5-sinf. O‘zbek tili (davlat tili) II bsb o‘qib tushunish (25 ball) O‘qituvchi uchun zehnli bola



Yüklə 292,41 Kb.
səhifə1/13
tarix19.12.2023
ölçüsü292,41 Kb.
#152278
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Demo BSB II U.M 5-11-sinflar uchun


5-sinf. O‘zbek tili (davlat tili)


II BSB O‘qib tushunish (25 ball)


O‘qituvchi uchun


ZEHNLI BOLA
(Mo‘g ‘ul ertagi)
Burungi zamonlarda chol, kampir va ularning yetti yashar o‘g‘li yashagan ekan. Ularning bitta oti, uchta ozg‘in qora echkisi bor ekan. Ular xaroba uyda yashar ekan. Cholning topgani qozon qaynatishga zo‘rg‘a yetar ekan. Uning o‘g‘lidan umidi katta ekan. Chunki u nihoyatda chaqqon va zehnli bo‘lib o‘sayotgan ekan.
Kunlardan bir kuni ularning o‘toviga amaldor kirib kelibdi. U bir kechaga boshpana so‘rabdi. U odam pastkash va badjahl ekan. Hamma undan qo'rqar ekan. U o'tovga kirganida bola katta kosada qimiz ichayotgan ekan. Bolaga ko‘zi tushishi bilan amaldor xaxolab kulib yuboribdi.
- Shu ham tovoq bo‘ldi-yu! Tovoq emas, haqiqiy g‘o‘la. Bola qimiz ichishdan to'xtab, hayron bo‘lib mehmonga:
- Hurmatli janob. Nahotki sizning molingiz shunchalik kam bo‘lsa. Uni mana shu ,,g‘o‘la“ bilan sug'orish mumkin bo‘lsa? - deb so'rabdi.
Amaldor qizarib-bo'zaribdi. Javob qaytarishga so‘z ham topa olmabdi. Ertalab u yo‘lga chiqishga tayyorlanibdi. Kechasi bilan echkilar otining qorinbog'ini chaynab qo'yganini sezib qolibdi. Amaldor qattiq jahli chiqib, cholga:
- Keltirgan ziyonni to‘la, bo'lmasa yomon qilaman! - debdi.
Bolakay otasini himoya qilib:
- Hurmatli mehmon! Otingizning qorinbog'ini echkilar chaynagan. To'lovni echkilardan undirib oling, - debdi.
Bu gaplardan keyin amaldor indamay otiga minib, jo‘nab qolibdi. Lekin sal nariga borganda, otning oldingi oyog‘I yumronqoziq iniga tushib, ot munkib ketibdi. Amaldor yerga uchib tushibdi. Amaldorning jahli chiqibdi. Otni qamchi bilan qattiq-qattiq savalay ketibdi.
Buni tomosha qilib turgan bolakay xaxolab kula boshlabdi.
- Ahmoq bola, nimaga kulasan? - deb so'rabdi amaldor.
- Nimaga kulmay? Xalqning gapi to‘g‘ri ekan. Yolg'on ishlatganning oti yumronqoziq iniga qoqilib, yerga qulaydi. Demak, siz g‘irt yolg'onchi ekansiz!
Amaldor uyalganidan bolaga javob ham qaytara olmabdi. U otining jilovidan tutgancha boshini xam qilib, qorasini o'chiribdi.
Dili egrining tili qisqa bo'ladi, deganlari shu bo‘lsa kerak.

  1. Matndan foydalangan holda quyidagi jadvalni to‘ltiring ( har bir to‘g‘ri javob uchun 1 ball, husnixatiga 1 ball, jami 15 ball)

Shaxs otlari

O‘rin-joy

Narsa buyum otlari

Chol

Uy

Qozon

Kampir
O‘g‘il

Yer

Kosa
Tovoq

Bola




Qorinbog‘

Amaldor




Jilov

Odam







Mehmon








Yüklə 292,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə