Reja: Kirish. Asosiy qism



Yüklə 86,39 Kb.
səhifə1/4
tarix06.06.2023
ölçüsü86,39 Kb.
#115660
  1   2   3   4
    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Xulosa

Mavzu: So'z turkumlari
va ularni guruhlash tamoyillari
Bajardi: Mirjalolova Maftunaxon Omonjon qizi
Tekshirdi: Eshboyeva Oysanam Soatmuratovna

REJA:

  • Kirish.
  • Asosiy qism.
  • So’zlarni turkumlarga ajratish mezonlari
  • So‘z turkumlari va ularni tasniflash tamoyillari
  • So'zlarni guruhlarga - so'z turkumlariga ajratish tamoyillari
    • Leksik-semantik tamoyil;
    • Morfologik tamoyil;
    • Sintaktik tamoyil.
  • Xulosa

Kirish Til– kishilik jamiyatida eng asosiy kommunikativ vosita. Insoniyat paydo bo`libdiki, kishilik jamiyati uchun umumiy va jamiyat a‘zolarining har birida individual holda aloqa-aralashuv vositasi sifatida til ham vujudga kelgan. Zeroki, inson yaralishi bilanoq muomala uchun til va undan foydalanish ehtiyoji paydo bo`lgan. Shu bois til ijtimoiy ong kabi qadimiydir. Insonlar til vositasida fikr almashadilar, bir-biri haqidagi harakat-holatlar, voqea-hodisalardan voqif bo`ladilar. Bu tilning aloqa-munosabat xususiyatidir . Tilni faqat kishilar o`rtasidagi aloqa vositasi sifatidagina talqin etish insonning tabiiy tilini, bu benihoya murakkab va muhtasham hodisani, eng kami, jo`nlashtirishdan, aniq bir milliy qiyofa yoki milliy-ruhiy zamindan mutlaqo mosuvo bo`lgan sun‘iy tilga (masalan, esperanto kabi) tenglashtirishdan, yo`l harakatini tartibga solish maqsadida yaratilgan shartli ―til‖ga baravarlashtirishdan boshqa narsa emas . Chindan ham, til faqat aloqa vositasi bo`lganda edi, u juda oddiy, sodda va qashshoq bir narsaga aylangan bo`lardi. Holbuki, til bemisl boy, sehru sinoatga, ruhu ruhoniyatga, ko`rku komillikka limmo-lim bir xilqatdir.

So`zlarni turkumlarga ajratish mezonlari xususida ilk qarashlar Uzoq o`tmishda ham odamlar o`z ona tillarida ishlatiladigan so`zlarning so`zlashuvda farqlanishiga e`tibor berishgan. Bir so`zlar predmetlarni, boshqalari xususiyatlarni ko`rsatadi, qolganlari kelishiklarda turlanadi, yana birlari shaxs va zamonlarda o`zgaradi. Qadimgi hind va yunon tilshunoslari tomonidan qilingan bu kuzatishlar, ularga ikki aniq so`z turkumlarini ajratish uchun asos bo`ladi: Ot va fe`l. Arastu (mil. avv.384-322- yil ) so`zlarni uchta so`z turkumlariga ajratadi: ot, fe`l va bog‘lovchilar.


Miloddan avvalgi III-II asrladagi elinizm davrida Aleksandr grammatikasi maktabi tashkil etiladi va uning namoyondasi Aristarx Samofrakskiy tarixda birinchi marotaba sakkizta so`z turkumidan iborat klassifikatsiya (tasnif) tuzadi. Bu so`z turkumlari quyidagilar: ot, fe`l, sifatdosh, artikl, olmosh, predlog, ravish va bog‘lovchilar. Bu klassifikatsiyada sifat so`z turkumi mavjud emas, bu o`z navbatida yunon tilining tipologik mohiyatini aks ettiradi. Chunki o`sha paytlarda sifat so`z turkumi ot so`z turkumi bilan umumiy tarzda turlangan va bir so`z turkumini tashkil etadi, bu so`z turkumi "ism" deb atalgan. Boshqa tomondan, bu klassifikatsiyada sifatdosh alohida so`z turkumi sifatida ajratilgan.

Yüklə 86,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə