Otamdan qolgan dalalar



Yüklə 365,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix28.04.2023
ölçüsü365,96 Kb.
#107470
  1   2   3
3482-Текст статьи-8671-1-10-20211116



TOG‘AY MURODNING “OTAMDAN QOLGAN DALALAR” ROMANIDA 
QO‘LLANGAN IBORALARNING XUSUSIYATLARI 
Almamatova Shahnoza Tursunqulovna,
JDPI dotsenti, f.f.nomzodi.,
 Abdullayeva Maftuna Abdurasul qizi 
JDPI magistranti 
 
O‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan, uning rivojida 
beistisno katta iz qoldirgan iste’dodli yozuvchi Tog‘ay Murod kitobxon 
xotirasida hamisha o‘qib o‘rganishga chanqoq ijodkor, hayotning ko‘plar e’tibor 
bermaydigan ichki tomonlarini bilishga, kuzatishga doimiy ravishda harakat 
qilayotgan navqiron adib, shu orqali adabiyotda o‘z so‘zini aytishga jiddiy 
kirishgan, o‘z yo‘li, o‘z uslubini tinmay shakllantirayotgan izlanuvchan nosir 
sifatida qolgan Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romanida 
qo‘llangan iboralarning rang-barangligini ko‘rib, ularning asar g‘oyasini, 
obrazlarning xarakterini ochib berishdagi o‘rni beqiyos ekanligining guvohi 
bo‘lamiz. Yozuvchi Tog‘ay Murod roman oxiridagi 
ilovasida “Men o‘zbek 
xalqiga haykal qo‘yaman!” – deb bejizga yozmagan edi. Ushbu roman bilan 
xalqimizga chindan ham katta haykal qo‘ydi. Yozuvchi o‘z asari tilining 
tabiiyligini ta’minlash uchun ham Surxon vohasi shevalari, so‘zlashuv nutqi 
shakllari, xalq iboralaridan mahorat bilan foydalangan. Asar juda sodda tilda, 
haqiqiy dehqon tilidan bayon etilgani tufayli ham unda qo‘llangan jaydari 
so‘zlar, birikmalar va iboralar o‘quvchini tezda o‘ziga rom etadi. Tog‘ay Murod 
asar qahramoni Dehqonqulning sodda, do‘lvor xarakteriga mos iboralarni topib 
qo‘llaydi. Yozuvchi qahramonlari tilidan iboralarni ishlatganida, ularning ichki 
dunyosini, boshqalarga munosabatini ham hisobga oladi. Shuning uchun ham 
Dehqonqulning onasi uni koyir ekan og‘ir so‘zlar bilan qarg‘amaydi, balki: 
”Onamiz ketimdan tosh otib qoladi. – Ha, oshingni yeyin sen tentakni, 
oshginangni yeyin![1;28]– deydi”. 
Maktab direktorining
nutqidagi ibora esa o‘z o‘quvchisini odam 
o‘rnida ko‘rmaydigan , o‘ta qo‘pol, bemehr bir kimsa, qahri qattiq odamligidan 
darak beradi: 
“Jasadingni qara! Jasadingdan eshak hurkadi! O‘l-e, shu kuningga-
e!”[3;54]. Aslida xalq “haybatidan ot hurkadi” deydigan iborani uning tilidan 
“Jasadingdan eshak hurkadi” deb ishlatadi. Tog‘ay Murod asarlari iboralarini 
o‘rganish xalq orasida keng o‘llanilayotgan, ammo hali badiiy adabiyotga, 
adabiy tilga kirib kelmagan iboralarni aniqlash, ular asosida badiiy asar tili 
iboralari lug‘atini yaratish imkonini beradi. Tog‘ay Murodning asarlarida milliy 
ruh, qadimiy an’ana va marosimlar, unutilish arafasida turgan qadriyatlarni 
yoritish alohida o‘rin tutadi. Milliy qadriyatlarimiz kitobxon qalbiga birinchi 
navbatda tilimiz orqali jo bo‘ladi. Romanda Surxon vohasining so‘lim qir-
adirlari, tanti va mehnatsevar odamlari hayoti, tog‘-u toshlarining betakror 
manzaralari tasvirlanadi. Tabiat manzaralarini qahramonlar xarakter-holati, 
kechinmalari bilan uzviy bog‘liq holda tasvirlash – adib asarlariga xos yetakchi 


xususiyatdir. Asarda tabiat o‘zgarishlari qahramonlar kayfiyatiga qarab o‘zgacha 
uslubda ifodalangan. Masalan: ”Tulki qiziga to‘y berdi. Kun qiyalab-qiyalab nur 
to‘kdi. Kun sariq-sariq nur to‘kdi. Kun betini ko‘rib bo‘lmadi. Kun nuriga qarab 
bo‘lmadi. Olam iliq-iliq bo‘ldi. Olam sariq-sariq bo‘ldi. Havoda oppoq-oppoq 
bir nimalar uchdi. Havola-havola uchdi. Aylana-aylana uchdi. Burala-burala 
uchdi. 
Osmon misoli un elaklamish-un elaklamish bo‘ldi. Oppoq bulutlar 
orasidan kun to‘kilib-to‘kilib turdi”[3;105]. 
“Tulki qiziga to‘y berdi”.[]3;45-46] Ushbu jumlani adib o‘zi o‘ylab 
topmagan. Bu, ota-bobolarimizdan qolgan ibora. Bunday holat osmonda yirik-
yirik qor parchalari o‘ynoqlab ko‘rinish berganda, quyosh zangori tus olsa ham, 
o‘z tarovatini yo‘qotmay turgan payt bo‘ladi. Shu manzaraga qarab dehqonlar 
“Tulki qiziga to‘y berdi” deyishadi. “Otamdan qolgan dalalar” romani tilining 
o‘ziga xosligi yana shundan iboratki, ko‘p hollarda asarning ta’sir kuchini 
oshirish niyatida adib so‘zlarni takror-takror qo‘llaydi. Masalan: ”Yormazorda 
muhtasham masjid-madrasa bo‘ladi. Oqposhsho mo‘min-mazlumni ana shu 
Yormazor masjid-madrasa qoshida to‘dalaydi. Mo‘min-mazlum mung‘ayib-
mung‘ayib turadi. Mo‘min-mazlum birov-birovini ko‘ksiga yig‘laydi. Mo‘min-
mazlum uzun kun ana shunday turadi” [1;15]. Ushbu misolda yettita gap, o‘ttiz 
uchta so‘z bo‘lib, ularda “Mo‘min-mazlum” sifati olti marta takrorlanib kelgan, 
ya’ni har bitta gapda shu sifat qayta-qayta qo‘llanilgan. ”Yormazor”, “bir-
birovi”, ”yig‘laydi” kabi so‘zlar ikki martadan qo‘llanilgan. 
Tog‘ay Murod romanlari adibning, qolaversa, milliy adabiyotimizning 
shunchaki navbatdagi namunalari emas. XX asr, aniqrog‘i, salkam bir asr davom 
etgan istibdod nihoyasida maydonga kelgan “Otamdan qolgan dalalar” bilan 
“Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi” romanlari o‘sha asr intihosida o‘lkada yuz bergan 
milliy uyg‘onish natijasida boshlangan millatning bir necha avlod asl o‘g‘lonlari 
– yorqin iste’dodlar qalbini olov bo‘lib o‘rtagan nido bo‘lib yangraydi. 

Yüklə 365,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə