Nutqiy akt nazariyaSI



Yüklə 372,33 Kb.
səhifə4/17
tarix24.12.2023
ölçüsü372,33 Kb.
#159276
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
hakimov nutqiy akt

- Aflotunning qizi bo‘lsangiz ham gapni tonnalab oling-u, grammlab soting! Gapingiz gapga o‘xshamaydi, og‘zingiz gapdan bo‘shamaydi! (A.Qahhor. “Sinchalak”, 31-bet).
Bu misolda so‘zlovchi nazarda tutgan ichki niyat bilan propozitsional akt bir-biriga muvofiq keladi.
Propozitsional aktlar faqat yagona shakliy strukturaga xos jumla asosida fikr ifodalash bilan xarakterlanadi. Bunda so‘zlovchi nutq predmeti xususidagi birinchi va ikkinchi darajali axborotni (bu so‘zlovchi maqsadiga ko‘ra almashinib turadi.) bir jumla semantik qatoriga joylashtiradi. Ana shu jumla ichida referensial, propozitsional hamda illokutiv aktlarning aks etishi uchun esa deskriptiv bo‘lmagan so‘zlar, presuppozitsiya ifoda etuvchi lingvistik vositalar jumla shakliy strukturasida ishtirok etadi.
Mazmuniy murakkab propozitsional akt ko‘rinishlarida so‘zlovchi fikrlarini bayon etib, so‘ngra o‘zining xususiy kommunikativ niyatini amalga oshiradi. Bunday propozitsional akt semantik strukturasiga ko‘ra kontrast belgiga ega bo‘ladi. Masalan,
Anvar “istehzoli” vaziyatda Sultonaliga yon qaradi:
- Menim qarshimg‘a ishlab, janobga neqadar sodiq qolsangiz ham, sadoqatingiz sizni najotka chiqara olmadi, biloaks, siz o‘ylag‘ancha men - insofsiz sizni qutqardim. Siz shuni unutmasangiz bo‘ldi, Sultonali aka, dedi Anvar va xong‘a ishorat qildi. (A.Qodiriy. 501-bet).
Bu matnda ham propozitsional akt ham so‘zlovchining ichki maqsadiga xos illokutiv akt mavjud bo‘lib, propozitsiya atrofdagi nutq ishtirokchilari (“eshitar quloq uchun”) uchun qaratilgan bo‘lsa, illokutiv akt esa faqat adresatga qaratilganligi bilan xarakterlidir. Bu ikki nutqiy akt ko‘rinishi o‘zaro zidlik belgisi asosida sodir etiladi. Mazmuniy sodda ko‘rinishga ega bo‘lgan propozitsional aktlar, asosan, ilmiy uslub uchun xos bo‘ladi. Bu uslubda nutq ishtirokchilari ko‘proq nutq predmeti xususidagi propozitsiyani berish bilan chegaralanadilar.
Badiiy uslubdagi bunday ifoda ko‘rinishlarida so‘zlovchi kommunikativ niyatni o‘z tinglovchisiga yetkazish uchun qator propozitsiyani berish asosida matnning yakuniy qismida “sen ham shunga o‘xshaysan” qabilida kommunikativ niyat (illokutiv aktlar)ni sodir etadilar;
v) so‘zlovchi va nutq ishtirokchilarining sotsial va individual mavqe darajasi:
So‘zlashuvchilar o‘rtasidagi nutqiy shartnomani qanday mazmuniy formaga asoslanishi: buyruq, iltimos, taklif, maslahat kabilar ham nutqiy aktning asosiy masalalari qatoriga kiritiladi.
So‘zlovchi, tinglovchi va nutqiy vaziyat kabi nutqiy akt komponentlariga xos munosabatlarning verbal hamda noverbal kommunikatsiya jarayonida o‘zaro muvofiqligi yoki nomuvofiqligi ta’sirida yuzaga kelgan so‘zlovchi shaxsiga oid maono yo‘nalishi ham nutqiy aktning tarkibiy masalalaridir. Nutq mazmunidan nutq suboektiga xos soddalik, mug‘ombirlik kabi qator maonolarni anglash va o‘rganish nutqiy akt masalasidir.
Nutqiy akt nazariyasiga aloqador ma’lumotlarni o‘rganish hamda ularni tahlil qilish natijasida lingvistik pragmatikaga oid boshlang‘ich nazariy manbaga asos solinadi va uning klassik talqini bilan pragmatikaning lisoniy mohiyati oydinlashadi.



Yüklə 372,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə