Reja: Qattiq chiqindilarni qayta ishlash va xalq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish yo’llari Chiqindilar haqida tushuncha. Axlatlarni yig’sh va olib chiqib tashlash. Sanoat chiqindilari va ularni qayta ishlash



Yüklə 75,5 Kb.
səhifə1/2
tarix26.10.2023
ölçüsü75,5 Kb.
#132010
  1   2
Chiqindilarni qayta ishlash


Sanoat korxonalardan ajralib chiqayotgan chiqindilarni qayta ishlash
Reja:

  1. Qattiq chiqindilarni qayta ishlash va xalq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish yo’llari

  2. Chiqindilar haqida tushuncha.

  3. Axlatlarni yig’sh va olib chiqib tashlash.

  4. Sanoat chiqindilari va ularni qayta ishlash.

  5. Chet davlatlarda chiqindilardan foydalanish yo’llari.



Qattiq chiqindilarni qayta ishlash va xalq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish yo’llari

Hozirgi vaqtda insoniyatning xo’jalik faoliyati ta’siri ostida atrof-muhitga zarar etkazilishihammaga ma’lum. Shuningdek, atrof muhitga etkazilayotgan zararni kamaytirish ham insoniyatning o’z qo’lidadir. Agar bu masalaga ijobiy tomondan chuqurroq yondashadigan bo’lsak, o’zimizning atrofimizni yanada obodonlashtirish va musaffolashtirish zaruriyati paydo bo’ladi. Zero Prezidentimiz I.A.Karimov ko’rsatib o’tganlaridek: “Ekologik xavfsizlikni kuchaytirishninghozirgi asosiy yo’nalishlaridan biri shaharsozlik va tumanlarni rejalashtirishning ilmiy asoslangan, hozirgi zamon urbanizastiyasining barcha salbiy oqibatlarini bartaraf etadigan tizimni joriy etish yo’li bilan shaharlarda va boshqa aholi punktlarida aolini yashashi uchun qulay sharoit yaratish zarur”.


Iqtisodiy ekologik muammolar orasida chiqindilar g’oyat muhim va jiddiy muammolar qatoriga kiradi. Keyingi vaqtlarda yarim tayyor, muzlatilgan va kanserva qilingan mahsulotlarni ko’plab ishlab chiqarilishi munosabati bilan ularni maxsus yashik, quticha, maxsus idish, qog’oz va selofan xaltachalarga o’rab sotuvga chiqarilmoqda. O’rash tarkibini avvalo qog’oz, oyna, metall, stelofan, plastmassa tashkil qiladi. Qizig’i shundaki, ulardan ikkinchi marta foydalanib bo’lmaydi, ya’ni qayta quyish yoki eritish zarur.
Respublika mustaqillikka erishgandan so’ng chet ellardan ko’plab spirtli ichmliklar, sigaretlar,oziq-ovqatlar keltira boshlandi. Aholi zich hududlarda turli markadagi salqin ichimliklar ishlab chiqarila boshlandi. Ichimliklardan bo’shagan shisha va plastmassa idishlar ikkinchi marta ishlatishning andozaga to’g’ri kelmasligi bois chiqindixona va ko’chalarda, to’plana boshladi. Evropa mamlakatlaridan keltirilgan pivo idishlari alyuminiydan tayyorlanganligi va qayta foydalanishning imkoni yo’qligi sababli chiqindixona, ko’cha, ariqlarda yig’ilib bormoqda. Bu esa maishiy chiqindilar hajmini bir nech baravar ko’paytirmoqda.Ko’cha, xiyobon, maydon, baland qavatli binolar yaqinida maishiy chiqindilarning yig’ilib borishi aholi o’rtasida turli yuqumli kasalliklarning tezda tarqalishiga sabab bo’lmoqda. Pashsha, chivin kabi mayda hasharotlar va qushlarning chiqindixonalarda oziqlanishi mikrob, virus, bakteriyalarning tarqalishiga (ayniqsa, yilning issiq faslida) kuchli ta’sir etadi. Bundan tashqari to’planib borayotgan chiqindilar atmosfera havosi, yer osti va yer usti suvlari, tuproq va o’simliklarni ifloslovchi asosiy manbalar hisoblanadi.
Endilikda maishiy chiqindilarning miqdor jihatidan borgan sari ko’payib borayotganligi insoniyatni jiddiy tashvishga solmoqda. O’zbekistonda har yili ko’plab shahar chiqindilari, sanoat chiqindilari, qishloq xo’jaligi va qishloq maishiy chiqindilari to’planib qolayotganligi va ularni yig’ish va qayta ishlash muammosi hal etilmaganligi jiddiy muammo hisoblanadi. Masalan, faqat Namangan shahrining o’zida har yili 250-300 ming tonna atrofida qattiq maishiy chiqindilar to’planmoqda. Viloyat hududi bo’yicha maishiy chiqindixonalar 100 gektardan ortiqroq joyni egallaydi.
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, aholi soni bilan maishiy chiqindilarning o’sishida mutanosiblik yo’qolgan, ya’ni aholi sonining o’sishidan ko’ra qattiq maishiy chiqindilar miqdori tez sur’atlarda o’sib bormoqda. Maishiy chiqindilar miqdorining o’sishi yuqorida aytib o’tganimizdek, har bir mahsulotni alohida idishlarda (yashik, oyna, metall, stelofan, plastmassa quticha, karton, qog’oz va boshqalar) ishlab chiqarilishi va sotilishi bilan bog’liq. Bu, esa o’z navbatida, maishiy chiqindilarni joylashtirishdagi xarajatlarning o’sib borishiga jiddiy ta’sir ko’rsatmoqda.
O’zbekistonda har yili 100 mln. tonna atrofida sanoat chiqindisi, 15 mln. kub metrgacha maishiy chiqindilar hosil bo’ladi.sanoat chiqindilarining 0,2 foizi qayta ishlansa, maishiy chiqindilarning 5,2 mln. kub metri ko’mib tashlanadi. Ko’mib tashlangan maishiy chiqindilarning o’rtacha 5-10 foizi qog’oz, 20-45 foizini oziq-ovqatlar, 5-10 foizini yog’och, 3 foizini metall, 5-10 foizini gazlama, 2 foizini charm va rezina, shisha, plastmassa va boshqa turdagi chiqindilar tashkil etadi.
Chiqindilarning tarkibi xilma-xil bo’lgani uchun ulardan foydalanish yo’nalishlari, sohalari, guruhlari, iqtisodiy samaradorligi, ekologik jihatlari ham turli tuman. Chiqindilarning umumiy holdagi iqtisodiy ahamiyatini baholash mushkul, shuning uchun uning tarkibi aniqlangandan so’ng samaradorlikka to’g’risida fikr bildirish mantiqqa to’g’ri keladi. Masalan, chiqindi tarkibida alyuminiy, shisha idishlar, po’lat, qog’oz, plastmassa, singan oyna kabilarning bo’lishi ulardan ikkinchi marta foydalanish samaradorligini oshiradi.
Aslida chiqindi biror bir xom ashyo, material, buyum, mahsulot yoki tavarlardan foydalanib, ularning keraksiz qismini chiqarib tashlash natijasida hosil bo’ladi. Biroq hosil bo’lgan barcha chiqindilarni tashlab yuborish yoki ko’mib tashlash ularni joylashtirishdagi noto’g’ri faoliyatdir. Asosiy muammo chiqindilardan ikkilamchi xom ashyo sifatida foydalanishda.
Rivojlangan mamlakatlarda chiqindining katta qismi mana shunday korxonalarda yoqiladi, buning natijasida arzon energiya ishlab chiqariladi. Yaponiyada 1850 ta axlat yoqish korxonasi mavjud bo’lib, ularda butun maishiy chiqindining taxminan 80 foiz qismi yoqiladi.
Shundan kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1999 yilda qabul qilingan “1999-2005 yillarda O’zbekiston Respublikasida atrof-muhitni muhofaza qilish harakat dasturi to’g’risida”gi qarorida chiqindilarni ikkinchi bor qayta ishlash, ko’mish, yoqish, havoga chiqarish hamda radiaktiv chiqindilarni saqlash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Mazkur hujjatda belilangan vazifalar hamda 2002 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Chiqindilar to’g’risidagi” qonunini amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish maqsadida respublika miqyosida ko’plab ijobiy ishlar amalga oshmoqda.

SHahar, posyolka va qishloqlardagi turar joylarni toza tutishning epidemiologik gigiyenik ahamiyati juda katta. Turar joylarning tozaligi, obodonligi, ariqlardan suvlarning oqib turishi, daraxtzor va ko’kalamzorlarni mavjudligi yuqumli kasalliklarning oldini olishga yordam beradi.


Turar joylarni tozaligini saqlash va tashkil qilishda rejali, tashkiliy, sanitar – texnik va xo’jalik tadbirlari ishlab chiqiladi. Bunday tadbirlarni amalga oshirishda sanitariya nazoratini to’g’ri uyushtirishning epidemiologik ahamiyati juda katta. Aholi turar joylarini toza tutish uchun chiqindi axlatlarni o’z vaqtida yig’ish, olib chiqib ketish va zararsiz holatga keltirish hamda ba’zi bir chiqindilarni qayta ishlash uchun jo’natish zarur. Shu bosqichlardan birortasi bajarilmay qolsa, tozalikni saqlash qiyin bo’ladi.
Chiqindilar uch xil bo’ladi.
1. Qattiq holatdagi chiqindilar – bular tog’ - kon sanoatidan chiqadi.
2. Suyuq holatdagi chiqindilar – bularga aholi turar joylaridan va ayrim sanoat
tarmoqlaridan chiqadigan chiqindilar kiradi.
3. Gaz holatdagi chiqindilarga gaz konlaridan chiqadigan chiqindilar kiradi.
Axlatlar tezda zararsizlantirilmasa, u tashqi muhitni ya’ni atmosferani, suv havzalarini, tuproqni, oziq – ovqatlarni, binolarni, korxonalarni va boshqalarni zararlaydi. Uy xo’jalik axlatlari, oziq – ovqat chiqindilari va boshqalar juda ko’p organik moddalarni ushlagani uchun tez chiriy boshlaydi, oqibatda turli gazlar: ammiak, serovodorod, metan, indol, stakol va boshqalar paydo bo’ladi. Yog’ingarchilik oqibatida yer yuzasidan yuvilib daryolarni, kichik ariq suvlarini ifloslantiradi. Suyuq chiqindilar hatto yer osti suvlariga sizilib o’tib ularni ifloslantirishi mumkin. Ayrim chiqindilar axlatlarida turli mikroorganizmlarning mavjudligi va ularning uzoq vaqt yashashi aniqlangan. Jumladan qorin tifi, paratif, ichburug’, sil, kuydirgi va boshqalar axlatlar tarkibida uchraydi. Bu chiqindilar bizning issiq iqlim sharoitida har xil kasallik tarqatuvchi mikroblarning tez ko’payishi uchun qulay muhit yaratadi. Ular hashoratlar, shamol yoki suv orqali tez tarqalib, odamlarni turli yuqumli kasalliklarga yo’liqtiradi.
VIII-IX asrlarda YEvropa, Afrika va Osiyodagi ko’p mamlakatlarda to’kilgan axlatlar shunchalik ko’p yig’ilib ketganki, hatto odamlarning yurishi mushkul bo’lib qolgan va bu axlatlar tufayli o’lat, vabo kabi kasalliklar tez-tez tarqalib, o’n minglab yuz minglab odamlarni yostig’ini quritgan. Masalan: 1679 yilda birgina Vena shahrida 80 mingga yaqin kishi, 1687 yilda Pragada shunga yaqin kishi chumadan o’lgan. Bunday holat Germaniya, Italiya, Angliya shaharlarida ham sodir bo’lib turgan.
S’Hu kunlarda ham sayyoramizning u yoki bu burchaklaridan yuqorida aytilgan ba’zi yuqumli kasalliklarning paydo bo’layotganligi to’g’risida noxush xabar kelib turadi. Bu sanitariya va gigiyena qoidalariga amal qilinmagan Afrika, Osiyo, Latin Amerikasining ba’zi joylarida sodir bo’lib turadi. Sobiq SSSRning, shuningdek O’zbekistonning ko’pgina ko’l, daryo va dengizlari to’kilgan axlatlardan shunchalik ifloslanib ketganki, sanitariya vrachlari bunday suv havzalariga odamlarning cho’milishini ta’qiqilab qo’yishgan.
Hozirgi zamon sanoat korxonalari ishlab chiqarish texnologiyasi har qanday sharoitda juda ko’p chiqindi - axlatlarni hosil bo’lishiga sababchi, bu chiqindilar ko’p vaqtlar davomida kishi sog’lig’iga juda xavfli bo’lib, tashqi muhitning hamma ob’ektlarini ifloslantiruvchi omillardan hisoblanadi.
S’Huning uchun ham dunyodagi sanoat korxonalarining asosiy masalalari texnologiya jarayonlarini takomillashtirib, korxonalarda chiqindilarning ajralishini kamaytirishdir ya’ni isrofgarchilikka yo’l qo’ymasdan chora – tadbirlarini ishlab chiqish va hokazolar.
Sanoat korxona chiqindilari ikkiga bo’linadi, ya’ni biridan foydalanish mumkin va ikkinchisidan esa mumkin emas. Foydalanish mumkin bo’lgan chiqindilar xalq xo’jaligining turli sohasida ishlatiladi.
Korxona chiqindilari o’g’it, qurilish materiallari va ba’zi bir mahsulotlarni tayyorlashda xom ashyo sifatida ishlatiladi. Masalan, kimyo, neft sanoatlaridan chiqadigan shlam qoldiq qatlamlarining 1mln. tonnasi qayta ishlansa, 4300 onna kobalt olinishi mumkin.
Dunyo mamlakatlari tajribasida foydalanish mumkin bo’lmagan chiqindilarni yoqish yoki qizdirish usullarini qollab zararsiz holatga keltiriladi va sanoat korxonalari uchun mo’ljallangan poligonlarda ko’miladi.
Chiqindilarni termik, ya’ni issiqlik usullari bilan zararsizlantirishda maxsus o’chog’larda 1000-1200 S da kuydiriladi, ammo ular yonishi oqibatida paydo bo’lgan zaharli gazlar gaz ushlagich moslamalarda, chang ushlagich qurilmalarida tutib qolinadi, bunda atmosfera havosi ifloslanishdan holi bo’ladi. Goho sanoat korxona chiqindilarini xo’jalik axlatlari bilan ham birga yoqish mumkin.
Ko’p vaqtlar foydalanish mumkin bo’lmagan sanoat chiqindilari maxsus ajratilgan joyda to’planadi. Masalan, Olmaliqda joylashgan sanoat korxonalarining shu usul bilan yig’ilgan chiqindilari hozirda taxminan 40 mln. tonnani tashkil qiladi, keyinchalik ularni qayta ishlashga jo’natiladi. Korxonalarda yig’iladigan chiqindilar juda zararli bo’lsa, keyinchalik maxsus poligonlarda ko’mib tashlanadi.
Poligonga olib kelinadigan har bir chiqindining pasporti, texnik xarakteristikasi, miqdori, tarkibi va ular bilan ishlash texnika xavfsizligini bajarish yo’riqlari ko’rsatilishi kerak. Ayniqsa, ular qizdirilganda, yoqqanda ehtiyot choralarini ko’rish zarur.
Respublikamizning ko’pgina sanoat shaharlari chetlarida chiqindilardan iborat sun’iy tog’lar paydo bo’lgan. Bu sanoat chiqindilari 1 mlrd t ga yaqin bo’lib, 10 ming gektardan ortiq yerni egallagan. Ularning tarkibida nodir hamda rangli madanlar va boshqa foydali qazilmalardan tashqari, zaharli birikmalar ham mavjud. Bu chiqindilar tarkibidagi foydali moddalarni ajratib olib, bir qismini qurilish yoki boshqa maqsadlarda foydalanilsa minglab gektar ekinzir, bog’lar, barpo etishga imkon tug’ilar edi.
Respublikamizda yiliga komunal xo’jaliklardan o’rtacha 30 mln t. chiqindi chiqadi. Uning 29% i axlatxonalarga, jarliklarga, daryo va ariqlarga tqkib yuboriladi.
Chiqindi – bu xomashyodir. Ularning tarkibida makulatura, oziq – ovqat chiqindilari, plastmassalar, latta – putta va boshqa narsalar bor. Shuning uchun ham AQS’H va boshqa rivojlangan mamlakatlarda bunday chiqindilar sotib olinadi.
Umuman aholi turar joyida to’planadigan axlatlarni axlatxonalarga tashlash allaqachonlar gigiyena fani tomonidan qoralangan. Bu iqtisodiy jihatdan samarasiz, iflosgarchilikka yo’l qo’yiladigan usuldir.
Axlatlarni 2 yo’l bilan zararsizlantirish va ulardan foydalanish mumkin:
a) biotermik usul – ya’ni axlatni kompost qilish, issiqxonalarda foydalanish va mukammallashtirilgan axlatxonalarda zararsiz holatga keltirish;
b) axlatlarni kuydiriladigan, sortlaydigan zavodlarida zararsizlantirishdir.
Biotermik usul tuproq bilan zararsizlantirish usuliga o’xshaydi, asosan organik moddalarning bioximik parchalanish jarayonlari mikroorganizmlar hisobiga bo’ladi, ammo jarayon yuqori haroratda jadalroq o’tib, tezroq nihoyasiga yetadi.
Keyingi vaqtlarda axlatlarni mexanizmlar yordamida qayta ishlash uchun zavodlar qurilmoqda. Masalan, har yili 65000 tonna axlatni qayta ishlash zavodi Sankt – Peterburgda qurildi. Bu zavodni loyihalashda G’arbiy YEvropa mamlakatlari loyihalaridan va tajribalaridan foydalanilgan.
Zavod organik azotli g’itlarni qishloq xo’jalik ehtiyoji uchun ishlab chiqadi. Zavodda axlatlarni qabul qilish, hamda axlatlarni sortga ajratish, nazorat qilish bo’linmalari bor. Zavodga axlat temir, tosh va boshqalardan ajratilgach, aylanuvchi barabanlarga (diametri 4 m, uzunligi 60 metrli) solinadi. Barabanlarda axlatlar aralashtiriladi 1–3 kundan so’ng ma’lum darajada namlik berilgach, chiqindilar qizishib ularning harorati 50 – 60 S ga yetadi, bu bioximik jarayonlarni keltirib chiqaradi. Harorat 50 – 60 s ga yetganda patogen mikrofloralar, gelmint tuxumlari qirila boshlaydi. Shu yo’l bilan axlat kompostga aylanadi.
Tsivilizatsiyalashgan mamlakatlardagi shahar va qishloq ko’chalarining bir joyida axlatning to’kilib yotganini ko’rmaymiz. Ro’zg’or va korxonalardan chiqqan chiqindilar maxsus joylarga to’kilib, o’z vaqtida qayta ishlovchi zavodlarga olib boriladi. Bu zavodlarning texnologiyasi ham ekologik jihatdan sog’lom, ya’ni ularning trubalaridan zaharli tutun emas, toza bug’ chiqadi. Tsexlari gigiyenik jihatdan toza, ishchilar maxsus orasta kiyintirilgan. Eng asosiysi ularga to’lanadigan ish haqi boshqa korxonalardagiga qaraganda yuqoridir.
Ko’pgina chet mamalakatlarda shahar va qishloqlarni orasta bo’lganligining asosiy sababi u mamlakatlarda bu borada mukammal qonunlarning mavjudligi va ularni hayotga izchil tadbiq etilayotganligidir. Masalan, Singapurda sigareta qoldig’ini maxsus ko’rsatilgan joyga tashlanmasa, 500 dollar jarima to’lanadi. Agar axlatni to’g’ri kelgan joyga to’kkanda 1000 dollar jarima solinadi. Shvetsariyada tabiatni buzish borasida biror nojo’ya ish qilinsa, uni ko’rgan kishi tezlik bilan tabiatni muhofaza qilish tashkilotiga xabar qiladi. O’t o’chiruvchilar qanday ishlasa, ular ham shunday tezkorlik bilan ish tutadilar. Aybdorlar aniqlanib, katta jarima solinadi. Shu usullar orqali shahar mahallalari, ko’chalarini ekologik jihatdan toza, orasta saqlashga erishiladi. Bizda ham shunday tartib o’rnatilsa, atrof-muhit toza va pok saqlangan bo’lar edi.
Chiqindilarni qayta ishlovchi zavod hozircha respublikamizning hamma viloyatlarida yo’qligi uchun axlatlarni maxsus joylarga to’kib, ko’mib tashlash davom etmoqda. Axlatxonalar manzilgohlar va daryolarning o’zanlari, ariqqlar yaqiniga joylashtirilishi aslo mumkin emas. Ular devor yoki sim setkalar bilan o’ralib qo’yilishi kerak. Axlatlarni to’kish uchun chuqurligi 3- 4 m ga yetkazib xandak qazish va ularga to’kilgan axlat ustidan xlorli ohak sepib qo’yish lozim. Xandaklar to’lgach, ular ko’mib tashlanadi.
Qarshi shahrining shimoli sharqida ya’ni Ko’ng’ir tog’i etagidagi axlatxona shahardan chetroqda bo’lsa, ham aytilgan talablarga to’liq javob bermaydi, axlatlar pala – partish to’kib tashlanadi, xlorli ohak o’z vaqtida sepilmaydi. Shaharning markaziy ko’chalarini toza saqlash bo’yicha nazorat qattiq bo’lsa ham, chetroqdagi ko’p ko’chalarda ahvol yomon, ko’p joylarda axlatlar to’dasi ko’zga tashlanib turadi. Ba’zi mahallalardagi axlat to’kiladigan maxsus handaklar ham doimo o’z vaqtida tozalanib, chiqindilar olib ketilmaydi. Bizda chiqindi va axlatlarning joylarda to’planib qolayotgani bilan xorijiy mamlakatlarning ishbilarmonlari qiziqmoqdalar. Masalan, chiqindilarni qayta ishlashda nemislar bilan hamkorlik yuzaga kelmoqda. Ispanlar Angren ko’mir havzvalarida to’planib qolgan chiqindini ishlatishdan manfaatdor ekanliklarini bildirishgan.
S’Hunday qilib, chiqindilar masalasi ekologiyadagi muhim muammolardan biri bo’lib, ularni yig’ishtirib qayta ishlash yoki gigiyenik talablar bo’yicha sarishta qilinsa nafaqat iqtisodiy jihatdan foyda ko’ramiz, balki yerni, havoni suvni, oziq – ovqat mahsulotlarining ifloslanishi oldi olinardi, kishilar sog’lig’ini muhofaza qilishda katta ahamiyatga ega bo’lar edi.
Adabiyotlar ro'yxati:




  1. Yüklə 75,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə