabatlar;
- birgalikdagi faoliyat ya’ni hamkorlik, davomidagi munosabatlar;
- tovushli munosabatlar.
Nutqni rivojlantirishning uchunchi bosqichida – bolaning materiyasi leksika va grammatika bolaning muloqot vazifasini o’zlashtirgan holda katta-lar bilan muloqotga bo’lgan ehtiyojga va uning tarkibiga uzviy bog’liq bo’ladi. Bu bola nutqining yangi, yanada murakkab va keng qamrovli jihatlarini o’zlashtirishiga olib keladi.Bolaning ruhan shakllanishida nutqning hal qiluvchi o’rinni egallashi uning turli bosqichlarda rivojlanishiga yordam beruvchi shart – sharoitlar va omillarning ahamiyatini yanada oshiradi. Bolalar nutqini rivojlantirishni rag’batlantiruvchi yoki uni sekinlashtiruvchi kuchlarni aniqlash ushbu jarayonda aniq maqsadni ko’zlagan holda pedagogik say – harakatlarni uyushtirish kalitidir.
Tilning fikrlash bilan mustahkam uzviy bog’liqligi kishlarning ishlab chiqarish faoliyati, fikr almashish va birgalikda harakat qilish zarurati tufayli yuz beradi. Garchi til va fikrlash bir – birisiz mavjud bo’la olmasada, ular aynan bir hodisaga taalluqli emas. Fikrlash – obyektiv borliq aksi, til esa – fikrni ifodalash, mustahkamlash va uni boshqa kishilarga yetkazish usuli hisoblanadi. So’z va tushuncha dialektik jihatidan o’zaro bir – biriga bog’liqdir.
Agarda bolada atrofidagi kattalar beshikdalik chog’idan boshlab to’g’ri so’zlashga o’rgatsalar, bu holda bunday bola intellektual jihatdan normal rivojlanadi: unda tasavvur qilish, so’ngra fikrlash va hayol surish qobiliyati paydo bo’ladi; har bir yosh bosqichda bu qobiliyat takomillashib boradi. Bola intellektining rivojlantirish bilan bir vaqtda uning emotsional – irodasi ham takomillashib boradi.Bolaning hayoti kattalar turmush faoliyatiga uyg’unlashgan bo’ladi. Ayni paytda bolada unga ta’sir o’tkazish uchun biror – bir o’ziga xos insoniy vositaga ehtiyoj mavjud bo’lmaydi. Mazkur rivojlanishning asosiy genetik vazifasi - kichkintoylarda katta odam bilan muloqotga kirishish qobiliyati va vositalarini shakllantirishdan iboratdir. Maktabgacha yoshdagi tarbiyachining bolalarga o’z ona tilini o’rgata olish qobiliyati uning kasbiy tayyorgarligining muhim ko’rsatkichi hisoblanadi. Bolaga tabiat ato etgan barcha aqliy qobiliyatlar ona tilini o’zlashtirish, ayniqsa, uni maktabgacha yoshda o’rganib olishi tufayli yuzaga chiqadi hamda rivojlanadi.
Bolalarning ona tilida avloddan – avlodga o’tib kelayotgan xalq ma’naviy boyliklarini qanchalik meros qilib olishlari, tarbiyalanuvchilarning kelgusida o’z davrining ilmiy yutuqlarini o’zlashtira olishlari, ularning insoniyatning ilg’or she’riy va estetik ideallariga sodiqligi, ya’ni mustaqil O’zbekistonda demokratik jamiyatning to’laqonli quruvchilari bo’la olishlari tarbiyachiga bog’liqdir. Har bir xalqning, millatning tili uning nutqidagi boyliklari bilan o’lchanadi. Buyuk allomalar, donishmand va mutafakkirlar ham kishilar o’rtasidagi o’zaro aloqa quroli bo’lgan tilni boytishga, uning ohangi va talaffuzi qoidalariga katta e’tibor va hurmat bilan qarashgan.

Til bilan fikrlashning o’zaro uzviy bog’liqligi haqidagi qoida bolalarga ona tilini o’qitish tizimini ishlab chiqish, ta’lim va tarbiya ishlarining o’zaro bog’liqligi haqidagi talabni asoslash uchun hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Intellekt, ya’ni tashqi dunyoni xotira, tasavvur, xayolot, fikrlash, shuningdek, nutq yordamida anglash qobiliyati – bu insonni hayvondan ajratib turuvchi muhim xususiyatlaridir. Intellekt, ham, nutq ham insonda ilk bolalik yoshida paydo bo’ladi u o’smirda va yosh yigitga faqatgina uning organizmi rivojlanayotgani Bolalarning ona tilida avloddan – avlodga o’tib kelayotgan xalq ma’naviy boyliklarini qanchalik meros qilib olishlari, tarbiyalanuvchilarning kelgusida o’z davrining ilmiy yutuqlarini o’zlashtira olishlari, ularning insoniyatning ilg’or she’riy va estetik ideallariga sodiqligi, ya’ni mustaqil O’zbekistonda demokratik jamiyatning to’laqonli quruvchilari bo’la olishlari tarbiyachiga bog’liqdir. Har bir xalqning, millatning tili uning nutqidagi boyliklari bilan o’lchanadi. Buyuk allomalar, donishmand va mutafakkirlar ham kishilar o’rtasidagi o’zaro aloqa quroli bo’lgan tilni boytishga, uning ohangi va talaffuzi qoidalariga katta e’tibor va hurmat bilan qarashgan.


Nutqni rivojlantirish metodikasi psixolingvistikaning asosiy qoidalari asosida quruladi. Uning “Til inson faoliyatiining barcha sohalarida muloqot vositasi bo’lib, xizmat qiladi” degan qoidasi nutqning rivojlantirish metodikasi dasturilamali bo’lib xizmat qiladi. Shu bois, nutqni rivojlantirish metodikasi, tarbiyachini muloqot vositasi sifatida bolalar nutqini rivojlantirishga oid bilimlar bilan qurollantirishga qaratilgandir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. F. R. Qodirova. R. M. Qodirova. Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. Toshkent- 2006y.
2. Q. Shodiyeva. Nutq o’stirish uslubiyoti. Nashriyot – manba ijodiy uyi. Toshken –2008.
Yüklə 16,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə