Nutqiy akt nazariyaSI


-§. Nutqiy aktning o‘rganilish tarixi



Yüklə 372,33 Kb.
səhifə3/17
tarix24.12.2023
ölçüsü372,33 Kb.
#159276
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
hakimov nutqiy akt

3-§. Nutqiy aktning o‘rganilish tarixi

Nutqiy akt masalalari xususidagi nazariy qarashlar jahon tilshunosligidagi kabi rus tilshunosligida ham barmoq bilan sanarli. Bu yo‘nalishdagi mavjud lingvistik adabiyotlarda nutqiy akt masalalari xususida batafsil ma’lumot berilmaydi, ularning ko‘p qismida bu masalaga yuzaki qarash bilan chegaralanilgani sezilib turadi. Rus tilshunosligida nutqiy akt yo‘nalishi bilan bog‘liq dastlabki ma’lumotlar asrimizning 60-yillariga to‘g‘ri keladi. Biroq bu davrda yaratilgan lingvistik adabiyotlarda nutqiy akt yo‘nalishiga oid g‘oyalargina o‘z ifodasini topgan. Bu ishlarda asosan nutq, nutqiy akt atamalarini qiyoslash, uning umumiy va differensial belgilarini ko‘rsatish bilan chegaralanilgan. N.S.Trubeskoyning lingvistik konsepsiyasiga ko‘ra, “faqat so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasida biror fakt haqidagi oddiy xabar bayoni”12 nutqiy akt deb qaraladi. Baozi tilshunoslar nutq va nutqiy akt haqidagi tushunchani izohlashdan avval mavjud lingvistik nazariya xususida o‘z mulohazalarini bildirish bilan nutqiy akt masalalari tilshunoslik fanining dolzarb muammosi ekanligini asoslaydilar: “Agar F.de Sossyur tomonidan til va nutq hodisalari - “ikkilik” o‘zaro qarama-qarshi qo‘yish asosida tahlil etilgan bo‘lsa, L.V.Sherba unga qo‘shimcha ravishda “ikkilik” o‘rnini “til”, “nutq” va “nutqiy faoliyat” kabi “uchlik” bilan to‘ldiradi. L.V.Sherba nazarda tutgan so‘zlash va anglash jarayoni bilan bog‘liq “nutqiy faoliyat” atamasini N.D.Andreev va L.R.Zinderlar “nutqiy akt” atamasi bilan, matnning yuzaga kelishi jarayonini “nutq” atamasi bilan nomlashni tavsiya etadilar”13. Bu maqolada ham nutqiy akt nazariyasi bilan aloqador jihatlar faqat atamalar tahlili va ularning o‘zaro qiyoslanishidan iborat, xolos.


80-yillarning o‘rtalariga kelib lingvistik pragmatika nazariyasiga oid dastlabki tadqiqotlarning yuzaga kelishi munosabati bilan nutqiy akt masalalariga ham aniqliklar kiritila boshlandi. Endi faqat “nutqiy akt” atamasi bilan aloqador tushunchalarnigina emas, balki uning nazariy yo‘nalishlari bilan bog‘liq muammolar ham o‘rtaga tashlana boshlandi. Nutqiy akt nazariyasiga oid tarixiy ma’lumotlar ham lingvistik tadqiqotning asosiy oboektiga aylana bordi. Ayniqsa, nutqiy akt masalalarining jahon tilshunosligidagi tasnifiga oid ma’lumotlarning sof lingvistik aspektdagi tahlili bu sohaning o‘rganilmagan jihatlari hali ko‘p ekanligidan darak beradi. Shunga ko‘ra, B.N.Zabavnikovning “Nutqiy akt tuzilishi muammolariga doir” maqolasi rus tilshunosligidagi dastlabki asosiy tadqiqotlardan biri ekanligi bilan xarakterlanadi. Bu tadqiqotning eng xarakterli tomonlaridan biri Dj.Ostin hamda Dj.Serlpning nutqiy akt tuzilishi xususidagi qarashlarining tizim asosida berilishi, ularning o‘zaro farqli hamda umumiy qirralarini ko‘rsatilishi, shuningdek, nutqiy akt ko‘rinishlariga lingvofalsafiy tavsif berishidir.
Nutq predmeti haqidagi propozitsional aktning yuzaga kelishi kommunikatsiya ishtirokchilari o‘rtasidagi sotsial munosabatlarning nutqdagi ifodasi uchun asos bo‘ladi. Nutqdagi asosiy va qo‘shimcha propozitsional aktlarning bayoni so‘zlovchi nuqtai nazariga ko‘ra, qay tarzda ifoda qilinishi bilan illokutiv aktlarni hosil qiladi. Illokutiv aktning semantik tuzilishi so‘zlovchi shaxsining sotsial norma variantlarini bilish darajasi bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. “Agar so‘z sotsial variant mezonlari xususida borsa, publitsistik, ilmiy, badiiy matn orqali sotsial normaga bo‘ysunadi. Agar so‘z oboektiv normalar xususida borsa, ifoda til sistemasiga bo‘ysunadi yoki sistema variantlar orqali realizatsiya qilinadi”14. Ma’lum bir vaziyatdagi variantlar talaffuz akti yordamida sodir etiladigan nutqiy faoliyat illokutiv aktni hosil qiladi. “1. Ifoda akti (morfema, so‘z, gaplarning ifodalanishi). 2. Propozitsional akt (referensiya va predikatsiya). 3. Illokutiv akt (tasdiq, so‘roq, buyruq). 4. Perlokutiv akt - tinglovchi munosabati, fikrlari bilan bog‘liq holda illokutiv akt ta’siri yordamida hosil bo‘luvchi akt”15. “Perlokutiv - atamasi ifodalagan tushuncha nutqiy akt masalalariga taalluqli bo‘lib, u nutq adresatining faoliyatiga va fikrlariga, shuningdek, his-tuyg‘ulariga ta’sir etish funksiyasini bajarish bilan xarakterlanadi. Perlokutsiya nutqiy aktning beshinchi aspektini tashkil qiladi. Nutqning bu aspekti jumlalar o‘rtasidagi munosabatlarning o‘rganilishi uchun ahamiyatlidir”16. Ko‘rinadiki, nutqiy akt so‘zlovchi va tinglovchi orasidagi nutqiy munosabatlarning bir vaqtda voqe bo‘luvchi turlicha qismlaridan iborat bo‘ladi.
Nutqiy akt nazariyasi xususidagi ma’lumotlar A.N.Baranov, G.V.Kreydlin kabi olimlarning ishlarida ham uchraydi. Ularning ta’kidlashicha, dialog mazmunida nutq ishtirokchilariga xos illokutiv majburiy holat yuzaga keladi. So‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi ifodalash, tinglash va anglash birligi baozi holatlarda, asosan, dialoglarda illokutiv majburiylikni talab etadi. Illokutiv majburiylik verbal ifodaning tarkibida ikkilanadi. Masalan, “Bilasanmi, men kecha nima ko‘rdim?” - jumlasidagi so‘roq aktining takrorlanishi natijasida tinglovchida illokutiv majburiylik paydo bo‘ladi. Bu maqolada illokutiv majburiylik, aloqador bo‘lmagan va aloqador nutqiy aktlar, dialog va nutqiy akt ko‘rinishlari to‘g‘risida fikr yuritiladi.17
Umuman, nutqiy akt ifodalash, tinglash va anglash birligini tashkil etadi. “Performativ tahlil formal semantika doirasida nutqiy akt nazariyasini tuzish imkoniyatini beradi”. Bu Serlp yo‘nalishiga oid bo‘lib, uning muhim sharti - oddiy qoidalar maonosidir.
So‘ramoq (X, U, R) harakat qilmoq (X, ta’sir etmoq (x,r)) bu formulaga muvofiq Serlp nazariyasining muhim sharti so‘zlovchining tinglovchiga iltimosi undan qaysidir faoliyatni bajarishga undashning harakati sifatida tadqiq etilishidir18. Bu nazariy asosga ko‘ra, so‘zlovchi tomonidan amalga oshiriladigan barcha nutqiy akt o‘z maono belgisiga ko‘ra - “buyruq”, “iltimos”, “maslahat” ko‘rinishlari ham “harakat qilmoq” va “ta’sir etmoq” etapiga ega bo‘ladi. Demak, nutqiy aktning sodir etilishi bilan so‘zlovchi tinglovchini ma’lum faoliyatlardan birini bajarishga undaydi.
Nutqiy akt nazariyasiga oid ma’lumotlar asosan yirik tilshunos olim N.D.Arutyunova ishlarida ko‘rinadi. Unda ta’kidlanishicha, inson faoliyati bilan bog‘liq umumnazariy yo‘nalishlar psixologiya va psixolingvistika sohalarining predmeti sifatida o‘rganib kelinmoqda. Bu yo‘nalish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar N.I.Jinkin, A.R.Luriya, A.A.Leontpev kabi yirik olimlar nomi bilan bog‘liqdir. N.D.Arutyunova bu asarida nutqiy faoliyat bilan bog‘liq performativ ifodalar hamda nutqiy akt nazariyasi xususidagi o‘z konsepsiyasining bayon qiladi. U Dj.Ostinning performativ ifodalar va nutqiy aktlar to‘g‘risidagi qarashlarini birma-bir tahlil qiladi. Jumladan, uning ta’kidlashicha, Dj.Ostin o‘zining kommunikativ (xususiyati) maonosi bilan farqlanuvchi va performativlarga yaqin turuvchi nutqiy aktlarning besh umumiy sinfini ajratadi:
1. Verdiktiv (hukm) aktlar. Bular o‘ziga nimadir haqidagi muhokamani qamrab oladi (hisoblayman, baholayman).
2. Undash aktlari (buyuraman, maslahat beraman kabi).
3. Majburiyat aktlari (majburman, vaoda beraman, so‘z beraman, ont ichaman kabi).
4. Sotsial etiket formulalari (tabriklash, kechirim so‘rash, hamdardlik bildirish kabi).
5. Introduksiya akti replikaning verbal kommunikatsiyadagi oshkora (eksplitsit) funksiyasi19. Nutqiy aktlarning bunday tasnifiy ko‘rinishlari va ularning nazariy tahlili har qanday ifoda orqali bayon qilingan semantik qatorni oboektiv borliq bilan kommunikatsiya ishtirokchilari o‘rtasidagi real munosabatlarining haqiqiyligi yoki haqiqiy emasligini belgilab beradi. Jumla orqali ifodalangan axborot mazmunining haqiqiyligi esa uning mantiqiy tahlilini o‘zida namoyon etuvchi nutqiy akt ko‘rinishlarida o‘z ifodasini topadi.
“Serlp nutqiy aktlarning tasnifi uchun o‘zaro aloqador bo‘lmagan bir necha asoslarni ko‘rsatadi: so‘zlovchi niyati, so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi sotsial holat munosabati (buyruq va iltimos), propozitsional mazmundagi farqlar - ifodalanuvchi voqelik munosabatiga suhbatdoshlarning qiziqishi (arz, ogohlantirish), so‘zlovchining ruhiy holati (tasdiq, taxmin, aniqlik), kommunikatsiya funksiyasi (eotiroz, javob, tushuntirish)”20.
Nutqiy aktning mazmuniy va shakliy tuzilish xususiyatlari asosida uning quyidagi masalalari ajratiladi:
1. Nutqiy akt faoliyat sifatida shakliy tuzilmaga ega bo‘ladi. Nutqiy aktning shakliy tomoniga til birliklari (modellari), intonatsiya va kinesika kiradi. Bular ma’lum axborot ko‘rinishini ifoda etish uchun xizmat qiladi. Ana shu axborot mazmuni esa so‘zlovchining maqsadini yuzaga chiqaradi. Nutq ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabatni ifoda etuvchi kommunikatsiya jarayonida verbal ifodalar semantik qatoriga noverbal maono ifodalash shakllaridan biri bo‘lgan so‘zlashuvchilarning xatti-harakatlari vositasi bilan fikr bayon qilishlari ham nutqiy akt doirasiga kiritiladi. Shuning uchun ham ifodaning noverbal ko‘rinishlari nutqiy aktning asosiy masalasi hisoblanadi. Kommunikatsiya jarayonidagi bunday fikr ifodalash so‘zlovchining harakat faoliyati bilan amalga oshiriladi. U o‘zining munosabatini nutqiy vaziyatdan kelib chiqib, oboektiv borliqqa hamda o‘zi ifodalagan verbal axborot mazmuniga faqat harakatlar vositasi orqali ham ifoda etadi. Yuqoridagilardan ma’lum bo‘ladiki, ifodaning noverbal ko‘rinishlari nutqiy aktning markaziy masalalaridan biri hisoblanadi. Ifodaning talaffuz akti bilan bog‘liq bo‘lgan ohang vositasida maononing farqlanishi ham nutqiy akt masalalaridan biridir.
2. Nutqiy aktning mazmuniy yo‘nalishi. Bu yo‘nalishda pragma-semantik komponentlar ishtirok etganligi uchun bular nutqiy aktning asosiy yo‘nalishi deb qaraladi:
a) bayon qilingan ifodadagi propozitsiya (ifoda diktumi) masalalari.
Propozitsiya, propozisonal munosabat xususida ma’lumot bermay turib, nutqiy akt muammolarini hal etib bo‘lmaydi. Nutqiy akt har qanday ifoda orqali bayon qilingan nutq predmeti haqidagi axborotning semantik tuzilishida joylashadi hamda so‘zlashuvchilar shaxsi bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Masalan, “Bugun adabiyot darsi bo‘ladi” haqidagi oddiy propozitsiya “Avval adabiyot darsi bo‘lmaganligi” xususidagi presuppozitsion axborotning “tasdig‘i” hisoblanadi. Nutqiy akt ifoda propozitsiyasi ta’sirida namoyon bo‘luvchi so‘zlashuvchilarning xususiy munosabatlarini ko‘rsatuvchi minimal va maksimal maonolardir;
b) adresatga ta’sir etish usuli - illokutiv funksiya, motiv, maqsadning ifoda semantik tuzilishidagi o‘rni. Nutq ishtirokchilarining kommunikatsiya jarayonidagi nutqiy faoliyati bilan bog‘liq ravishda nutq parchasida bayon qilingan xabarning haqiqiyligi xususidagi tasdiq mazmunidir. So‘zlovchi mavjud propozitsiyani berish, uning haqiqiyligini tasdiqlash asosida o‘zining kommunikativ (illokutiv) maqsadini bayon etadi. So‘zlovchi biror voqelik to‘g‘risidagi propozitsiyani bayon etish bilan birga butunlay boshqa voqelik xususidagi axborotga ishora qilish, unga tinglovchi diqqatini jalb qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Propozitsional akt ko‘rinishida faqat nutq predmeti xususidagi axborot nazarda tutiladi. Bunday jumlalar semantik tuzilishida bir vaqtning o‘zida talaffuz akti va propozitsional aktga xos illokutiv akt ko‘rinishlari mavjud bo‘ladi. Masalan:

Yüklə 372,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə