Murakkab chorraha: xulq-atvorning psixofiziyologik asoslarini ochish



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix25.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#161213
  1   2
Xulq atvor



Mavzu: Xulq-atvorning psixofiziologik asosi
reja: 
 
1. 
Nerv tizimi va endokrin tizimining inson 
organizmi va hulq atvoridagi 
ahamiyati.
 
2. 
Hulq-atvor va irsiyatning psixologik xususiyatlari
 
3. 
Instinkt tushunchasining mazmuni. 
4. Odam va hayvon psixikalari o„rtasidagi tafovut
 


Hozirgi zamon fanida jadal rivojlanib, 
katta 
qiziqish uyg„otayotgan va inson sir- 
sinoatlariga chuqurroq kirib borishga 
muvaffaq bo„lgan soha asab tizimini 
tadqiq 
etish hisoblanadi. 
Organizmning yaxlit tuzilma sifatida 
faoliyat ko„rsatishini nerv hosilalarining 
to„plamlari ta‟minlab beradi. 


Asab tizimi organizmning 
ixtiyoriy va ixtiyorsiz 
bajariladigan vazifalarini 
boshqaradi. Ixtiyorsiz 
bajariladigan vazifalarga 
misol qilib ovqat hazm qilish 
vazifasini keltirishimiz 
mumkin. Asab tizimini 
tashkil etuvchi milliardlab 
asab 
hujayralari organizmning 
o„zidan, shuningdek, tashqi 
muhitdan axborot qabul 
qiladilar. 


Bosh va orqa miya – ikki hayotiy muhim 
organlar – miya qutisi va umurtqa 
pog„onasi suyaklari bilan o„ralgan va 
himoya qilinadi. Miyaning asosiy tarkibiy 
qismlari bo„lib katta miya (ikki yarim 
sharlar), miyacha, orqa miya hisoblanadi. 
Miya yarim sharlari – bu organning 
axborotni qabul qilib, tananing boshqa 
qismlariga o„tkazuvchi asosiy qismidir. 
Yarim sharlar nutq, tafakkur va xotiraga 
ma‟suldirlar. Miyacha asosan tana 
harakatlarini muvofiqlashtirishga yordam 
beradi. Orqa miya yurak faoliyati, nafas 
olish va qon bosimi kabi vazifalarni 
boshqaradi. 


Asab tizimi endokrin tizim bilan uzviy 
hamkorlikda inson barcha 
organlarining faoliyatini boshqaradi. Inson 
fikrlari, xotiralari, hissiyotlari yoki 
sezgilari, shuningdek, uning har bir 
anglangan harakati amalga oshirgan 
faoliyatining aksi bo„lib hisoblanadi. Bundan 
tashqari, asab tizimi, ichki, vegetativ, 
anglamaydigan vazifalar: tana harorati, yurak 
urishi va boshqa gomeostaz 
(muvozanat, doimiylik)ni tashkil etuvchilarni 
boshqaradi. 


Asab tizimi somatik va 
vegetativ bo„limlarga 
ajratiladi. Birinchisi, skelet 
mushaklari qisqarishi 
yordamida sezuvchanlik va 
harakat bilan ta‟minlagan 
holda organizm bilan tashqi 
muhit o„rtasidagi aloqani 
amalga oshiradi. Ikkinchisi, 
moddalar almashinuvi, nafas 
olish, ajratishga o„z ta‟sirini 
o„tkazadi. 


Inson tanasi va hokazo suyak hujayralari, 
mushak hujayralari, tana 
hujayralari, deb hujayralari turli turdagi iborat 
Har bir turi alohida vazifasi bor bir 
birlik shakllantirish, kichik hujayralari 
millionlab topgan. bir tana qismi elektr 
xabarlar burchi nerv hujayralari uchun 
tayinlandi. Bizning asab tizimi nerv 
hujayralari iborat. uning barcha filiallari bilan 
bir asab hujayrasi neyronlarning 
deyiladi. Bu neyronlarning asab tizimining 
yakuniy tuzilishi va funktsional birligi 
hisoblanadi. bir shaxsning asab tizimida 
neyronlar soni 200 milliard 100 
baholanmoqda. 
Neyron-asab tizimining asosiy 
birligi

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə