Nutqiy akt nazariyaSI


-§. Nutqiy aktning umumiy mazmuni



Yüklə 372,33 Kb.
səhifə5/17
tarix24.12.2023
ölçüsü372,33 Kb.
#159276
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
hakimov nutqiy akt

4-§. Nutqiy aktning umumiy mazmuni

Oboektiv olamdagi barcha harakatlar insoniyat tomonidan o‘zaro axborot almashinishi natijasida sodir etiladi, moddiy olamda ma’lum o‘zgarishlar yuzaga keladi. Mavjudlikdagi barcha predmetlar, voqeliklar ma’lum so‘zlar bilan nomlanib, ana shu semantik tuzilmalar matnda (nutqda) so‘zlovchi va tinglovchi tomonidan harakatga keltiriladi. Bizni qurshab turgan oboektiv olamdagi barcha harakatlar tilda, aniqrog‘i, nutqda nutq ishtirokchilari fahmiy tasavvuri boshqaruvida bo‘ladi. So‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi o‘zaro muloqotda har bir nutqiy harakat maonolari biror maqsad uchun qaratilgan bo‘ladi. Nutqiy aktlar matn yoki nutq mazmunidan hosil bo‘luvchi umummaonolardir:


... Ular hujraga kelib kirdilar. Otabek keluvchilarni ulug‘lab qarshiladi.
- Bizni kechirasiz, bek aka! - deb Rahmat uzr aytdi. - Vaqtsiz kelib sizni tinchsizladik. (A.Qodiriy. 6-bet).
Bu misolda “uzr” nutqiy akti ifodalanyapti. Nutqiy aktlarning hosil bo‘lishi va ularning to‘g‘ri ifodalanishida gaplarning mantiqan ketma-ket joylashuvi muhimdir. Gaplarning ketma-ket joylashuvi va mantiqiy bog‘lanishi asosida biri ikkinchisi uchun xizmat qiluvchi nutqiy aktlar yuzaga chiqadi. Matnda bayon qilingan axborotning diktal va modal ko‘rinishlari nutq ishtirokchilari tomonidan o‘zaro pragsemantik taqsimot qilinib, ularning o‘zaro munosabati nutqiy aktlar bilan aniqlanadi:
... Hasanalidan so‘radi.
- Tuzukmisiz ota?
- Xudoga shukur! - dedi Hasanali. - Boyagidan bir oz yengilladim. Mazmuni bir oz is tekkan ekan.
- Baozi yumushlar buyursam...
- Buyuringiz, o‘g‘lim.
Bu misollarda “tasdiq”, “ogohlantirish” hamda “rizolik” nutqiy aktlari ifodalangan. “Har qanday nutqiy hodisa ma’lum niyat asosida namoyon bo‘ladi. Odamlar nimadir haqidagi o‘z muhokamalarini bayon qilish niyatida maslahat berish, vaoda berish yoki taklif qilish, tinglovchini biror narsaga ishontirish maqsadida so‘zlaydilar”21. Nutqiy aktlar murakkab nutq harakati bo‘lib, u o‘zida pog‘onali tuzilishga ega bo‘ladi. So‘zlovchi har qanday nutqiy aktda nimanidir aytishni maqsad qiladi, bu maqsad tinglovchi tasavvurida nima uchun hamda nima niyat bilan so‘zlanayotganligini his etishdan iboratdir. Bayon qilingan axborot mazmunini anglash va uning referensial maonosini tinglovchi tasavvuridagi nutq predmetiga xos denotativ maonoga muvofiq kelish yoki kelmasligi natijasida matn semantik tuzilmasida informativ - iltimos va buyruq, vaoda va talab kabi maonolar nutqiy aktlar deb yuritiladi. Nutqiy akt tushunchasi nutq predmeti haqidagi ma’lumotlarni ifodalash orqali so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi referensial va propozitsional aktlar yordamida tushunilishi lozim bo‘lgan shartnomaviy maonolardir. Nutqiy aktlarda umumiy holda quyidagi komponentlar ishtirok etadi: so‘zlovchi, tinglovchi, nutq oboekti - faktik material hamda nutqiy vaziyat. Shu komponentlarning bo‘lishi shart bo‘lganligi uchun ham nutqiy aktlarning lug‘aviy maonosini aniqroq tushunishda yuqoridagi “shartnomaviy maonolar” atamasi muhim o‘rin tutadi. Nutqiy aktlarning ifodalanishi va anglanishida, asosan, nutqiy vaziyat muhim o‘rin tutadi. Jumladan:
Bola och qoldi. Uni ovqatlantirish kerak.
Bu matndan pragmatik jihatdan omonim bo‘lgan to‘rt nutqiy aktni anglash mumkin.
1. Keting maonosi ostidagi “haydash” nutqiy akti.
2. Biror yegulik topish maonosidagi “talab” nutqiy akti.
3. Bolani ovqatlantirish uchun yordam so‘rash maonosini ifoda etuvchi “iltimos” nutqiy akti.
4. Bolaning och qolganligi haqidagi “tasdiq” nutqiy akti kabilar nutq vaziyatiga ko‘ra ajratiladi. Bunday nutqiy aktlarni pragmatik omonimiya22 hodisasiga kiritiladi. Pragmatik jihatdan omonim bo‘lgan bir necha nutqiy aktlar bir vaqtning o‘zida birinchi darajali maono imkoniyatiga ega bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Bunda buyruq ham, tasdiq ham, iltimos ham, vaoda ham, majburiyat hamda talab ham baravariga anglanishi mumkin.
Nutqiy aktlarning hosil bo‘lishida so‘zlovchi fahmiy tasavvurida har qanday so‘z semantik tuzilishidagi maonolarning mukammal tahlili hamda ularning bayonidagi nutqiy vaziyat, ijtimoiy sharoit hisobga olinadi. Kishi tasavvuri tomonidan yuqoridagi holatlarni meoyoriy balansda boshqarilishi nutqiy aktlarning to‘g‘ri anglanishi uchun asos bo‘ladi. Kontekst yoki matn orqali ifodalangan axborot mazmunini anglash asosida tushuniladigan va ma’lum harakatlarni bajarishga undaydigan maonolar nutqiy aktning mohiyati hisoblanadi.
... To‘g‘ri gap! - dedi Rahmat. - Otam Toshkent borganlarida to‘ppa-to‘g‘ri sizning eshigingizga tushsinlar-da, siz saroyga tushing!
- Haqqingiz bor, - dedi Otabek. - Ammo, birinchidan, sizning hovlingizni so‘rog‘lab topish menga qiyinroq ko‘rindi, undan so‘ng molimizni ortgan tuyakashlar shu saroyga tayinlangan edilar. (A.Qodiriy, 8-bet).
Baozi holatlarda nutqiy aktlar nutq ishtirokchilarining sotsial o‘ziga xosligini ham ochish uchun xizmat qiladi. Bunda anglashilayotgan nutqiy akt tinglovchi tabiatiga nomutanosib bo‘lishi mumkin:
- Jiyan, - dedi Homid Rahmatga qarab, - boshlab uylanishing albatta ota-onang uchun bo‘lib, ulardan ranjib yurishingni o‘rni yo‘q. Xotining ko‘nglingga muvofiq kelmas ekan, muvofiqini olib, xotinni ikki qil! Bunisi ham kelishmasa, uchinchisini ol! Xotinim muvofiq emas, deb zorlanib, hasratlanib yurish er kishining ishi emas! (A.Qodiriy, 9-bet).
“Tasdiq”, “tanbeh”, “maslahat” kabi maonolar Homid nutqiga xos nutqiy aktlardir.
Nutq ishtirokchilari axborotni qabul qilar ekan, anglashilayotgan nutqiy akt sotsioindividual fahmiy tasavvurga ko‘ra mantiqiy-affekt elementi asosida tahlil etilib, o‘sha ijtimoiy vaziyat individual tasavvur doirasida baholanadi. Bunday vaziyatda “tasdiq” nutqiy akti avvalgi axborotda berilgan nutqiy aktni inkor etishdan iborat bo‘lib, u kinoyaviy tasdiq deb nomlanadi:
... Shu orada qutidorning “uylanganmi?” deb Hasanalidan so‘rashi Homidga yana boshqacha holat berdi. Hasanalining so‘rovchiga, bekning qiz yoqtirmasligini sabab ko‘rsatib shu kungacha uylanmay kelganligining tafsili bilan hikoya qilib berishidan so‘ng u toqatsizlanganday bo‘ldi:

Yüklə 372,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə