5-sinf. O‘zbek tili (davlat tili) II bsb o‘qib tushunish (25 ball) O‘qituvchi uchun zehnli bola


Yoqadilar, fahmlamaydilar, ajralib chiqadi, ko‘mish kerak, aylanadi, zararlaydi, sabab bo‘ladi, anglashi lozim



Yüklə 292,41 Kb.
səhifə8/13
tarix19.12.2023
ölçüsü292,41 Kb.
#152278
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Demo BSB II U.M 5-11-sinflar uchun

Yoqadilar, fahmlamaydilar, ajralib chiqadi, ko‘mish kerak, aylanadi, zararlaydi, sabab bo‘ladi, anglashi lozim.


  1. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning sinonimlarini toping



1

Musaffo

Tiniq

2

Yayratgan

Quvnatgan

3

Yaproq

Barg

4

Zararli

Ziyonli

5

Fahmlamaydilar

Anglamaydilar

6

Inson

Odam, kishi

7

To‘plab

Yig‘ib



  1. To‘g‘ri yoki Noto‘g‘ri



T/r

Ma’lumotlar

To‘g‘ri

Noto‘g‘ri

1

Tabiiy muvozanatning buzilishi- hayot muvozanatining buzilishidir.






2

Mashinalardan chiqayotgan zararli gazlarning ortishi salbiy oqibatlarga olib kelmaydi.






3

Dioksin oshqozon-ichak yo‘li orqali inson tanasiga kirgach, yurakni zararlaydi.






4

Dioksin xavfli o‘sma va og‘ir kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi






5

Barglarni to‘plab, ho‘llab yoqilsa, tayyor o‘g‘itga aylanadi.






  1. Berilgan so‘zlarni matn tarkibidagi aniqlovchilar bilan biriktiring.

Ayrim kishilar, musaffo havo, quruq o‘tin, xavfli o‘sma, tayyorgina o‘g‘it, salbiy ta’sir.

10-sinf. O‘zbek tili (Davlat tili)
II BSB O‘qib tushunish ( 25 ball)
Ba'zan "Tilning suyagi yo‘q deb, gapiraverasanmi?" degan tanbehni eshitamiz. Tilda har gapni gapirishga to‘siq bo‘luvchi suyak yo‘q ekan, qo‘lda-chi? Qo‘llarimizda suyak bormi? Bugun biz shu qo‘llar orqali istagan mulohazamizni yozishga kirishdik. Nega dildagini yozuvga ko‘chirish ishini suyaklar nazorat qilolmayapti? Suyak bir o‘xshatish xolos, aslida har bir harakatimiz miya - aql, shu qatorda yurak-qalb orqali boshqariladi. Ammo nechun aqlimiz va qalbimiz har gapni bitishga izn berdi?..
Har kim o‘z fikrini ifoda etish huquqiga ega. Deylik, kimdir internetdagi sahifasiga hayotiy qarashlarini, o‘y-maqsadlarini yozib qo‘ydi. Matn ostiga internet foydalanuvchilaridan biri o‘z mulohazasini bitadi, keyingisi unga qarshi chiqadi, fikr egasiga ham darrov javob qaytariladi, qarabsizki, dahanaki jang!
. .. Bir-birini hayotda ko‘rmagan, yuzma-yuz muloqot qilmagan, ko‘cha-ko‘yda ko‘rib qolgan taqdirda ham, tanimay o‘tib ketuvchi kishilar monitor qarshisida bir-biri bilan qirpichoq bo'ladi. Lekin bularning bari reallikda sodir bo'lmagani sabab tomonlar o'zini ayblamaydi, ongli ravishda urush chiqarib, haqoratli so‘zlar ishlatganidan vijdoni qiynalmaydi.
Guruh yoki sahifalarda bahs boshlansa, har kim sherigini mot qilish, tortishuvda g‘olib bo‘lishga chiranib, lug‘atidagi eng ta'sirchan so‘zlarni ishlatadi. Fakt keltiradi, misol aytadi, bular ish bermasa, haqorat qiladi. Tushunmaydiki, munozarada ustun kelgan inson emas , balki befoyda tortishuvga kirishmagan odam g‘olibdir.
Kimningdir bir so‘ziga yuz izoh qoldirib keng tarqatishga usta odamlar ba’zan bir og‘iz mehrli kalomni taroziga solidi, qizg‘anadi. Bayramlar va tug‘ilgan kunlar bilan chin dildan tabriklash yo‘qolib ketdi. Tarmoq orqali tayyor, rasm va animatsiyalarni jo‘natadi. Hatto namuna shaklida tayyor tabrik va she’rlar ham bor. Yaqinimizga tilak bildirib, so‘z izlashimizga hojat yo‘q. minnatdorchilik bildirish borasida ham qiynalmaysiz: tayyor hisbelgilar hozir-u nozir.
Har narsaning uvoli va zavoli bor. Isrof, albatta, yaxshilikka olib kelmaydi, o‘z asoratini ko‘rsatadi. Bugungi internet olamidagi mulohazasizlar “mulohaza”si chinakamiga so‘z uvolidir. Ularda ma’no yo‘q, mazmundan yiroq maqsadi puch: fisq-u fasod, g‘iybat, ig‘vo,tuhmat. O‘zingiz ham bir begona odamning javobidan asabiylashib, bosh ushlab o‘tirasiz. Aslida bu o‘ylashga arziydimi? Nega fikr bildirishga munosib minbar axtarmaysiz?
Muloqat imkoniyati-bizga atalgan imkoniyatlardan biri. Uni suiste’mol qilmaslik, so‘z uvoliga yo‘l qo‘ymaslik har kimning o‘z qo‘lida. Iroda ishga solinsa, teran tafakkur va qalb amriga quloq solinsa bas.

Yüklə 292,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə