Darsning shiori



Yüklə 338 Kb.
tarix15.09.2023
ölçüsü338 Kb.
#122038
Ot – so’z turkumi Rajapova Sanobar 104-guruh

Darsning shiori :

  • -Oz-oz o’rganib dono bo’lur ,
  • -Qatra-qatra yig’ilib , daryo bo’lur.
  • Bilib oling !
  • Shaxs , narsa nomlarini , shuningdek joy nomlarini bildirib kim ? , nima ? , qayer ? so’roqlariga javob bo’ladigan so’zlar ot deyiladi .Kim ? so’rog’i shaxsni bildiruvchi so’zlarga , nima? So’rog’i narsa – buyumni bildiruvchi so’zlarga , qayer ? so’rog’i joy nomini bildirgan so’zlarga beriladi . Shunga ko’ra otlar shaxs otlari narsa – buyum otlari o’rin– joy otlariga bo’linadi .

“ Muzyorar “ o’yini

  • “ Muzyorar “ o’yini
  • O’quvchilar doira shaklida o’tiradilar , ular o’z ismi , harfi bilan boshlanadigan ot- so’z turkumiga oid so’zlar aytadilar . Koptokcha olgan o’quvchi ismiga mos otni aytib sherigiga otadi .
  • Masalan :
  • Sabina – sabzi , Munisa – meva , Adiba – anor ,
  • Gulnoza – gul

1 – topshiriq:

  • Kim ?
  • Nima ?
  • Qayer?
  • Salima, chumoli ,
  • Namangan, ota, daftar,
  • Navoiy, ona, olma, atrof,
  • Lolaxon, anor, bedazor,
  • aka, qalam, gulzor, ustoz,
  • parta, paxtazor.

Nazariy bilimlarni mustahkamlash maqsadida mashqlar bajariladi:

  • O’lmasning onasi uyida o’tiradi , do’ppi tikadi . Qizlari ham onasiga qarashadigan bo’lib qolgan . Biri igna tortadi , biri piltakash uradi , biri do’ppini taxtakachga bostiradi , yana biri ipak qaynatadi , quritadi , xullas , namozgarda boshlangan do’ppi ertasiga tayyor bo’ladi .
  • Guruhlar ushbu mashqdagi matndan ot-so’z turkumiga oid so’zlarni topib yozadilar .
  • Qaysi guruh tez va chiroyli yozib topsa o’sha guruhga rag’bat beriladi .

O o O’quvchilar ushbu so’zlar yordamida gap tuzadilar va izohlaydilar .

  • maktab
  • bola
  • yurtboshi
  • oilam
  • mahallam
  • vatan
  • ona
  • Ot so’z
  • turkumi

Mavzuni mustahkamlash :

  • Mavzu: Ot – so’z turkumi
  • 1. Ot deb nimaga aytiladi ?
  • 2. Ot qanday so’roqlarga javob bo’ladi ?
  • 3. Ot qanday ma’no guruhlarga ajratiladi ?

Test savollari:

  • So’ngra o’quvchilariga o’tilgan mavzu bo’yicha test savollari tarqatiladi .
  • 1.Otlar qanday so’roqlarga javob bo’ladi ?
  • a) Kim ? , nima ? b) Kim ? , nima ? , qayer ?
  • s) qayer ? , kim ? , qanday ? d) necha ? , nima ? , kim ?
  • 2. Shaxs oti yasovchi qo’shimchalarni toping ?
  • a) – chi , - dosh , - bon , - kor , - dor , - shunos
  • b) – zor , - dosh , - bon , - cha
  • s) – loq , - iston , - chi , -kor
  • d) – xona , - lik , - chak – gich
  • 3. Gul-chechakdan libosi, yoqimlidir havosi .
  • Ushbu gapdan otlarning qanday turlari qo’llangan .
  • A)juft oti B) tub ot S) juft,soda,tub ot D)yasama,soda ot

E’tiboringiz uchun rahmat!


Yüklə 338 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə