Odam genetikasining o'rganish usullari Sitogenetik polulatsion



Yüklə 0,66 Mb.
tarix29.11.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#140766
Odam genetikasining o\'rganish usullari


Odam genetikasining o'rganish usullari Sitogenetik. polulatsion
Odam genetikasining o‘rganish usullari
Odam genetikasi insoniyat uchun amaliy jihatdan g‘oyat katta ahamiyatga ega bo‘lgani uchun so‘nggi yillarda unga qiziqish ayniqsa ortdi. Hozirgi vaqtda odamda 4000 ga yaqin normal va patologik belgilarning nasldan naslga o‘tib borishi bir qadar o‘rganib chiqilgan. Irsiy omillarga bog‘liq kasalliklar borligi aniqlangan. Ana shu kasalliklarni to‘g‘ri aniqlash, ularga yo‘l qo‘ymaslik va davolash muhimdir. Odamni genetik yo‘l bilan tekshirish usullari ishlab chiqilganidan keyin ana shu muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritish mumkin bo‘ldi.
MITOXONDRIYA
Asosiy vazifasi hujayra energiya bazasi, nafas zanjirini tashkil etisj ya’ni eng muhum jarayonlardan biri bo’lgan oksidlanish va fosforillanishda ishtiroki.
VA bu jarayonlar ferment komplekslari yordamida amalga oshiriladi.Bunday ferment komplekslarida 4ta tip farqlanadi:
I tip –NADF;
II tip - suksinat degidrogenaza ubixinon oksireduktazasi;
III tip - ubixinon sitoxrom C oksireduktaza;
IV tip – Sitoxrom C reduktaza .
Odam irsiyatini o‘rganish usullari. Odam irsiyatini o‘rganish anchagina qiyinchiliklar tug‘diradi. Ma’lumki, eksperimental genetika usullarini odamga tatbiq etib bo‘lmaydi. Odam sekinlik bilan rivojlanib, ancha kech balog‘atga yetadi. Bir oilaning ko‘radigan farzandlari soni nisbatan kam bo‘ladi. Bunday hollar odam irsiyatini o‘rganishga qiyinchilik tug‘diradi. Odam genetikasini o‘rganishda quyidagi asosiy: geneologik, egizaklar, sitogenetik, biokimyoviy, populatsion, ontogenetik usullardan foydalaniladi. Endi bu usullarning ta’rifiga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Geneologik usul mumkin qadar ko‘proq odamlarning nasl­nasabini o‘rganib chiqishdan iborat. Shundan foydalanib, insonning ko‘pgina belgilari, jumladan, irsiy kasalliklarining nasldan naslga o‘tib borishini aniqlash mumkin bo‘ladi. Odamning Mendel qonunlariga muvofiq nasldan naslga o‘tib boradigan belgilaridan bir nechtasi quyida misol tariqasida keltirildi. Odamdagi qobiliyat, ist’edod va boshqa fazilatlarning rivojlanishi irsiy omillarga bog‘liq ekanligi geneologik usul bilan aniqlangan. Masalan, musiqa, matematikaga bo‘lgan iste’dod va qobiliyatlar.
Belgilar Dominantlar Retsessivlar Jingalak (geterazigotadataram­taram) soch Sochning ertato‘kilishi Mallabo‘lmagan soch Qo‘y ko‘z Sepkillar Pakanalik Polidaktiliya(ortiqchabarmoqlar bo‘lishi) To‘g‘ri soch Normal Malla soch Ko‘k yoki kulrang ko‘z Sepkillar bo‘lmasligi Normal bo‘y Barmoqlar sonining normal bo‘lishi
Egizaklar usuli o‘xshash belgilarning egizaklarda rivojlanib borishini o‘rganishdan iborat. Ma’lumki, odamda egizaklar ikki xil bo‘ladi. Ba’zi hollarda bir emas, balki ikkita (kamdan­kam hollarda uchta va hatto to‘rtta) tuxum hujayra urug‘lanadi. Egizaklar bitta tuxum hujayradan va har xil tuxum hujayradan rivojlanadi. Bitta tuxum hujayradan rivojlangan egizaklar bir jinsli va bir­biriga nihoyatda o‘xshash bo‘ladi. Bu tushunarli albatta, chunki ular bir xildagi genotipga egadir, ular o‘rtasidagi tavofut­ lar esa faqat muhit ta’siriga bog‘liq bo‘ladi. Har xil tuxumdan rivojlangan egizaklar egizakmas aka­uka yoki opa­singillardek bir­biriga o‘xshash, bir xil yoki har xil jinsli bo‘ladi.
Genetika nuqtai nazaridan olganda irsiy kasalliklar mutatsiyalardan iborat bo‘lib, ularning ko‘pchiligi retsessivdir. Bu usul odam xromosomalar to‘plamidagi ko‘rinadigan darajadagi o‘zgarishlarni o‘rganish imkonini yaratdi. Xromosoma mutatsiyalarining shunday bir toifasi borki, ular xromosomalar soni yoki tuzilishining ko‘rinarli o‘zgarishlari bilan ifodalanadi. Odamda bunday mutatsiyalar sitogenetik usul bilan aniqlanadi. So‘nggi yillarda har qanday odamning xromosoma sonini unga hech ziyon yetkazmay, oson va tez o‘rganishga imkon beradigan yangi usullar ishlab chiqildi. 
Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə