14-Ma’ruza Mavzu: Kompyuter tarmoqlari va tarmoq xavfsizligi muammolari Reja: Tarmoq turlari



Yüklə 322,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix19.12.2023
ölçüsü322,32 Kb.
#153425
1   2   3   4   5   6
14-Mavzu Kompyuter tarmoqlari va tarmoq xavfsizligi muammolari

ochiqlilik
- tarmoqning mavjud komponentlarining texnik va dasturiy 
vositalarini o‘zgartirmay qo‘shimcha abonent kompyuterlarini hamda aloqa 
liniyalarini (kanallarini) kiritish imkoniyati; -

moslashuvchanlik
- kompyuterni yoki aloqa liniyalarini ishdan chiqishi 
natijasida struktura o‘zgarishining ishga layoqatlikka ta’sir etmasligi;

samaradorlik 
- kam sarf-xarajat evaziga foydalanuvchilarga xizmat qilishning 
talab etiladigan sifatini ta’minlash. 


 Tarmoq - turli uskunalarning birlashmasi, demak ularni birgalikda ishlatish 
muammosi jiddiy muammolardan hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilarning uskuna 
qurilishidagi umumiy qoidalarga rioya qilmaslaridan turli tarmoqlarni qurishda 
taraqqiyotga erishish mumkin emas. Shu sababli kompyuter sohasidagi yuksalishlar 
standartlarda akslanadi. Boshqacha aytganda, har qanday texnologiya, uning 
mazmuni standartlarda o‘z aksini topganidagina “qonuniy” himoyaga ega bo‘ladi. 
1980 - yilning boshlarida standartlash bo‘yicha qator tashkilotlar tomonidan 
yaratilgan model tarmoqlar rivojida muhim rol o‘ynadi. Bu model ochiq tizimlarning 
o‘zaro aloqa modeli (Open System Interconnection) yoki OSI modeli deb yuritiladi. 
OSI modeli tizimlarning o‘zaro aloqasining turli sathini belgilaydi, ularga standart 
nomlar beradi va har bir sathning qanday vazifalarni bajarishini ko‘rsatadi. Ushbu 
modelning talablariga muvofiq tarmoqning har bir tizimi ma’lumotlar kadrini 
uzatish orqali o‘zaro aloqada bo‘lishlari lozim. OSI modeliga binoan kadrlarni hosil 
qilish va uzatish 7 ta ketma-ket harakatlar yordamida amalga oshiriladi (14.4-rasm). 
Bu harakatlar “ishlash sathlari” nomini olgan. 
14.4-rasm. Axborotning OSI modeli bo yicha abonetdan abonentga o ‘tish yo ‘li 
Ushbu modelning asosiy g‘oyasiga muvofiq har bir sathga aniq vazifa 
yuklanadi. Natijada ma’lumotlarni uzatish masalasi osongina ko‘zga tashlanadigan 
alohida masalalarga ajratiladi. OSI modelida o‘zaro aloqa vositalari yettita sathga 
bo‘linadi: tatbiqiy, taqdimiy, seans, transport, tarmoq, kanal va fîzik. Har bir sath 
tarmoq qurilmalari orasidagi aloqaning ma’lum sathi bilan ish ko‘radi. 
Faraz qilaylik, ilova so‘rov bilan tatbiqiy sathga, masalan, fayl xizmatiga 
murojaat etsin. Ushbu so‘rovga binoan tatbiqiy sathning dasturiy ta’minoti 
axborotning standart formatini shakllantiradi. Oddiy axborot sarlavxa va 
ma’lumotlar hoshiyasidan iborat bo‘ladi. Axborot shakllanganidan so‘ng tatbiqiy 
sath uni pastga-taqdimiy sathga uzatadi. Taqdimiy sathning protokoli tatbiqiy 


sathning sarlavhasidan olingan axborotga asosan talab qilingan harakatlarni bajaradi 
va ma’lumotga o‘zining xususiy xizmat axborotini-taqdimiy sathning sarlavhasini 
qo‘shadi. Natijada olingan axborot pastga-seans sathiga uzatiladi. Seans sathning 
protokoli taqdimiy sathning sarlavhasidan olingan axborotga asosan talab qilingan 
xarakatlarni bajaradi va ma’lumotga o‘zining xizmat axborotini - seans sathning 
sarlavhasini qo‘shadi. Bu sarlavhada mashina adresatining seans sathi protokoli 
uchun ko‘rsatmalar bo‘ladi. Natijada olingan axborot pastga, transport sathiga 
uzatiladi. Transport sathi o‘z navbatida o‘zining sarlavhasini qo‘shadi. Nihoyat, 
axborot pastki - fizik sathga yetib boradi. Fiziq sath o‘zining sarlavhasini qo‘shib, 
axborotni mashina adresatiga aloqa liniyalari orqali uzatadi. Bu paytga kelib, 
axborot barcha sath ilovalariga “o‘sadi”. Axborot mashina-adresatiga yetib 
kelganidan so‘ng yuqoriga qarab sathlar bo‘yicha ko‘chiriladi. Har bir sath, ushbu 
sathga mos vazifalarni bajargani holda, o‘z sathi sarlavhasini tahlillaydi va ishlatadi. 
So‘ngra bu sarlavhani chiqarib tashlab, axborotni yuqori sathga uzatadi. 
OSI modelida protokollarning ikki xili farqlanadi. Ulanishni o‘rnatishli 
(connection oriented) protokollarida ma’lumotlarni almashishdan avval uzatuvchi 
va qabul qiluvchi ulanishni o’rnatishi va ehtimol, ma’lumotlar almashishida 
ishlatiladigan protokolning ba’zi parametrlarini tanlashi lozim. Muloqot 
tugaganidan so‘ng ular ulanishni uzib tashlashlari lozim. Ulanishni o’rnatishga 
asoslangan o‘zaro aloqaga misol sifatida telefonni ko‘rsatish mumkin.
Protokollarning ikkinchi guruhi - oldindan ulanishni o’rnatishsiz (connection 
less) protokolidir. Bunday protokollarni datagrammali protokollar ham deb 
yuritiladi. Uzatuvchi axborotni u tayyor bo‘lganida uzatadi. Oldindan ulanishni 
o’rnatishsiz aloqaga misol sifatida xatni pochta qutisiga tashlashni ko‘rsatish 
mumkin. Kompyuterlarning uzaro aloqasida protokollarning ikkala xili ishlatiladi.

Yüklə 322,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə