14-Ma’ruza
Mavzu: Kompyuter tarmoqlari va tarmoq xavfsizligi muammolari
Reja:
1.
Tarmoq turlari,
2.
Tarmoq topologiyalari, OSI modeli
3
Tarmoqqa qo‘yiladigan talablar
4
TCP/IP modeli , tarmoq vositalari.
5
Zaiflik, tahdid turlari, razvedka hujumlari,
6
Kirish hujumlari, zararli hujumlar
7
Xizmatdan voz kechishga undash (Denial of service, DOS) hujumlari
Tayanch iboralar: Tarmoq, tarmoq topologiyalari,
OSI modeli, TCP/IP
modeli, tarmoq vositalari. zaiflik, tahdid, hujum, ichki tahdid, tashqi tahdid,
razvedka hujumlari, kirish hujumlari, zararli hujumlar, xizmatdan voz kechishga
undash (Denial of service, DOS) hujumlari.
Kompyuter tarmoqlarining asosiy tushunchalari
Kompyuter tarmoqlari resurslarni almashish maqsadida bir necha
kompyuterlarning birlashuvidan iborat. Fayllar, dasturlar, printerlar, modemlar va
har qanday tarmoq uskunasi birgalikda foydalaniluvchi yoki taqsimlanuvchi
resurslar bo‘lishi mumkin. Kompyuterlarni birlashtirish uchun ma’lumotlarni
uzatuvchi turli xil vositalardan foydalaniladi:
aloqa kanallari, telekommunikatsiya
vositalari, retranslyatorlar va h.
Mos tarmoq servislaridan foydalanish orqali turli xil tarmoq resurslarini taqdim
etish vazifasi yuklatilgan tarmoq kompyuteri server deb ataladi. Tarmoq
resurslaridan va turli tarmoq servislaridan foydalanish maqsadida serverga so‘rov
yuboruvchi tarmoq qurilmalari
mijozlar
deb ataladi. Avtonom ishlovchi yoki mijoz
sifatida
tarmoqqa ulangan kompyuterni, odatda,
ishchi stansiyasi
deb atashadi.
Kompyuter tarmoqlarini quyidagicha tasniflash mumkin:
- xududiy alomat bo‘yicha;
- ma’murlash usuli bo‘yicha;
- topologiya bo‘yicha.
Hududiy alomat bo‘yicha lokal (LAN, Local Area Network) va global (WAN,
Wide Area Network) hisoblash tarmoqlari farqlanadi.
Lokal hisoblash tarmog‘i katta bo‘lmagan hududda, xonada yoki binoda
joylashgan kompyuter tarmog‘idan iborat. Lokal tarmoq o‘lchami tarmoq texnik
arxitekturasi va ulash xiliga (kabel turiga) bog‘liq. Odatda lokal hisoblash
tarmog‘ining diametri 2,5 km. dan oshmaydi.
Global hisoblash tarmog‘i katta geografik muhitni qamrab olgan va tarkibida
aloqaning magistral liniyalari yordamida birlashtirilgan ko‘plab hisoblash
tarmoqlari va masofadagi kompyuterlar bo‘lgan hududiy
taqsimlangan tizimdan
iborat. Megapolis va region doirasida tashkil etilgan tarmoqlar mos holda shahar
tarmog‘i (MAN, Metropolitan Area Network) va shaxsiy tarmoq (PAN, Personal
Area Network) deb yuritiladi. Eng mashhur global tarmoq Internet TCP/IP
protokollari steki bazasiga asoslangan megatarmoq hisoblanadi. Ba’zi adabiyotlarda
“korporativ tarmoq” iborasi ishlatiladi. Bu ibora orqali turli texnik, dasturiy va
informatsion prinsiplarda qurilgan bir necha tarmoqlarning birlashmasi tushuniladi.
Megatarmoq Internet foydalanuvchilarini birlashtirish uchun ishlatiluvchi
global tarmoq Ekstranet (extranet) deb yuritiladi. TCP/IP protokoli bazasida amalga
oshirilgan, ammo megatarmoq Internetdan ajratilgan tarmoq Intranet (Intranet) deb
ataladi.
Ma ’murlash usuli bo’yicha
tarmoqlar
“bir rangli (одноранговый)”
va
“mijoz
server”li
turlariga bo‘linadi. Bir rangli tarmoqlarda barcha kompyuterlar ham mijoz,
ham server bo‘lishi mumkin. UNIX tarmoqlari bunga misol bo‘ladi.
Mijoz-server texnologiyasi bo‘yicha qurilgan tarmoqlarda
maxsus ajratilgan
server mavjud. Ajratilgan serverlarga quyidagilar misol bo‘la oladi: fayl server,
bosma server, ilovalar serverlari.
Ro‘yxatga olish serverlari (domenlar kontrollerlari), web serverlar, elektron
pochta serverlari, masofadan
foydalanish serverlari, terminal serverlar, telefon
serverlar, proksi serverlar va h.
“Mijoz-server” tarmoqlarida markazlashgan arxitektura hisobiga ma’murlash
va masshtablash funksiyalarini, xavfsizlikni va tiklanishni ta’minlash osongina
amalga oshiriladi. Ammo, bunday tarmoqlarning zaif joyi (barcha
markazlashgan
tizimlardagi kabi) server hisoblanadi. Serverning buzilishi butun tizimning ishdan
chiqishiga olib keladi. Undan tashqari, “mijoz-server” tarmoqni qurish uchun
serunum kompyuter va mos operatsion server muhiti talab etiladi. Mos holda,
bunday tarmoqlar professional tarmoq ma’muriga ega bo‘lishi shart.
Tarmoq topologiyasi bo‘yicha umumiy shinali (bus), xalqasimon (ring),
yulduzsimon (star), uyali (mesh) va aralash topologiyali tarmoqlar farqlanadi.
“Umumiy shina” topologiyasi bitta chiziq bo‘yicha yotqizilgan tarmoqdan iborat.
Kabel bitta kompyuterdan keyingi kompyuterga, so‘ngra undan keyingisiga o‘tadi
(14.1-rasm).
14.1-rasm. “Umumiy shina ” topologiyasi
Shinaning har bir uchida terminator (signalning akslanishini istisno qiluvchi)
bo‘lishi lozim. Shinaning bir uchi yerga ulanishi kerak. Shinali topologiya “passiv”
hisoblanadi, chunki kompyuterlar signallarni regenerasiyalamaydi. Signal so‘nishi
muammosini hal etishda tarkorlagichlardan foydalaniladi. Shinaning uzilishi butun
tarmoq ishlashining buzilishiga sabab bo‘ladi (signalning akslanishi hisobiga).
Tizimning fizik sathida axborotning sust himoyalanganligini aytish lozim. Chunki,
bir kompyuterning ikkinchi kompyuterga yuborgan xabari boshqa ixtiyoriy
kompyuterda qabul qilinishi mumkin.
“Xalqasimon” topologiyada har bir kompyuter boshqa ikkita kompyuter bilan
ulangan va signal aylana bo‘yicha o‘tadi (14.2-rasm).
14.2-rasm. “Xalqasimon” topoligiya
Xalqasimon topologiya “aktiv” hisoblanadi, chunki har bir kompyuter keyingi
kompyuterga signal regeneratsiyalaydi. Topologiyaing
kamchiligi sifatida
masshtablashning murakkabligini hamda umumiy shina topologiyasidagidek uzilish
sodir bo‘lganida tarmoqning ishdan chiqishini va axborotning sust
himoyalanganligini ko‘rsatish mumkin.
“Yulduzsimon” topologiya har bir kompyuterni markaziy konsentrator bilan
ulash orqali tashkil etiladi (14.3-rasm).
14.3-rasm. “Yulduzsimon” topoligiya
Ushbu topologiyaning afzalligi uzilishlarga barqarorligi (faqat bitta kompyuter
uziladi), kompyuterlarni qo‘shish imkoniyatining kamchiligi sifatida konsentratorga
xarajatni ko‘rsatish mumkin.
“Uyali” topologiyada har bir kompyuter boshqalari bilan ulangan. Shu tufayli
ulanishlarning uzilishiga eng yuqori barqarorlikka erishiladi. Topologiyaning
kamchiligi sifatida kabelli ulanishlarga xarajatni ko‘rsatish mumkin.
Ta’kidlash lozimki, topologiya fizik va mantiqiy bo‘lishi mumkin. Fizik
topologiya kabel yotqiziladigan yo‘lni, mantiqiy topologiya esa signal o‘tadigan
yo‘lni ko‘zda tutadi. Masalan, Token Ring arxitektura
fizik nuqtai nazardan
yulduzsimon topologiyani ifodalasa, mantiq nuqtai nazariyadan xalqasimon
topologiyani ifodalaydi.
Tarmoqqa qo‘yiladigan talablar:
✓