Nutqiy akt nazariyaSI



Yüklə 372,33 Kb.
səhifə6/17
tarix24.12.2023
ölçüsü372,33 Kb.
#159276
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
hakimov nutqiy akt

- Balki begingizning taomalari xon qizidadir, - dedi istehzo bilan Homid. - bundoq yigitlar uylanganlarida ham kishi qizini umr bo‘yi azob ichida o‘tkazadirlar!... (A.Qodiriy, 18-bet). Bu misolda “tasdiq” hamda “kinoyaviy tasdiq” nutqiy akti bayon qilingan.
Dj.Ostin nazariyasiga ko‘ra, nutqiy aktlarning bajarish sharti quyidagilarda:
1. O‘zida umum til kodlarini ifoda etuvchi bo‘laklarga bo‘linuvchi tovushlar talaffuzi.
2. Ma’lum tildagi so‘zlardan o‘sha til grammatikasi qoidalari asosida ifoda tuzish.
3. Nutq predmeti haqidagi faktni o‘sha vaziyatdagi nutqqa qiyoslash asosida ifodani mazmun va referensiya bilan taominlash23. Mana shu shartlar yordamida bayon qilingan ifodadagi ketma-ket bog‘langan gaplar yig‘indisi ma’lum tartibdagi nutqiy aktlar bilan pragmatik jihatdan chegaralanadi. Ifoda tuzishda pragmatik chegaralanishning asosi Ostin nazariyasiga oid shartlarning mantiqiy tatbiqidan iboratdir. Faqat shundagina nutqiy aktlarning tartibli bayoni - so‘zlovchi niyati aks etgan ifoda plani tinglovchi tomonidan to‘g‘ri anglanishi hamda mo‘ljaldagi nutqiy reaksiyaning amalga oshishi tabiiydir.
... Menimcha, uylanishdek nozik bir ish dunyoda yo‘qdir, dedi Rahmat va Otabekka yuz o‘girdi. Uylangan xotining taboingga muvofiq kelsa, bu juda yaxshi, yo‘qsa bunchalik og‘ir gap dunyoda bo‘lmas!
Otabek Rahmatning bu so‘zini samimiyat bilan qarshiladi:
- So‘zingizning to‘g‘riligida shubha yo‘q, - dedi, - ammo, shuni ham qo‘shmoq kerakki, oladigan xotiningiz sizga muvofiq bo‘lishi barobarida, er ham xotinga muvofaqattabo bo‘lsin. (A.Qodiriy, 9-bet).
Bu misolda Rahmat nutqiga xos “uylanish nozik ish ekanligi” tasdiq nutqiy akti orqali bayon qilinib, undan keyingi ifodalarda “hasrat”, “maslahat” kabi nutqiy aktlar tasdiqni izohlash, to‘ldirish uchun xizmat qiladi. Rahmat nutqidagi kommunikativ niyat Otabek tomonidan samimiyat bilan qabul qilinadi hamda nutq predmeti haqidagi tasdiq nutqiy akti orqali maoqullanadi. Illokutiv vazifa tushunchasi ostida so‘zlovchining ma’lum kommunikativ niyat bilan adresatga ta’sir etish va undan so‘zlovchi nazarda tutgan fikrga mos o‘zgarishlar - adresatdagi harakat, fikr, his-tuyg‘ularni talab etish nazarda tutiladi. Masalan:
- Aytganingizdek, - dedi Hasanali, - Marg‘ilonning havosi buzuq ekan, bir-ikki kundan beri mening ham ahvolim o‘zgara boshladi. Marg‘ilondan tez jo‘namasak, men ham ishdan chiqadigon o‘xshayman... (A.Qodiriy, 23-bet).
Hasanali nutqiga xos kommunikativ niyat (illokutiv funksiya) “Otabekda sodir bo‘lgan xomushlik maonosini bilishga qaratilgan bo‘lib, undan, ma’lum harakat, fikr va his-tuyg‘ularni talab etishdan iboratdir.
Bu gapdan keyin Hasanalining ko‘zi bekka tikilgan edi, agar tundagi uyqusirash Hasanalining o‘ylagan ehtimoliga to‘g‘ri kelsa, o‘zining haligi so‘zi Otabekka bir o‘zgarish berishida shubha qolmas edi.
- ...
- Ketamiz, - dedi bir oz o‘ylangandan keyin, - mol baholari to‘g‘risida bitisholmay turamiz - olg‘uchilar arzon so‘raydilar.
Hasanalining sinashi nihoyatiga yetgandek bo‘ldi. (A.Qodiriy 23-bet). Illokutiv funksiya nutqiy akt tuzilishida maxsus maono maqomiga ega bo‘lib, referensiya va predikatsiyadan iborat propozitsional maonoga pog‘onali tobe bo‘ladi. Propozitsional maono nutqdagi diktum, yaoni nutq predmeti haqidagi axborot mazmunidir. Nutqiy aktning hosil bo‘lishida so‘zlovchi va tinglovchi fahmiy tasavvurida tenglik va notenglik holatlari mavjud bo‘ladi. Shunga ko‘ra, nutqiy aktlarning ifodalanishida mazmuniy (referensial) akt, aniq (propozitsional) aktlarning bayoni asosida quyidagi nutqiy aktlar hosil qilinadi.
Mazmuniy (referensial) akt semantik akt bo‘lib, unda pragmatik jihatdan suhbatdoshlarning bilim fondi asosidagi munosabat hisobga olinadi. Nutq predmeti haqidagi so‘zlovchi va tinglovchi nutqiga xos tasdiq esa umumillokutiv akt sanaladi. Tasdiq tamomila yakunlangan mazmuniy aktdan so‘ng hosil bo‘ladi. Avvalgi hamda yangi faktlarni qamrab oluvchi aniq va mazmuniy aktlar tasdiqning argumentlari sanaladi. Bayon qilingan axborot mazmunida biror fakt haqidagi ma’lumotning tinglovchi uchun noaniq ko‘rinishi referensial aktga xos noaniq (introduktiv) akt deb yuritiladi.24 Faqat so‘zlovchi uchun ma’lum bo‘lgan predmet haqidagi nutq introduktiv referensiya deyiladi. So‘zlovchi uchun ham tinglovchi uchun ham ma’lum predmet haqidagi nutq umumlashtiruvchi ifoda (identifikatsion referensiya)25 deyiladi:
... Hasanalidan so‘radi:

Yüklə 372,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə