Nutqiy akt nazariyaSI



Yüklə 372,33 Kb.
səhifə7/17
tarix24.12.2023
ölçüsü372,33 Kb.
#159276
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
hakimov nutqiy akt

- Tuzukmisiz, ota?
- Xudoga shukur! - dedi Hasanali. - Boyagidan bir oz yengilladim. Mazmuni is tekkan ekan.
- Baozi yumushlar buyursam. (A.Qodiriy, 6-bet).
Ushbu misolda, umuman, Otabekning Hasanaliga munosabati, yaoni undan hol-ahvol so‘rash ifodasi har bir tinglovchi uchun referensial akt hisoblangani holda, undagi buyruq maonosi iltimos akti orqali bayon qilinadi. Nutq predmeti haqidagi referensial akt Otabek, Homid va Rahmatga ma’lum bo‘lgani holda pragmatik aktning hosil bo‘lishidagi argument - tinglovchi tasavvuriga xos o‘sha vaziyatdagi verbal ifodada sotsial notenglik nutqiy aktiga muvofiq kelmasligi Homidda introduktiv aktni hosil qiladi. Bu “Hasanali Otabekka kim ekanligi?” haqidagi oddiy axborotning Homid tasavvuridagi sotsial aktga nomutanosibligidan kelib chiqadi. Mana shunday vaziyatlarda nutqiy akt masalalari sotsial xarakter kasb etadi.
Konvensional tartibda vaoda berish uchun so‘zlovchi o‘zining kelgusi harakatlariga muvofiq keluvchi propozitsiya ifodalashi lozim. So‘zlovchi vaodani o‘z so‘z majburiyatlariga bog‘lamagan holatda bayon etmasligi kerak”26. Propozitsiya tushunchasi vaziyatga ko‘ra turlicha nutqiy aktlarni hosil qilishi mumkin. Masalan: U ertaga boradi jumlasi orqali oddiy “xabar”, “ogohlantirish”, “qo‘rqitish”, “vaoda” nutqiy aktlarini ifodalash mumkin. Jumladan, propozitsiya nutq suboekti eslatayotgan shaxsni ertaga kelishi haqidagi ma’lumot, xolos. Ko‘rinadiki, nutqiy aktlarning matniy xoslanishi va anglanishini qatoiy ravishda nutq vaziyati boshqaradi. Shuning uchun ham pragmatik nuqtai nazardan nutq vaziyati har qanday nutq uchun mezon vazifasini bajaradi. Nutq vaziyatining mezon vazifasi niyat (illokutiv akt) tushunchasi bilan uzviy bog‘liqdir, chunki so‘zlovchi fahmiy tasavvuri uchun signal vazifasini bajaruvchi barcha perseptiv aozolar oldindan so‘zlovchini nutq vaziyati haqidagi axborot bilan taominlaydi. So‘zlovchi o‘z nutqini shakllantirishdan avval niyat akti bilan nutq vaziyati orasidagi mutanosiblikni saqlaydi hamda o‘z emotsional holati boshqaruvida so‘zlarning semantik maono imkoniyatlarini signifikativ funksiya asosida namoyon qiladi.
Biror ifodani ma’lum kommunikativ maqsad bilan ifodalash illokutiv akt sanaladi. Illokutiv akt axborotning oddiy ifodasi bo‘lib, unda so‘zlovchi niyati yashiringan bo‘ladi. “Propozitsional akt o‘z navbatida murakkab harakat hisoblanib, gapda faqat biror fakt haqidagi munosabatlarning ham ifodalanishidir. Propozitsional va referensial aktlar illokutiv akt uchun xizmat qiladi”.27 Unda ta’kidlanishicha, talaffuz akti boshlanishi bilan propozitsional hamda referensial akt ham mavjud bo‘la boshlaydi. Biror xabarni qabul qilish va uning referensial maonosini qiyoslash natijasida iltimos yoki buyruq, vaoda yoki ogohlantirish, maslahat yoki talab kabi nutqiy aktlar yuzaga chiqadi. A.V.Doroshenkoning ko‘rsatishicha, nutqiy akt faoliyat sifatida mazmuniy va shakliy tomonni qamrab oladi. Nutqiy aktning shakliy tomonga til birliklari, intonatsiya va kinesika aloqador bo‘ladi. Nutqiy aktning mazmuniy tomoni esa propozitsional mazmun (diktum, axborot mazmuni - infinitiv mazmun) va pragmatik komponentlar - illokutiv funksiya, motiv, maqsad, adresatga ta’sir etish taktikasi, nutq ishtirokchilarining sotsial va individual xarakteri, ishtirokchilarning emotsional holatlari va kommunikatsiyaning perlokutiv effektini qamrab oladi.28
Yuqoridagilardan ma’lum bo‘ladiki, nutqiy aktlarda umumiy holda quyidagi komponentlar ishtirok etadi: so‘zlovchi-suboekt-adresant, tinglovchi-adresat, nutq oboekti - nutqiy muloqotning faktik ifodasi hamda nutqiy vaziyat.29 Nutqiy aktni hosil qiluvchi bu komponentlar matnning pragmatik yo‘nalishini tashkil etadi. Nutqiy aktlarning hosil bo‘lishi kommunikatsiya jarayonining mahsulidir. Kommunikatsiya kishilarning o‘zaro bir-birini anglashi hamda oboektiv olam haqidagi xususiy tasavvurlarini birlashtirish uchun xizmat qiladi. Nutqiy aktlar illokutiv funksiyaga ko‘ra oshkora yoki yashirin tarzda namoyon bo‘lishi mumkin.
Nutqiy aktlarning yashirin ifodasiga so‘zlovchining ichki maqsadi, aytmoqchi bo‘lgan fikrining tinglovchi tomonidan qanday anglanishi va bu axborotni u qanday kayfiyat bilan qabul qilishi nazarda tutiladi. Shuning uchun ham bunday nutqiy aktlar “tasdiq” aktidan so‘ng bayon qilingan aktlarni umumyakuni “uzr” aktini bildiradi:
... Anchagina so‘zsiz o‘tirgandan so‘ng hoji muloyimona so‘z ochdi.
- O‘g‘lim, hali sen eshitdingmi, yo‘qmi, haytovur, biz sening ustingdan bir ish qilib qo‘ydik.
Otabek ma’lumki, ularning “qilib qo‘ygan yoki qilmoqchi bo‘lgan ishlarini” albatta bilar edi. Shunday bo‘lsa ham, bilmaganga solindi:
- Aqlli kishilarning o‘g‘illari ustidan qilgan ishlari albatta, nomaoqul bo‘lmas, - dedi. (A.Qodiriy).
Bu matn orqali bayon qilingan axborot tarkibida so‘zlovchi uchun ham tinglovchi uchun ham anglashilgan akt individual illoperlokutiv akt sanaladi. Chunki nutq ishtirokchilarining har ikkisi ham ma’lum kommunikativ maqsad asosida ta’sir etish uchun nutqiy muloqotga kirishadilar. Hoji nutqiga xos kommunikativ maqsad qilmoqchi bo‘lgan ishlaridan Otabekni xabardor etish va uning munosabatini bilish bo‘lsa, Otabekning maqsadi - perlokutiv akt vositasida o‘ta jiddiylik vaziyati bilan “qilib qo‘yilgan ishning” maoqul emasligini ifodalashdir.
Nutqiy aktning oshkora tasvirida esa so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi ichki munosabat oshkora bayon qilinadi:
... Hasanali Otabekni yechintirar ekan, rizosiz ohangda dedi:
- O‘g‘lim, sizga shu shaytoniy ishning nima zarurati bor?
Otabek mastlarcha kuldi:
- Mmmenga zarurati bo‘lmasa, kkkimga zarurati bor?!
- Nima bo‘lganda ham men bu ishingizdan rozi emasman! - dedi Hasanali...
Umuman, nutqiy akt nazariyasiga oid ma’lumotlarni o‘rganish pragmatika va uslubshunoslik sohalarining to‘ldirilishiga, shuningdek, o‘zbek tilshunosligida ham shaxsning ichki maonaviy qiyofasi bilan aloqador holatlarni uning nutqi asosida tahlil qilishning yana bir imkoniyati borligini ko‘rsatish uchun xizmat qiladi.



Yüklə 372,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə